Rustamov Bobomurod Xolbuta o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Mustaqil O‘zbekistonda diniy ta’lim tizimining rivojlanish bosqichlari” 24.00.01 –  Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar173.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01
Ilmiy rahbar: Hasanov Ahadjon Ahmedjanovich, tarix fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaev Saidakbar Saidovich, tarix fanlari doktori, professor; Yuldashxodjaev Haydarxon Xashimxonovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil O‘zbekistonda diniy ta’lim tizimining rivojlanish bosqichlarining xususiyatlarini ochib berishdan va uni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dunyoviy davlatda chuqur bilimlarga ega diniy kadrlar tayyorlashdagi O‘zbekiston tajribasining o‘ziga xos xususiyatlari ta’lim va tarbiya uzviyligi (11 yillik majburiy ta’limdan keyin 4+4 shaklidagi ta’lim tizimida diniy fanlar salmog‘ini ko‘paytirish) asosida isbotlangan;
diniy ta’limda yangi joriy qilingan 3 yillik 3+1 modul shakli  (2 oy amaliyot va 1 oy ta’lim oladi) diniy sohada faoliyat olib borayotgan o‘rta-maxsus ma’lumotga ega xodimlarni asosiy ish faoliyatidan ajralmagan holda oliy ma’lumotli qilishda ahamiyatli ekani dalillangan;
O‘zbekiston sharoitida xalq orasidagi “diniy ta’lim” (التعليم الديني) aslida diniy ilm olishning asosiy uch bosqichi – akademik, professional va kundalik zaruriy bilimlar (Qurʼon o‘qiy olish, ibodatlarni bajarish, halol va haromni anglash kabilar)dan uchinchisi, yaʼni kundalik zaruriy bilimlar bilan mutanosibligi ochib berilgan;
Buxorodagi “Mir arab” madrasasi amaliyotining rivojlanish bosqichlari tahlili orqali “Buxoro maktabi” (مدرسة بخاري) diniy mutaxassislar tayyorlashda mustahkamligi sababli ushbu maktab anʼanalarini asrlar osha saqlanib qolgani hamda yangilanayotgan O‘zbekiston “diniy ta’limi”da asos ekanligi dalilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Global ijtimoiy-madaniy jarayonlarda Mustaqil O‘zbekistonda diniy ta’lim tizimining rivojlanish bosqichlarini o‘rganishga doir ishlab chiqilgan falsafiy-konseptual takliflar asosida:
diniy ta’lim rivojini tadqiq etishning nazariy konseptual asoslariga oid ilmiy-tahliliy ma’lumot xulosalaridan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan respublikadagi diniy ta’lim va diniy ma’rifiy yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqot markazlarining o‘quv, ilmiy hamda ma’naviy faoliyati bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari” va media-rejalarida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ta’lim muassasalari maqsad vazifalarini belgilashda, Xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Davlat va din” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2023-yil 7-avgustdagi 02-05/6325-son ma’lumotnomasi). Natijada diniy ta’lim muassasalari hamda Akademiyada diniy va dunyoviy ta’lim uyg‘unligi va ajdodlar merosini tadqiqi bo‘yicha ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda diniy ta’lim tizimi rivojlanishining tarixiy jarayonlari, Davlat va din munosabatlarining yangi bosqichi, isloxotlar samaradorligi, o‘ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy xulosa va takliflardan diniy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tuzishda, Toshkent islom inistitutida tayyorlangan “Islom tarixi” va “Islom va hozirgi zamon” nomli o‘quv qo‘llanmalarning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2023-yil 8-avgustdagi 4006-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatni ijtimoiy-diniy muhit barqarorligi, aholi, ayniqsa, yoshlarni din niqobidagi turli buzg‘unchi oqimlarning tahdidlaridan ogoh etishga xizmat qilgan. O‘MI tizimi o‘qituvchi va xodimlarini kasbiy kompitensiyasi va malakalarini oshirishga, talabalarni zamon talabiga mos raqobatbardosh kadrlar qilib tayyorlashga xizmat qilgan;
O‘zbekistondagi din va ta’lim sohasiga oid tizimlashtirilgan normativ-xuquqiy xujjatlarga oid ma’lumotlardan, xorijdagi diniy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlariga oid qiyosiy tahlil hamda ilmiy xulosalaridan Markazning Imom Buxoriy saboqlari nomli ilmiy jurnalini mazmunan boyitishda hamda ajdodlar merosini tadqiq qilib keng jamoatchilikka etkazish doirasida tayyorlangan Abdulhamid Keshiyning “Musnadi Keshiy” asarini tarjimasi va “Islom dinida tinchlik” nomli risola mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2023-yil 9-avgustdagi 02/366-son ma’lumotnomasi). Natijada, din va ta’lim orqali ajdodlar merosini tadqiq qilib jamoatchilikka etkazishda, onlayn ma’naviy-diniy jarayonlarni yoritishda, markazning sayti axborotlari audio vizual boyitilishida, zamonaviy auditoriyani dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish