Tashpulatova Dilnoza Xolmirza qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “O‘zbek va ingliz tillaridagi aforizmlar pragmatik xususiyati hamda ularning korpusda berilishining tamoyillari”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2297.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Rahimovna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarova Zuhra Akmaljonovna filologiya fanlari doktori, dotsent; Jumaboeva Jamila Sharipovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi aforizmlarni qiyosiy tahlil qilish orqali ularning lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berish, leksikografik talqinlarini mukammallashtirish hamda tarjima masalalarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aforizmlarni semantik tasniflashdagi integral va differensial semalar aniqlanib, o‘rganilgan tillardagi aforizmlar tizimi, ularning tarkibi hamda o‘zbek va ingliz tillaridagi aforizmlarning pragmatik, semantik-struktur xususiyatlari dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi aforizmlar bazasini shakllantirish va til korpusida ularning leksik-semantik, struktur jihatlarini aniqlash orqali ma’lumotlarni markazlashtirish, qayta ishlash imkoniyati hamda aforizmlarning korpuslarda shakllantirishning zamonaviy, qiyosiy, tasnifiy tamoyillari ochib berilgan;
aforizmlarni ta’limiy korpusda loyihalashning mavjud lug‘at shakllaridan so‘z miqdori bo‘yicha, mavzuiy, ma’noviy, mazmuniy jihatdan tafovutlari va imkoniyatlari dalillanib, aforizmlar tarjimasi bilan bog‘liq ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan;
o‘zbek tili ta’limiy korpusining qidiruv imkoniyatlari orqali aforizmlarning ta’limiy, lingvodidaktik, resurs imkoniyatlari ochib berilib, kontekstual aforizmlarni ta’limiy korpusda ayni o‘sha konstual holatidan ajratmasdan berilishi zarurligi hamda ularning alohida lingvistik bazasini shakllantirish omillari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek va ingliz tillaridagi aforizmlar pragmatik xususiyati hamda ularning korpusda berilishining tamoyillari” mavzusida olib borilgan tadqiqot asosida:
o‘zbek tilshunosligida ilk marta ta’limiy korpusning o‘ziga xos jihatlari, aforizmlarning pragmatik xususiyatlari, ularning korpusda berilishining tamoyillarini ochib berish, shuningdek, aforizmlarning semantik-struktur hamda vazifaviy o‘ziga xosliklari kabi masalalar borasidagi ilmiy xulosalardan Filologiya fanlari doktori, professor Raupova Laylo Rahimovnaning 5220100-Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Hozirgi zamon o‘zbek tili” darsligining “Ifodaviylik va uslubiy xoslanganlik jihatdan o‘zbek tili leksikasi” deb nomlangan paragrafida – aforizmlarning semantik xususiyatlari, “Til, lison, me’yor va nutq munosabati” deb nomlangan paragrafida so‘zlarning ijtimoiy-kommunikativ vaziyatlarda turli xil ma’no kasb etishi haqidagi xulosalardan foydalanilgan (A.Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 28 iyuldagi 02-2333-son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir so‘zning turli kommunikativ vaziyatlardagi ma’nosi uning ohangidan va mazkur so‘z bilan strukturaviy bog‘liqlikda bo‘lgan boshqa so‘zlardan kelib chiqqan holda, turlicha bo‘lishi haqidagi fikrning nazariy asosi ta’minlangan;
O‘zbek tili ta’limiy korpusining o‘ziga xos o‘rni, ularda so‘zlarning tartib bilan berilishi shuningdek, har bir so‘zning o‘ziga xos ma’no jihatlari kabi masalalar borasidagi tadqiqot natijalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (A.Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan berilgan 2022 yil 28 iyuldagi 01-2329 son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limiy korpusning o‘qitish jarayonida o‘zbek va ingliz tillaridagi aforizmlarning pragmatik xususiyatlari hamda ularning korpusda berilish tamoyillari asosida takomillashtirilgan savol, topshiriqlardan foydalanib, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish, ularni fikrlashga undash, fikrni ta’sirchan va oddiy ifodalashga o‘rgatish kabi vazifalar yanada samarali tashkil etilgan;
Aforizmlar orqali so‘z ma’nodorligini oshirish omillari tahlil qilinib, so‘zlar bo‘yoqdorligining yuqori samaraga erishish usullarini farqli jihatlarini ilmiy asoslashga doir natijalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yozma va og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (A.Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan berilgan 2022 yil 28 iyuldagi 01-2331 son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda aforizmlarga pragmatik yondashuv asosida maqol, hikmatli so‘zlar, iboralardan foydalanib, ularning nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga va platforma doirasidagi boshqa vazifalarning bajarilishida ilmiylik mezoni ta’minlandi.