Djumaqulov Fozil Uzoqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta Osiyo an’anaviy arxitekturasi va shaharsozligining handasaviy uyg‘unlashtirish tamoyillarini o‘rganish va takomillashtirish”, 18.00.01 -Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini tamirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/A125.
Ilmiy rahbar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, PhD.26/26.01.2023.A.109.05.
Rasmiy opponentlar: Mukimov Rustam Samatovich, arxitektura fanlari doktori, professor (Tojikiston); Po‘latov Xayrullo Shomuborakovich, arxitektura fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklaridagi uyg‘unlash¬tirish va mutanosiblikning yangi usullarini, ansambllarning uyg‘unlik sirlarini ochib berish, zamonaviy shaharsozlik va me’morchilikning nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Osiyo va xorijiy olimlarning ilmiy natijalari, P.Sh. Zohidovning dinamik kvad¬ratlar usuli, K.S. Kryukovning modul tizimi, M.S. Bulatovning yodgorliklardagi garmonik munosabatlari, handasaviy shakllar proporsiyalari kvadrat, dinamik to‘rtburchaklar va oltin nisbat mutanosibliklari kabi usullari asosida me’moriy uyg‘unlashtirishning yangi “Mukammal kvadrat” usuli yaratilgan;
“Mukammal kvadrat” usulining me’moriy shakllarni uyg‘unlashtirishdagi modul to‘ri asosida umumlashtiruvchi sifatga egaligi isbotlangan;
Samarqand Registon ansamblidagi me’moriy uyg‘unlik sirlari, ya’ni Ulug‘bek madrasasiga nisbatan Sherdor madrasasi va Tillakori masjid-madrasasining qurilishi va joylashishi 4:5 nisbatli modul to‘ri asosida uyg‘unlashtirilgani ochib berilgan;
O‘rta Osiyo va xorijiy olimlarning asarlaridagi me’moriy uyg‘unlashtirish va mutanosiblik qonuniyatlari ketma-ketlik jarayonlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘rta Osiyo an’anaviy arxitekturasi va shaharsozligining handasaviy uyg‘unlash tirish tamoyillarini o‘rganish va takomillash¬tirish” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
me’moriy shakllarni uyg‘unlashtirish va mutanosiblik qonuniyatlarini o‘rganish asosida me’moriy yodgorliklar va shaharsozlik ob’ektlarini handasaviy uyg‘un¬lashtirish jarayonini takomillashtiruvchi yangi usul - “Mukammal kvadrat” usulining topilganligi, ushbu usul asosida O‘rta Osiyo hududidagi mavjud tarixiy binolar, shahar¬sozlik ob’ektlari va xorijiy me’moriy yodgorliklarning han¬dasaviy tuzilishi (ularning umumiy soni 38 ta) tahlil qilinganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan, xususan ushbu mukammal kvadrat usulining me’moriy shakl¬larni uyg‘unlashtirish va o‘lchamlarni mutanosiblashitirishdagi umumlashtiruvchi sifatidan Samarqand va Buxoro viloyatlari Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish boshqarmalari tomonidan me’moriy ob’ektlarni ta’mirlash, saqlash va ularni muhim madaniy meros ob’ektlari tarzida kelajak avlodlarga etkazish tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022-yil 6-dekabrdagi 01-05/4144-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dissertatsiyada topilgan “Mukammal kvadrat” usuli me’moriy yodgorliklar va shaharsozlik ob’ektlarini handasaviy tahlil qilish, me’moriy ta’mirlash va qayta tiklash jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatini yaratgan;
O‘rta Osiyo tarixiy shahar me’moriy ansambllarining shakllanish (uyg‘unlashuvi jihatidan juft, qo‘sh va maydon) qonuniyatlarini o‘rganish asosida Samarqand shahri Registon ansamblidagi binolarning handasaviy uyg‘unlik sirlarining ochilganligi, ya’ni Ulug‘bek madrasayi - oliyasiga nisbatan Sherdor va Tillakori madrasalarining shakllanish va joylashishi 4:5 nisbatli modul to‘ri asosida uyg‘unlashtirilgani xususidagi ilmiy xulosalar va grafoanalitik handasaviy chizmalardan  Samarqand  viloyati Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish boshqarmalari faoliyatida foydalanilgan, shuningdek Buxoro shahridagi Poi - Minor va Labi Hovuz ansambllaridagi binolarning bir-biriga nisbatan shakllanishi va joylashishi “Mukammal kvadrat” modul to‘ri asosida uyg‘unlashtirilgani xususidagi ilmiy xulosalar va grafoanalitik handasaviy chizmalardan Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022-yil 6-dekabr¬dagi 01-05/4144-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston tarixiy shaharlari Regis¬tonlarini shakllantirish, qayta tiklash va ularning shaharsozlik handasaviy uyg‘unlashtirish asoslarini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish