Atoshov Sanjar Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichan qal’a ob’ektlari arxitekturasi va ularning tipologik echimidagi o‘ziga xos jihatlar”, 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/A140.
Ilmiy rahbar: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSC.03/30.12.2019.A.11.02
Rasmiy opponentlar: Sultanova Dilshoda Nomozovna, arxitektura fanlari doktori; Xudayberganov Kamiljan, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ichan qal’a ob’ektlari arxitekturasi va ularning tipologik echimidagi o‘ziga xos jihatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xiva qadimiy shaharsozligining paydo bo‘lish va rivojlanish bosqichlari ochib berilib, uning qadimdan bir yadro atrofida shakllanib kelayotganligi, XX asrning 2-yarmida Ichan qal’a hududida 23 ta, Dishan qal’a hududida 42 ta masjid-qavmlar hududlari manbaalar asosida aniq belgilab berilganligi hamda ko‘chalarning to‘rt turi (to‘g‘ri chiziqli, oxiri berk, simmetrik kengaytirilgan, bukilgan) mavjud bo‘lganligi aniqlangan;
Ichan qal’a hududida joylashgan arxitektura ob’ektlari (madrasalar, maqbaralar, masjidlar) tipologiyasining o‘ziga xos jihatlari aniqlanib, jumladan madrasalarning ayrimlari ikki hovlili bo‘lganligi (Muhammad Rahimxon, Arabxon, Yusuf Yasovulboshi, Olloqulixon madrasalari), maxsus ta’lim uchun ham mo‘ljallangan (Qozi Kalon madrasasi - huquq ta’limi, Xo‘jash Maram madrasasi - bojxona ta’limi)ligi asoslangan;
Ichan qal’a hududida joylashgan qadimiy turar uylarning hajmiy-kompozision echimida ayvonlar muhim o‘ringa ega bo‘lganligi, ular ko‘proq shimolga qaratilganligi hamda ayvonlarning ikki qavat balandligida rejalashtirilganligi va asosan bir ustunli ekanligi asoslangan;
Ichan qal’a hududining turizm infrastrukturasini boyitishga xizmat qiluvchi  “Pahlavon Mahmud” ko‘chasi 41, “Bo‘yoqchilar” ko‘chasi 23-, 14- va 75-turar-uylarning joylashuv o‘rni, rejaviy echimi, arxitekturasi, konstruktiv holatiga asosan ularni Xiva an’anaviy turar uylariga xos tarzda ta’mirlash va yangi funksiyasiga moslashtirish yuzasidan taklif loyihalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ichan qal’a arxitektura ob’ektlari tipologiyasi” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xiva qadimiy shaharsozligining paydo bo‘lish va rivojlanish bosqichlari ochib berilib, uning qadimdan bir yadro atrofida shakllanib kelayotganligi, yirik bo‘linmalar elot, kichik bo‘linmalar masjid-qavm deb nomlanganligi, XX asrning 2-yarmida Ichan qal’a hududida 23 ta, Dishan qal’a hududida 42 ta masjid-qavmlar bo‘lganligi hamda ko‘chalarning to‘rt turi (to‘g‘ri chiziqli, oxiri berk, simmetrik kengaytirilgan, bukilgan) mavjud bo‘lganligi aniqlanganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 3 avgustdagi 02-05/2644-son ma’lumotnomasi). Natijada Xiva shaharsozligining rivojlanish bosqichlarini kompleks tarzda baholash imkoniyati yaratilgan;
Ichan qal’a hududida joylashgan arxitektura ob’ektlari (madrasalar, maqbaralar, masjidlar) tipologiyasining o‘ziga xos jihatlari aniqlanib, jumladan madrasalarning ayrimlari ikki hovlili bo‘lganligi (Muhammad Rahimxon, Arabxon, Yusuf Yasovulboshi, Olloqulixon madrasalari), maxsus ta’lim uchun ham mo‘ljallangan (Qozi Kalon madrasasi - huquq ta’limi, Xo‘jash Maram madrasasi - bojxona ta’limi)ligi asoslanganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 3 avgustdagi  02-05/2644-son ma’lumotnomasi). Natijada Ichan qal’a hududidagi tarixiy yodgorliklarning tipologik echimlarini tasavvur qilish imkoniyati yaratilgan;
Ichan qal’a hududida joylashgan qadimiy turar uylarning hajmiy-kompozision echimida ayvonlar muhim o‘ringa ega bo‘lganligi, ular ko‘proq shimolga qaratilganligi hamda ayvonlarning ikki qavat balandligida rejalashtirilganligi va asosan bir ustunli ekanligi asoslanganligiga oid takliflar Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan “Assalom, Xorazm” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2023 yil 10 iyuldagi  474-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mazmunini Ichan qal’a hududi arxitekturasini aniq ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Ichan qal’a hududining turizm infrastrukturasini boyitishga xizmat qiluvchi  “Pahlavon Mahmud” ko‘chasi 41, “Bo‘yoqchilar” ko‘chasi 23-, 14- va 75-turar-uylarning joylashuv o‘rni, rejaviy echimi, arxitekturasi, konstruktiv holatiga asosan ularni Xiva an’anaviy turar uylariga xos tarzda ta’mirlash va yangi funksiyasiga moslashtirish yuzasidan grafik taklif loyihalari ishlab chiqilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 3 avgustdagi 02-05/2644-son ma’lumotnomasi). Natijada Ichan qal’a hududining turistik imkoniyatini oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish