Donaeva Shaxnoza Abduraimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Refleksiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalar pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2022.3.PhD/Ped3865.
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Shahlo Uktamovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Shomirzaev Maxmatmurod Xurramovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Djumaev Mamanazar Irgashevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik mahorat fanini o‘qitish jarayonida refleksiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanib talabalar pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning pedagogik ta’lim jarayonida refleksiv ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari vaqt davomiyligiga ko‘ra (situativ, retrospektiv, perspektiv), subektiga ko‘ra (shaxsiy, shaxslararo), maqsadiga ko‘ra (korreksion, adaptiv, tanlov, to‘ldiruvchi, raqobatlashuvchi, kooperativ, ziddiyatli) turlari mazmunini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
pedagogik ta’lim jarayonida foydalaniladigan refleksiv metodikalar mazmuni dars mashg‘ulotlarida umumlashtirish, tanqidiy tahlil, o‘z-o‘zini taftish qilish, o‘z-o‘zini baholash, tasavvur, obektiv xulosa chiqarish, qisqa muddatli strategiyani belgilash kabi qator psixologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan intellektual harakatlardan foydalanishning pedagogik-psixologik aspektlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni pedagogik jarayonda refleksiv texnologiyalardan foydalanishga tayyorlash jarayonining funksional modeli maqsadli (joriy, strategik), nazariy-metodologik (tizimli, akseologik, refleksiv, shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar), jarayonli-funksional (refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish mexanizmlari, shakllari, metodlari), natijaviy (baholash, kutiladigan natija) komponentlarining tarkibiy qismlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda refleksiv mahoratni shakllantirishda amal qilinadigan ta’limiy harakatlar ketma-ketligi refleksiv munozara, refleksiv videotrening, refleksiv o‘yinlar, refleksiv-innovatsion metodikalarni dars jarayoniga qo‘llash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar pedagogik tayyorgarligini refleksiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanib rivojlantirishga doir olingan natijalar asosida:
talabalarning pedagogik ta’lim jarayonida refleksiv ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini vaqt davomiyligiga ko‘ra (situativ, retrospektiv, perspektiv), subektiga ko‘ra (shaxsiy, shaxslararo), maqsadiga ko‘ra (korreksion, adaptiv, tanlov, to‘ldiruvchi, raqobatlashuvchi, kooperativ, ziddiyatli) turlari mazmunini ochib berish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda nazariy tahlillar davomida foydalanilgan (O‘zR FA QQ bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 26-dekabrdagi 501/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, nazariy tahlillar davomida talabalarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
pedagogik ta’lim jarayonida foydalaniladigan refleksiv metodikalar mazmunini dars mashg‘ulotlarida umumlashtirish, tanqidiy tahlil, o‘z-o‘zini taftish qilish, o‘z-o‘zini baholash, tasavvur, obektiv xulosa chiqarish, qisqa muddatli strategiyani belgilash kabi qator psixologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan intellektual harakatlardan foydalanishning pedagogik-psixologik aspektlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Geografiya o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son qaroriga asosan, moliyaviy mustaqillik berilgan Termiz davlat universiteti rektorining 2023-yil 4-fevraldagi 66-PO‘-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nashr guvohnomasi. Guvohnoma № 66-PO‘-003). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tabiiy fanlarni o‘qitishga doir tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarda refleksiv mahoratni shakllantirishda amal qilinadigan ta’limiy harakatlar ketma-ketligini refleksiv munozara, refleksiv videotrening, refleksiv o‘yinlar, refleksiv-innovatsion metodikalarni dars jarayoniga qo‘llash asosida aniqlashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogik eksperiment davomida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universitetining 2023-yil 17-iyuldagi 02-07-2663/04-son dalolatnomasi). Natijada, refleksiv texnologiyalardan foydalangan holda bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan.