Juraeva Elvira Elmuradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston tarixiy shaharlaridagi registon maydonlarining shakllanish va rivojlanish an’analari” 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/A54.
Ilmiy rahbar: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, PHD.26/26.01.2023.A.109.05
Rasmiy opponentlar: Salimov Arifdjan Muslimovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Hasanov Akram Mo‘minovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning tarixiy shaharlarida shakllangan Registon maydonlarining rivojlanish bosqichlarini hamda yodgorliklari arxitekturasini ochib berish va ularni grafik qayta tiklash yuzasidan loyiha takliflarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy shahar maydonlarining klassifikatsiyasi va shahar miqyosidagi ahamiyati aniqlanib, xorij maydonlarida (forum, agora, ratusha, qizil maydon) ko‘proq ma’muriy ahamiyatga ega obektlar joylashganligi, O‘rta Osiyo Registon maydonlarida ijtimoiy funksiyadagi obektlar joylashganligi dalillangan;
Registon maydonlari asosan shahar markazida joylashganligi, ular shahar rejasida ko‘chalar yo‘nalishini belgilab berganligi, maydonlar tartibli kompozision tuzilishga ega bo‘lganligi, me’moriy ansambllar va komplekslar ko‘rinishida shakllantirilganligi aniqlangan;
O‘rta Osiyo tarixiy shaharlaridagi Registon maydonlarida suv hafzasi masalasi alohida ahamiyat kasb etganligi, maydonlar tarkibida tabiiy ariq suvi (Toshkent), hovuz (Samarqand, Buxoro) va sardoba (Qarshi) kabilar mavjud bo‘lganligi asoslangan;
tarixiy hududning turizm infrastrukturasini boyitishga xizmat qilgan, biroq  hozirda o‘zining tarixiy qiymatini yo‘qotgan Qarshi shahri Registonining o‘rta asrlardagi ilk ko‘rinishi yuzasidan taklif loyihalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston tarixiy shaharlaridagi Registon maydonlarining shakllanish va rivojlanish an’analari” bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarixiy shahar maydonlarining klassifikatsiyasi va shahar miqyosidagi ahamiyati aniqlanib, xorij maydonlarida (forum, agora, ratusha, qizil maydon) ko‘proq ma’muriy ahamiyatga ega obektlar joylashganligi, O‘rta Osiyo Registon maydonlarida ko‘proq ijtimoiy funksiyadagi obektlar joylashganligi dalillanganligi, Registon maydonlari asosan shahar markazida joylashganligi, shahar rejasida ko‘chalar yo‘nalishini belgilab berganligi, maydonlarning kompozision tuzilishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 7 apreldagi 04-12/1080-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy shaharlarining markaziy maydoni Registonning tarixiy kompozision tuzilishi yuzasidan aniq xulosalar olish imkoni yaratilgan;
O‘rta Osiyo tarixiy shaharlardagi Registon maydonlarida suv havzasi  masalasi alohida ahamiyat kasb etganligi, maydonlar tarkibida tabiiy ariq suvi (Toshkent), hovuz (Samarqand, Buxoro) va sardoba (Qarshi) mavjud bo‘lganligi asoslanganligi, tarixiy hududning turizm infrastrukturasini boyitishga xizmat qilgan biroq hozirda o‘zining tarixiy qiymatini yo‘qotgan Qarshi shahri Registonining o‘rta asrlardagi ilk ko‘rinishi yuzasidan ishlab chiqilgan taklif loyihalari bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 7 apreldagi 04-12/1080-son ma’lumotnomasi). Natijada Registon maydonlarining tarixiy kompozision tuzilishi yuzasidan aniq xulosalar olish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish