Xaitov Orif Bolikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Samarqand shahri mustaqillik yillaridagi arxitekturasini tadqiq qilish va uning istiqboldagi taraqqiyot yoʻllarini aniqlash (o‘rta va ko‘p qavatli turar joy binolari misolida)", 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/A112.
Ilmiy rahbar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, PhD.26/26.01.2023.A.109.05
Rasmiy opponentlar: Xidoyatov Timur Abrorovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Israyilov Esanboy Xujakeldievich, arxitektura fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “Qishloqqurilishloyiha” instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistoning tarixiy shaharlaridagi an’anaviy turar joylar va Samarqandda mustaqillik yillarida qurilgan turar-joylar arxitekturasining shakllanish tamoyillarini o‘rganish asosida Samarqand shahri uchun o‘rta va ko‘p kavatli turar joylarning loyihaviy echimlari bo‘yicha tavsiyalar berish hamda Samarqand shahri arxitekturasining istiqboldagi taraqqiyot yo‘llarini aniqlashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta va ko‘p qavatli turar joylar arxitekturasining shakllanishidagi Samarqand shahriga xos bo‘lgan zamonaviy tamoyillar, xususan, kelajakda quriladigan turar joy binolarining me’moriy rejaviy echimlarida ularning energiya samaradorligini ta’minlovchi binolarni to‘g‘ri orintatsiyalash, tashqi devor konstruksiyasini optimallashtirish kabi chora-tadbirlardan tashqari, turar joylar arxitekturasining pog‘onasimon plastik hajm-fazoviy kompozisiyalarga asoslanganligi, aholining yozgi va qishki xonalarga, yashillikka bo‘lgan ehtiyojlarini bino qavatlarida mo‘jaz hovli va bog‘larni me’moriy shakillantirish orqali qondirish zarurligi aniqlangan;
ko‘p qavatli turar joylarning shahar arxitekturasining umumiy estetikasi va siluetini ifodalashidan tashqari, shaharning boshqa imoratlari fonida me’moriy orientir vazifalarini ham bajarishi dalillangan;
zamonaviy o‘rta va ko‘p qavatli turar joylar binolarini shakllantirish uchun loyiha – qurilish amaliyotida “passiv va aktiv dizayn” uslublaridan foydalanib, qulay mikroiqlimni tashkillashtirish taklif qilingan;
 Samarqand shaharsozligi va arxitekturasining yaqin keajakdagi taraqqiyot yoʻllari aniqlanib, ular shahar turar joylari arxitekturasini yaratish, kelajakda shaharsozlikni Samarqandning qanday hududlarda rivojlantirish, ko‘hna Samarqandning tarihiyligini saqlab qolish orqali ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Samarqand shahri mustaqillik yillari arxitekturasini tadqiq qilish va unining istiqboldagi taraqqiyot yo‘llarini aniqlash (o‘rta va ko‘p qavatli turarjoylar misolida)” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rta va ko‘p qavatli turar joylar arxitekturasining shakllanishidagi Samarqand shahriga xos bo‘lgan zamonaviy tamoyillar, xususan, kelajakda quriladigan turar joy binolarining me’moriy rejaviy echimlarida ularning energiya samaradorligini ta’minlovchi binolarni to‘g‘ri orintatsiyalash, tashqi devor konstruksiyasini optimallashtirish kabi chora-tadbirlardan tashqari, turar joylar arxitekturasining pog‘onasimon plastik hajm-fazoviy kompozisiyalarga asoslanganligi, aholining yozgi va qishki xonalarga, yashillikka bo‘lgan ehtiyojlarini bino qavatlarida mo‘jaz hovli va bog‘larni me’moriy shakillantirish orqali qondirish zarurligi aniqlanganligi yuzasidan olingan natijalar Respublikada sohaga vakolatli bo‘lgan Oʻzshaharsozlik loyiha ilmiy universiteti faoliyatida foydalanilgan (“O‘ZShAHARSOZLIK LITI” DUKning 2023-yil 22-maydagi 1-01/393-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand shahrining shaharsozligida milliy shaharsozlikga xos bo‘lgan me’moriy echimlardan foydalanish, yaqin kelajakda shahar arxitekturasi rivojiga va uni taraqqiyot yo‘lini belgilab berishga ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
ko‘p qavatli turar joylarning shahar arxitekturasining umumiy estetikasi va siluetini ifodalashidan tashqari, shaharning boshqa imoratlari fonida me’moriy orientir vazifalarini ham bajarishi dalillanganligi yuzasidan olingan natijalar Respublikada sohaga vakolatli bo‘lgan Oʻzshaharsozlik loyiha ilmiy universiteti faoliyatida foydalanilgan (“O‘ZShAHARSOZLIK LITI” DUKning 2023-yil 22-maydagi 1-01/393-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqnd shahri arxitekturasining kelajakdagi milliy an’analarga asoslangan zamonaviy obrazlarini yaratishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
zamonaviy o‘rta va ko‘p qavatli turar joylar binolarini shakllantirish uchun loyiha – qurilish amaliyotida “passiv va aktiv dizayn” uslublaridan foydalanib, qulay mikroiqlimni tashkillashtirish yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublika Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublika Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 28-apreldagi 04-18/1453-son ma’lumotnomasi). Natijada energiyatejamkor va energiyasamarador turarjoylar loyihalashtirish imkoniyatlarini keng miqyosda taqdim etuvchi zamonaviy va istiqbolli yo'nalishlardan biri sifatida qabul qilingan;
Samarqand shaharsozligi va arxitekturasining yaqin keajakdagi taraqqiyot yoʻllari aniqlanib, ular shahar turar joylari arxitekturasini yaratish, kelajakda shaharsozlikni Samarqandning qanday hududarda rivojlantirish, ko‘hna Samarqandning tarihiyligini saqlab qolish orqali ochib berilganligi yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublika Turizm va madaniy meros vazirligining Samarqand shahrining tarixiyligini saqlab qolish va turizim imkoniyatlarini oshirishdagi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublika Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 28-apreldagi 04-18/1453-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijarning qo‘llanilishi Samarqand shahrining tarixiyligini saqlab qolish va turizim imkoniyatlarini oshirishda ilmiy nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish