Kobilova Feruza Nasrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davrida O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatrlari ssenografiyasi”, 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/San153.
Ilmiy rahbar: Sayfullaev Nodirbek Baxtiyorovich, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020. San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Akbar Abdullaevich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Imankulova Inobat Mahkabaevna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davri O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatrlari ssenografiyasi rivoji va sahna asarlarining badiiy-g‘oyaviy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘g‘irchoq teatrlari ssenografiyasi takomillashuviga shirma ortidagi ijroga asoslangan Evropa tipidagi qo‘g‘irchoq teatri an’analari va postmodernizmning hikoyanavislik, aralash janr, kinoya kabi uslublarining autent qo‘g‘irchoq tomoshalari faoliyati bilan integratsiyasi aniqlangan;
qo‘g‘irchoqlar turini takomillashtirish va tayyorlash texnologiyasida shakl ifodaviyligiga oid badiiy plastik izlanishlar, stilistik eklektizm, aktyor funksiyasi kabi jihatlarning rivojlanishi natijasida gibridlashuv jarayoni vujudga kelganligi asoslangan;
mustaqillik yillarida qo‘g‘irchoq teatrlarida mumtoz, fol`klor, tarixiy asarlar asosida inssenirovkalarning yaratilishi, ssenografiyada vizual effektlar digitalizatsiyasi, akustik ta’minotning effektlashuvi, sahna dekoratsiyasida minimalizm, ijro echimida esa performans kabi uslublarining takomillashishga olib kelganligi dalillangan;
spektakl` dekoratsiyasi echimida qo‘llanilayotgan postmodernizmning semulyakr, metosan’at, dekonstruksiya, artefakt, universalizm kabi qismlarining eksperimental tasviriy ifodaviy vositalari, qo‘g‘irchoq teatri auditoriyasini kengaytirishga va repertuar takomillashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davrida O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatrlari ssenografiya jarayonlarini talqin qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
qo‘g‘irchoq teatrlari ssenografiyasi takomillashuviga shirma ortidagi ijroga asoslangan Evropa tipidagi qo‘g‘irchoq teatri an’analari va postmodernizmning hikoyanavislik, aralash janr, kinoya kabi uslublarining autent qo‘g‘irchoq tomoshalari faoliyati bilan integratsiyasi aniqlangani bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan “Teatr tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 938452-raqamli nashr guvohnomasi). Natijalarning qo‘llanishi O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatri ssenografiyasiga doir ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi samaradorlikni oshirgan, zamonaviy ssenografiya turlarini o‘rganishda, targ‘ib etishda hamda sohaga oid to‘liq o‘rganilmagan badiiy jarayonlarni yoritishga xizmat qilgan;
qo‘g‘irchoqlar turini takomillashtirish va tayyorlash texnologiyasida shakl ifodaviyligiga oid badiiy plastik izlanishlar, stilistik eklektizm, aktyor funksiyasi kabi jihatlarning rivojlanishi natijasida gibridlashuv jarayoni vujudga kelganligiga oid ilmiy yangiliklar “O‘zbekiston badiiy ta’lim tizimida “Onlayn muzey” elektron galereyasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2022 yil 14 sentyabridagi EY16531382-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada zamonaviy ssenografiyada qo‘llanilayotgan qo‘g‘irchoqlar turi va texnologiyasida plastik izlanishlar, stilistik eklektizm kabi yangiliklar o‘z aksini topib talabalar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida qo‘g‘irchoq teatrlarida mumtoz, fol`klor, tarixiy asarlar asosida inssenirovkalarning yaratilishi, ssenografiyada vizual effektlar digitalizatsiyasi, akustik ta’minotning effektlashuvi, sahna dekoratsiyasida minimalizm, ijro echimida esa performans kabi uslublarining takomillashishga olib kelganligi ilmiy natijalardan “Teatr tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 938452-raqamli nashr guvohnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi qo‘g‘irchoq teatri tasviriy ifodaviy echimida kuzatilayotgan eksperementlarni batafsil yoritib, bo‘lajak ssenograf rassomlarga bugungi kun badiiy jarayoni borasida aniq ma’lumotlar berishda muhim o‘rin tutgan;
spektakl` dekoratsiyasi echimida qo‘llanilayotgan postmodernizmning semulyakr, metosan’at, dekonstruksiya, artefakt, universalizm kabi qismlarining eksperimental tasviriy ifodaviy vositalari, qo‘g‘irchoq teatri auditoriyasini kengaytirishga va repertuar takomillashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatganiga oid ma’lumotlar “O‘zbekiston badiiy ta’lim tizimida “Onlayn muzey” elektron galereyasini yaratish” nomli amaliy loyhada foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2022 yil 14 sentyabridagi EY16531382- son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi zamonaviy ssenografiya transformatsiyasi, rejissyor va rassom tandemi, ularning ijodini soha vakillariga keng targ‘ib etishda hizmat qilgan.