Djuraeva Ulmas Chorievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Termiz daryo porti tarixi”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar904.
Ilmiy rahbar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Xalikova Raxbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor; Jumaniyozov Fazliddin Bobojonovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Termiz daryo porti tarixi va uning savdo-tranzit aloqalaridagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya mustamlakachilik imperiyasi siyosiy jihatdan Amudaryodan harbiy-strategik (tabiiy chegara, harbiy qism), transchegaraviy, bufer zona kabi maqsadlarda foydalangan bo‘lsa, iqtisodiy jihatdan savdo, tovar-xom ashyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish uchun foydalanganligi asoslangan;
Termiz daryo portining mintaqadagi quruqlik hamda suv yo‘llari o‘zaro kesishgan O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmanistonning daryo bo‘yi tumanlari hududlarni bog‘lovchi bandargoh ekanligi hamda uning tijorat va o‘zaro tovar ayirboshlashda tezkor, arzon suv yo‘li bo‘lganligi sababli Amudaryoning muhim tarkibiy strategik ahamiyatga ega qismi ekanligi dalillangan;
Rossiya imperiyasi uchun Termiz daryo porti orqali O‘rta Osiyoga Afg‘oniston, Hindistondan kirib kelayotgan ingliz tovarlarini to‘xtatish orqali Buxoro amirligida asosiy savdo bozori yetakchisi bo‘lganligi, shuningdek, Amudaryo rus to‘qimachilik sanoati uchun zarur xom ashyo hisoblangan paxta mahsulotini tashuvchi savdo yo‘li ekanligi ko‘rsatilgan;
mustaqillik dastlabki yillarida Termiz daryo portidagi yuk tashiydigan zamonaviy kemalar Rossiya, Turkiya, Koreya va Xitoydan olib keltirilgan bo‘lsa, so‘nggi o‘n yillikda, barja, teploxod kabi suv transport vositalarining mahalliy ishlab chiqarilishi, ularni moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlash hamda mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatish orqali xizmat sifati yaqqol oshganligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Termiz daryo porti  orqali O‘rta Osiyo kommunikatsiyasi, savdo-tranzit aloqalari tarixini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar, xulosa hamda takliflar asosida:
Rossiya mustamlakachilik imperiyasi siyosiy jihatdan Amudaryodan harbiy-strategik (tabiiy chegara, harbiy qism), transchegaraviy, bufer zona kabi maqsadlarda foydalangan bo‘lsa, iqtisodiy jihatdan savdo, tovar-xom ashyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish uchun foydalanganligi asoslanganligi hamda Termiz daryo portining mintaqadagi quruqlik hamda suv yo‘llari o‘zaro kesishgan O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmanistonning daryo bo‘yi tumanlari hududlarni bog‘lovchi bandargoh ekanligi hamda uning tijorat va o‘zaro tovar ayirboshlashda tezkor, arzon suv yo‘li bo‘lganligi sababli Amudaryoning muhim tarkibiy strategik ahamiyatga ega qismi ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi fani darsligini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 18-maydagi 89-01-373-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston tarixi fani darsliklarida Amudaryo suv yo‘li taraqqiyotida Termiz daryo portining o‘rni va ahamiyati aniqlangan.
Rossiya imperiyasi uchun Termiz daryo porti orqali O‘rta Osiyoga Afg‘oniston, Hindistondan kirib kelayotgan ingliz tovarlarini to‘xtatish orqali Buxoro amirligida asosiy savdo bozori yetakchisi bo‘lganligi, shuningdek, Amudaryo rus to‘qimachilik sanoati uchun zarur xom ashyo hisoblangan paxta mahsulotini tashuvchi savdo yo‘li ekanligi hamda mustaqillik dastlabki yillarida Termiz daryo portidagi yuk tashiydigan zamonaviy kemalar Rossiya, Turkiya, Koreya va Xitoydan olib keltirilgan bo‘lsa, so‘nggi o‘n yillikda, barja, teploxod kabi suv transport vositalarining mahalliy ishlab chiqarilishi, ularni moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlash hamda mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatish orqali xizmat sifati yaqqol oshganligi ko‘rsatilganligiga oid ma’lumotlardan Termiz daryo porti ochiq muzeyi ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 26-apreldagi 2/2419-3372-son ma’lumotnomasi). Natijada ochiq muzey tomoshabinlarida Termiz daryo porti rivojllanish taraqqiyoti hamda daryo transportining Respublika o‘rni haqida tasavvur hosil qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish