Murotov Nuriddin Namozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tadbirkorlik faoliyati prinsiplarini amalga oshirishning nazariy-amaliy masalalari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu867.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nasriev Ilxom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Topildiev Baxromjon Raximjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Abdusalomov Mirzo-Ulug‘bek Elchievich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati prinsiplarini huquqiy tartibga solish va amalga oshirishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik faoliyatining eng muhim prinsiplari sifatida halol raqobat va xususiy mulk daxlsizligini Konstitusiya darajasida mustahkamlab qo‘yish lozimligi asoslab berilgan;
tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli ekanligini Konstitusiyada belgilab qo‘yish zarurligi asoslangan;
Konstitusiya normalarida belgilangan tadbirkorlik faoliyatiga oid prinsiplar sudlar amaliyotida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishi zarurligi asoslangan;
tadbirkorlarga davlat organlari yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida etkazilgan zarar ixtiyoriy ravishda qoplanmagan taqdirda, uning o‘rni manfaatdor shaxsning arizasiga asosan sud tartibida davlat tomonidan qoplanishi kafolatlanishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
tadbirkorlik faoliyatining eng muhim prinsiplari sifatida halol raqobat va xususiy mulk daxlsizligini Konstitusiya darajasida mustahkamlab qo‘yish lozimligiga oid taklif 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–837-son Konstitusiyaviy Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 65-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 25-avgustdagi 60-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi halol raqobat va xususiy mulk daxlsizligi prinsiplari Konstitusiyada belgilanishiga xizmat qilgan;
tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli ekanligini Konstitusiyada belgilab qo‘yish zarurligiga oid taklif 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–837-son Konstitusiyaviy Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 67-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 25-avgustdagi 60-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi tadbirkorlik faoliyatining erkinligi prinsipi Konstitusiya darajasida mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Konstitusiya normalarida belgilangan tadbirkorlik faoliyatiga oid prinsiplar sudlar amaliyotida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanilishi zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyuldagi “Odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 16-son qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 23-avgustdagi 08/634-23-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
tadbirkorlarga davlat organlari yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida etkazilgan zarar ixtiyoriy ravishda qoplanmagan taqdirda, uning o‘rni manfaatdor shaxsning arizasiga asosan sud tartibida davlat tomonidan qoplanishi kafolatlanishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023 yil 23 iyuldagi “Odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 16-son qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil
23-avgustdagi 08/634-23-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi tadbirkorlik subektlariga etkazilgan zararning qoplanishiga oid huquqiy mexanizmni takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish