Maxamatjon Arabovich Abduvalievning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘siqsizlik konsepti nominativ maydonini tashkillovchi birliklarning kognitiv, lingvokulturologik va lingvopragmatik xususiyatlari (ingliz, o‘zbek va boshqa tillar misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil420.
Ilmiy maslahatchi: Shaxobitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Yaqubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Teshaboeva Ziyodaxon Qodirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Dosbaeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, o‘zbek va boshqa tillarda to‘siqsizlik konseptini obektivlashtiruvchi leksik, morfologik va sintaktik birliklarning struktur-semantik, funksional-stilistik, lingvokulturologik va lingvopragmatik aspektlariga asoslangan holda tillararo izomorf va allomorf xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘siqsizlik konsepti asosini tashkillovchi kognitiv belgi-xususiyatlar aniqlanib, olamning konseptual va til sistemalari o‘rtasidagi munosabatlar shakllanishidagi muhim o‘rni asoslangan;
to‘siqsizlik konseptining semantik mundarijasi, lisoniy ifoda vositalariga xos universal va lakunar milliy xususiyatlari ochib berilib, lingvistik konseptologiyaning kognitiv lingvistikaning alohida tarmog‘i sifatida shakllanish evolusiyasi ko‘rsatilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida to‘siqsizlik konseptining lisoniy manzarasini tashkillovchi birliklar nomenklaturasi aniqlanib, maydon konstituentlarining ushbu maydonda tutgan o‘rni, ularning nominativ zichlik darajalari, kommunikativ ahamiyati, konstituentlararo sistem munosabatlar, to‘siqsizlik maydonining unga qavm va qavm bo‘lmagan konseptual va nominativ maydonlar bilan munosabatlari dalillangan;
to‘siqsizlik konseptini obektivlashtiruvchi lisoniy birliklar, xususan, leksik, frazeologik, paremeologik, morfologik, sintaktik birliklarning eksplisit va implisit xususiyatlari, tayanch modellari, semantik tiplari, stilistik jihatlari, maydoniy, lingvomadaniy va pragmatik aspektlari, ularga xos umumiy va xususiy qonuniyatlar ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda to‘siqsizlik semantikasiga ega frazeologizmlar (ingliz tilida - bate an ace, give someone a break; o‘zbek tilida - to‘rt taraf(i) qibla, yo‘l bermoq kabi) va paremiologik birliklar (ingliz tilida - home is home, though it is never so homely; o‘zbek tilida - dushman o‘lar – do‘st qolar, o‘sma ketar, qosh qolar kabi) ning milliy-madaniy, pragmatik xususiyatlari ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
to‘siqsizlik konseptining eksplisit va implisit ifoda vositalari haqidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda oliy ta’limda jahon andozalari darajasidagi ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan o‘quv adabiyotlari, ilmiy risola, maqola, tezislar yozishda yangi yondashuvlar sifatida tadqiqot ishidagi ilmiy xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS +CBHEIMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 28-martdagi 793/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy dalillar bilan boyitildi, xususan, axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etishda to‘siqsizlik ifoda vositalarining lingvistik tadqiqot obekti sifatida olinishi muhim ahamiyat kasb etgan;
tadqiqot jarayonida to‘plangan materiallar qo‘yilgan muammolarni tadqiq etish natijasida chiqarilgan xulosa va umumlashtirilgan fikrlardan ingliz va o‘zbek tillarida to‘siqsizlik konseptining lisoniy manzarasini tashkillovchi birliklar nomenklaturasini tuzish va tahlil etish orqali erishilgan natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutining 1-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 28-martdagi 792/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha, axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etishda to‘siqsizlik ifoda vositalarini lingvistik tadqiqot obekti sifatida tanlab olinishi muhim rol o‘ynagan;
to‘siqsizlik semantikasini ifodalovchi leksik, morfologik va sintaktik birliklar, ularning struktur-semantik, stilistik xususiyatlarini ingliz, o‘zbek tillari turli nutq uslublariga xos matnlar misolida o‘rganilganligi va tavsiflanganligi, ularga xos umumiy va xususiy jihatlar aniqlanganligi til o‘rganuvchilarning muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi kabi ilmiy yangiliklardan Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi A.Najmeddinov rahbarligida S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlari byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihasi doirasidagi ta’limiy, madaniy sohadagi tadbirlar, amaliy loyiha ishlarida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2022-yil 14-dekabrdagi 347-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
to‘siqsizlik konseptini obektivlashtiruvchi lisoniy birliklarning tavsifi va tasnifiga oid ma’lumotlar va yangiliklardan Namangan davlat universiteti Amaliy ingliz tili kafedrasi falsafa fanlari doktori (PhD) D.M.Sarimsaqova boshchiligida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining Alimni Outreach Grans Program dasturi doirasida 2020-2021-yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan S-UZ800-20-IN-0106 raqamli “Virtual Workshop on Collaborative Action Research for English Teachers” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 24-martdagi 231-01-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
to‘siqsizlik semantikasiga ega eksplisit va implisit lisoniy vositalar va ularning uslubiy xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 9-noyabrdagi O‘z/RV-2224-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar ilmiy va amaliy jihatdan boyigan, ijtimoiy ahamiyati ortgan.