Irgasheva Nilufar Rixsimovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soyaning asosiy kemiruvchi zararkunandalari va ularning miqdorini boshqarishda uyg‘unlashgan himoya tizimini ishlab chiqish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2020.3.PhD/Qx630
Ilmiy rahbar: Nasirov Baxtiyor Saloxiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Shamil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sattarov Ma’sudjon Axtamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soyaning asosiy kemiruvchi zararkunandalarini tur tarkibini, biologik va ekologik rivojlanish xususiyatlarini, zararlilik darajasini aniqlash asosida ularga qarshi uyg‘unlashgan himoya tizimini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati sharoitida soyada zararkunandalarning 21 turi qayd etilib, ularning biologik va ekologik xususiyatlari aniqlangan;
soyaning “Orzu” navida zararkunandalardan kuzgi tunlam 3,7 % gacha, g‘o‘za tunlami 12,3% gacha, “O‘zbek-6” navida uzunburunlar 41,1% gacha zarar keltirganligi aniqlangan;
soyaning kemiruvchi zararkunandalariga qarshi kurashishda Vertimek 1,8% s.e., Karate ben, 2,5% s.e.k., Bagira, 20% s.e.k., (0.3 l/ga) kabi insektisidlardan foydalanishning maqbul me’yorlari aniqlanib, ularning biologik samaradorligi 85,7-95,4 % ni tashkil etishi aniqlangan;
soyaning kemiruvchi zararkunandalariga qarshi kurash choralarini xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan;
olingan natijalar asosida soya o‘simligini asosiy kemiruvchi zararkunandalardan himoya qilishning kompleks tizimi ishlab chiqilgan;
soyaning kemiruvchi zararkunandalariga qarshi kurashning samarali agrotexnik usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soyaning asosiy zararkunandalari va ularning miqdorini boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:
soyaning asosiy kemiruvchi zararkunandalari (ildiz kemiruvchi tunlamlar, tuganak uzunburunlar, qarsildoq qo‘ng‘izlar, qora qo‘ng‘iz)ga qarshi urug‘larni ekishdan oldin Dalucho 70% n.kuk. (5 kg/t) va Kruizer Ekstra 362 sus.k. (3 l/t) urug‘dorilagich preparatlarini qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati, Yuqori-Chirchiq tumanining “Farades xirmoni” fermer xo‘jaligida, “Turdiboev Qurbonboy” fermer xo‘jaligida O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo‘jaliklarida jami 79,5 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 2023 yil 17 noyabrdagi № 2-20-2248 sonli ma’lumotnoma). Natijada, soya ekini urug‘larini ekish oldidan urug‘dorilagich preparatlari bilan ishlov berilib ekilishi hisobiga nihollar unib chiqqandan so‘ng 28-30 kungacha zararkunandalardan to‘liq himoyalangan hamda nazorat variantiga nisbatan 84,3-86,2% biologik samaradorlikka erishilgan.
soyaning o‘suv davrida kuzgi tunlam, qarsildoq qo‘ng‘iz va kemiruvchi zararkunandalargariga qarshi Desis 10% em.k. (0,1l/ga), Siper Ul`tra 50% em.k. (0,2 l/ga), Endjeo 24, 7% sus.k. (0,3 l/ga) preparatlarini qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati, Yuqori-Chirchiq tumanining “Farades xirmoni” fermer xo‘jaligida 55,0 gektar, “Turdiboev Qurbonboy” fermer xo‘jaligida 21,5 gektar, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo‘jaligida 3 gektar maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 2023 yil 17 noyabrdagi № 2-20-2248 sonli ma’lumotnoma). Natijada, soyaning kemiruvchi zararkunandalaridan, kuzgi tunlam, tuganak uzunburunlar, g‘o‘za tunlamlariga qarshi 82,4-86,1% gacha biologik samaradorlikka erishilgan hamda himoya qilishga ketgan har bir so‘m evaziga 3,5-4,6 barobargacha foyda olingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish