Xatamova Durdona Madaminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Namangan viloyati hammomlarining arxitekturasi (an’anaviylik va zamonaviylik)», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/A30.
Ilmiy rahbar: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSC.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Uralov Axtam Sindirovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Setmamatov Maqsud Bekturdievich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Namangan viloyatidagi tarixiy hammomlarning vujudga kelish va taraqqiy etish bosqichlarini, hammom binolaridagi funksional yangiliklarni, an’anaviy va zamonaviy hammomlar arxitekturasini va ularga xos xususiyatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Osiyoda an’anaviy hammomlar islom dini madaniyatining kirib kelishi va hammomlarning alohida bino tarzida shakllanishi (IX-X asrlar), madaniyat-ma’rifatning taraqqiyot davri va hammomlar qurilishining ommaviy tus olishi (XI-XII asrlar), hammomlarning tipologik jihatdan takomillashib - guzar hammomlari, bozorlar, madrasa va masjidlar, ziyoratgohlar qoshidagi hammomlar kabi turlarga ajratilishi (XV-XVIII asrlar) kabi bosqichlarda rivojlanganligi asoslangan;
O‘rta Osiyo an’anaviy hammomlari cho‘milish xonalari (binoning pishiq g‘ishtdan qurilgan asosiy qismini tashkil qilgan va odatda gumbazlar bilan yopilgan), echinish xonalari (sinch devordan ishlangan, usti yog‘och va xodalar bilan yopilgan) va yordamchi xonalar (odatda binoning orqa tomonida joylashgan) kabi rejaviy-funksional tarkibiy tuzilishda shakllanganligi aniqlangan;
Namangan viloyatidagi hammomlar arxitekturasi tarhi ixcham, hajmi fazoviy berk kompozisiyali, kirish va echinish xonalari uchun ustun-to‘sinli, cho‘milish va yuvinish xonalari uchun gumbaz-ravoqli konstruksiyalarni qo‘llash, issiqlik va namlik rejimida ishlaydigan xonalarni bino markazida joylashtirish kabi o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi dalillangan;
Namangan viloyati hududidagi hammomlar joylashuvi yuzasidan xarita, shuningdek Ozod MFY hududidagi “Latifning hammomi”, Gulshan MFY hududidagi 2-sonli hammom, Lola va Sohibkor MFY hududlarida joylashgan hammomlar, To‘raqo‘rg‘on tumani Yortepa qishlog‘idagi hammom, Qumqo‘rg‘on MFY da joylashgan tarixiy hammom binolarini grafik qayta tiklash taklif loyihalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Namangan viloyati hammomlar arxitekturasi (an’anaviylik va zamonaviylak) tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘rta Osiyoda an’anaviy hammomlar islom dini madaniyatining kirib kelishi va hammomlarning alohida bino tarzida shakllanishi (IX-X asrlar); madaniyat-ma’rifatning taraqqiyot davri va hammomlar qurilishining ommaviy tus olishi (XI-XII asrlar); hammomlarning tipologik jihatdan takomillashib - guzar hammomlari, bozorlar, madrasa va masjidlar, ziyoratgohlar qoshidagi hammomlar kabi turlarga ajratilishi (XV-XVIII asrlar) kabi bosqichlarda rivojlanganligi asoslangan xulosalardan Namangan viloyati madaniy meros boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 24 martdagi 04-12/861-son dalolatnomasi). Natijada Namangan viloyati hammomlarining vujudga kelishi, ularning tipologik hamda konstruktiv echimlari yuzasidan aniq xulosalar chiqarish imkoniyati yaratilgan;
O‘rta Osiyo an’anaviy hammomlari cho‘milish xonalari (binoning pishiq g‘ishtdan qurilgan asosiy qismini tashkil qilgan va odatda gumbazlar bilan yopilgan), echinish xonalari (sinch devordan ishlangan, usti yog‘och va xodalar bilan yopilgan) va yordamchi xonalar (odatda binoning orqa tomonida joylashgan) kabi rejaviy-funksional tarkibiy tuzilishda shakllanganligi aniqlangan takliflardan hamda Namangan viloyati hududidagi hammomlar joylashuvi yuzasidan xarita, shuningdek Ozod MFY hududidagi “Latifning hammomi”, Gulshan MFY hududidagi 2-sonli hammom, Lola va Sohibkor MFY hududlarida joylashgan hammomlar, To‘raqo‘rg‘on tumani Yortepa qishlog‘idagi hammom, Qumqo‘rg‘on MFY da joylashgan tarixiy hammom binolarini grafik qayta tiklash taklif loyihalaridan Namangan viloyati madaniy meros boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 24 martdagi 04-12/861-son dalolatnomasi). Natijada tarixiy yodgorliklar - hammomlar saqlash, ta’mirlash, qayta tiklash va modernizatsiyalash loyihalarini bajarish imkoniyati oshgan hamda Fyangi sayyohlik marshrutlarini shakllantirishga erishilgan;
Namangan viloyatidagi hammomlar arxitekturasi tarhi ixcham, hajmi fazoviy berk kompozisiyali, kirish va echinish xonalari uchun ustun-to‘sinli, cho‘milish va yuvinish xonalari uchun gumbaz-ravoqli konstruksiyalarni qo‘llash, issiqlik va namlik rejimida ishlaydigan xonalarni bino markazida joylashtirish kabi o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 11 avgustdagi 02-18/2786-son dalolatnomasi). Mazkur natijalar Namangan hammomlari arxitekturasi xususida yangi ma’lumotlar olish imkoniyatini yaratgan.