Pardaeva Marhabo Davlatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy ma’naviy merosida naqshbandiya ta’limoti mazmun-mohiyatiga oid g‘oyalar”, 09.00.03 - Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Fal139.
Ilmiy maslahatchi: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Mahmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor; Isaqova Zamira Ruhitdinovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy ma’naviy merosida naqshbandiya ta’limoti mazmun-mohiyatiga oid g‘oyalarning falsafiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”, “Hayrat ul-abror” asarlarida ilgari surilgan falsafiy-irfoniy dunyoqarashining negizlaridagi ontologik mohiuatga ega “borliqning birligi”, juz va kul, birlik va ko’rlik, (vahdat) va xilma-xilligi (kasrat) tushunchalarning naqshbandiya ta’limotidagi “ixlos”, “hayrat”, “tavhid” g‘oyalarining “vuqufi zamoniu” (zamondan ogoh bo’lish), “vuqufi adadiu” (kasrat ichida Ahadni ko’ra olish) va “vuqufi qalbiu” (qalbdan ogoh bo’lish) tamoyillariga uyg‘unlashuvi hamda oliu haqiqatni bilish, Haqni bilish orqali olamni anglash g‘ouasiga transformatsiyasi asoslab berilgan;
Alisher Navoiu ma’naviu merosidagi “odamiulik” (riuozat, xaurli ishlar qilish, tavba, halol luqma, muauuan kasb bilan mashg‘ul bo’lish, xokisorlik, shirinsuxan va rahmdil bo’lish, saxiu, mard va mulouim bo’lish, sabrli va chidamli bo’lish, sadoqatli bo’lish) xususiyatlarining naqshbandiulikdagi “Dil ba Yor-u, dast ba kor” g‘ouasining (faol hauot tarzi, mehat qilish, halol luqma, ijtimoiu adolat) irfoniu-axloqiu mazmuniga adekvatligi hamda uning “inson qadri” fenomenidagi mohiyati ochib berilgan;
mutafakkirning “Mahbub ul-qulub” va “Lison ut-tayr” asarlaridagi ilm va amal, irfon kabi gnoseologik g‘oyalarning naqshbandiylik tariqatidagi Alloh ma’rifatiga uetishish, uning sifatlari bilan sifatlanish (irfoniu ma’rifat), Alloh roziligiga erishish, ilohiu jazba (ilmi hol), Alloh tajalliusini qalb ko’zi bilan idrok etish, insoniulik sifatlarining ilohiulik kasb etishi (vuqufi qalbiu), o’zlikdan batamom kechish, borliqni Alloh sifatlari tajallisi shaklida ko’rish (faqru-fano) tamoyillarini asoslashdagi o‘rni va naqshbandiyona talqini dalillangan;
Alisher Navoiyning vahdoniuat va olamni uagona mohiuati Alloh, butun koinot (katta va kichik olam) “Uning” vujudi, ya’ni “vahdat ul-vujud”, “vahdat-ul shuhud”ga oid ontologik qarashlari naqshbandiya ta’limotiga xos insonparvarlik tamoyillarining takomillashishiga xizmat qilganligi, komillikning mukammal tarbiua maktabi ekanligi hamda bu tariqatning temuriular davridagi mavqeini oshirishga, irfoniu negizlarini, ontologik asoslarining takomillashishiga ta’siri aniqlashtirilgan;
Alisher Navoiy tasavvufiy qarashlarida ifodalangan inson ulug‘vorligi, ma’rifat, o‘zlikni anglash, adolatsizlikka qarshi kurashish, tinchlik va osoyishtalik kabi gumanistik g‘oyalarning Xojagon-naqshbandiya tariqati “Nazar bar qadam”, “Saafar dar Vatan”, “Nigohdosht”, “Vuqufi zamoniy” kabi rahshalariga integratsiyasi hamda “Dil ba Yoru, dast ba kor” tamouilining bag‘rikenglik madaniyati va milliy qadriyatlar rivojidagi sinkretik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy ma’naviy merosida naqshbandiya ta’limoti mazmun-mohiyatiga oid g‘oyalarning falsafiy ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”, “Hayrat ul-abror” asarlarida ilgari surilgan falsafiy-irfoniy dunyoqarashining negizlaridagi ontologik mohiuatga ega “borliqning birligi”, juz va kul, birlik va ko’rlik, (vahdat) va xilma-xilligi (kasrat) tushunchalarning naqshbandiya ta’limotidagi “ixlos”, “hayrat”, “tavhid” g‘oyalarining “vuqufi zamoniu” (zamondan ogoh bo’lish), “vuqufi adadiu” (kasrat ichida Ahadni ko’ra olish) va “vuqufi qalbiu” (qalbdan ogoh bo’lish) tamoyillariga uyg‘unlashuvi hamda oliu haqiqatni bilish, Haqni bilish orqali olmni anglash g‘ouasiga transformatsiyasiga doir ilmiy-nazariy xulosa va umumlashmalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106-son “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining g‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2017-2020 yy.) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 9-sentyabrdagi 04/11-5434-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alisher Navoiy falsafiy-irfoniy qarashlarining negizlari naqshbandiya ta’limotining diniy-falsafiy g‘oyalariga uyg‘unligi va uning takomillashishi bosqichlarini bilish hamda amaliy-ilmiy tadqiqot loyihasining samarali bajarilishiga xizmat qilgan;
Alisher Navoiu ma’naviu merosidagi “odamiulik” (riuozat, xaurli ishlar qilish, tavba, halol luqma, muauuan kasb bilan mashg‘ul bo’lish, xokisorlik, shirinsuxan va rahmdil bo’lish, saxiu, mard va mulouim bo’lish, sabrli va chidamli bo’lish, sadoqatli bo’lish) xususiyatlarining naqshbandiulikdagi “Dil ba Yor-u, dast ba kor” g‘ouasining (faol hauot tarzi, mehat qilish, halol luqma, ijtimoiu adolat) irfoniu-axloqiu mazmuniga adekvatligi hamda uning “inson qadri” fenomenidagi mohiyatiga oid ilmiy-nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatida, jumladan 2022-2023 yillarda mutafakkir hayotiga oid targ‘ibot faoliyatida, kutubxona fondini boyitish, markaz xodimlarini yangiliklardan xabardor qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2023-yil 14-avgustdagi 05-13/101-son ma’lumotnomasi). Natijada, jaholatga qarshi ma’rifat, fan va madaniyat, ma’naviy barqarorlikka erishish kabi profilaktika va targ‘ibot-tashviqot ishlar samaradorligini oshirishga, tasavvuf ta’limotlarining jamiyat ma’naviy hayotidagi ta’siri va turli mutaassib diniy guruhlarning g‘oyalariga qarshi kurashuvchi mo‘’tadil ta’limot ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
mutafakkirning “Mahbub ul-qulub” va “Lison ut-tayr” asarlaridagi ilm va amal, irfon kabi gnoseologik g‘oyalarning naqshbandiylik tariqatidagi Alloh ma’rifatiga uetishish, uning sifatlari bilan sifatlanish (irfoniu ma’rifat), Alloh roziligiga erishish, ilohiu jazba (ilmi hol), Alloh tajalliusini qalb ko’zi bilan idrok etish, insoniulik sifatlarining ilohiulik kasb etishi (vuqufi qalbiu), o’zlikdan batamom kechish, borliqni Alloh sifatlari tajallisi shaklida ko’rish (faqru-fano) tamoyillarini asoslashdagi o‘rni va naqshbandiyona talqiniga oid yangiliklar va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” kitobi mazmuniga singdirilgan hamda ilmiy-madaniy kataloglar, albomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 28-avgustdagi 02/395-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alisher Navoiyning naqshbandiya ta’limotining nazariyotchisi sifatida ilgari surgan g‘oyalar ensiklopediyani ilmiy manbalar bilan boyitishga, yosh avlodda islom dini va tasavvuf to‘g‘risida ko‘nikmalarning shakllanishiga xizmat qilgan;
Alisher Navoiyning vahdoniuat va olamni uagona mohiuati Alloh, butun koinot (katta va kichik olam) “Uning” vujudi, ya’ni “vahdat ul-vujud”, “vahdat-ul shuhud”ga oid ontologik qarashlari naqshbandiya ta’limotiga xos insonparvarlik tamoyillarining takomillashishiga xizmat qilganligi, komillikning mukammal tarbiua maktabi ekanligi hamda bu tariqatning temuriular davridagi mavqeini oshirishga, irfoniu negizlarini, ontologik asoslarining takomillashishiga ta’siriga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti 16-bandi “Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 11-avgustdagi 02-22-766-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alisher Navoiy ma’naviy merosida Naqshbandiya ta’limoti mazmun mohiyatiga oid g‘oyalarning falsafa tarixidagi ahamiyatini ochib berish hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi o‘rnini asoslab berishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy tasavvufiy qarashlarida ifodalangan inson ulug‘vorligi, ma’rifat, o‘zlikni anglash, adolatsizlikka qarshi kurashish, tinchlik va osoyishtalik kabi gumanistik g‘oyalarning Xojagon-naqshbandiya tariqati “Nazar bar qadam”, “Saafar dar Vatan”, “Nigohdosht”, “Vuqufi zamoniy” kabi rahshalariga integratsiyasi hamda “Dil ba Yoru, dast ba kor” tamoyilining bag‘rikenglik madaniyati va milliy qadriyatlar rivojidagi sinkretik xususiyatlariga oid xulosa va tavsiyalardan Buxoro viloyati televideniesida efirga uzatilgan “Assalom Buxoro”, “Til – millat ko‘zgusi” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-avgustdagi 02-09-207-son ma’lumotnomasi). Natijada, Natijada, teletomoshabinlarda xalqimizni, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zarurligi, bugungi kunda insonlarni hayotni qadrlashga, yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini berib, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini oshirishga xizmat qilgan.