Valieva Noiba Abbosxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xitoy tilida “baxt” konseptining frazeologik birliklarda ifodalanishi”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1779.
Ilmiy rahbar: Nasirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Alimova Xolida Zikrillaevna, filologiya fanlari doktori, professor; Imomiddinova Nargiza Abduvaxidovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi leksikografik manba asosida frazeologik birliklar misolida an’anaviy “五福 [wǔfú] baxt” modelining xitoyliklar milliy lisoniy ongidagi o‘zgarishlar ta’sirida shakllangan zamonaviy modelini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xitoy tilida “五福 [wǔfú] baxt” tushunchasi aniq bir strukturaga ega bo‘lib, komponentlar miqdori o‘zgarmasligi va aynan shu sabab model ekanligi dalillangan;
tarkibida “五福 [wǔfú] baxt” modeli komponentlari bevosita aks etmagan frazeologik birliklarda mazkur model komponentlariga ishora qiluvchi fitonimlar, zoonimlar va mifologik obrazlar borligi aniqlangan;
黄全信(Huáng Quánxìn)ning 《中华五福吉祥图典》 (Xitoy besh ne’mat aforizmlar lug‘ati) besh jildlik leksikografik manbada baxt tushunchasini aks ettirgan 250 ta misolning 6 foizi “五福 [wǔfú] baxt” modeli komponentlari ishtirok etgan iboralar orqali ifodalanishi sotsiolingvistik formula (f=n(f): m) yordamida asoslangan;
jamiyat, turmush tarzi, iqtisod, siyosat o‘zgarishi ta’siri ostida zamonaviy “五福 [wǔfú] baxt” modeli komponentlar tarkibi hamda tartibi o‘zgarishga yuz tutgani 100ta respondent ishtirokidagi so‘rovnoma asosida dalillanib, hozirgi XXR jamiyati ongida yosh, jins, ijtimoiy kelib chiqish omillari vositasida an’anaviy baxt tushunchasi bilan parallel ravishda 12 xil yangi model shakllanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy tilida “baxt” konseptining frazelogik birliklarda ifodalanishi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
frazemalarni to‘g‘ri tarjima qilish va etkazish, qolaversa, xitoyliklarning baxt konseptiga bo‘lgan yondashuvini to‘g‘ri tushuntirish, frazeologik birliklarning madaniyatlararo muloqot jarayonidagi o‘rni hamda zamonaviy xitoy millatining xalq kumulyativ tajribalarini ifodalovchi frazeologik birliklarga zamonaviy yondashuvi kabi masalalar bilan bog‘liq tadqiqot natijalari 2021-yil 23-dekabrda O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbek zamonaviy adabiyotini xorijiy tillarga tarjima qilish va chet mamlakatlarda targ‘ib qilishning dolzarb masalalari”ga bag‘ishlangan ikkinchi respublika konferensiyasi va mahorat saboqlarida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi 2021-yil 28-dekabrdagi 01-03/1653-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda xitoy tilini o‘zlashtirishda “xitoy tili+sotsiolingvistika” modeli asosida zamonaviy xitoyliklar lisoniy ongidagi “五福 [wǔfú] baxt” tushunchasi haqida aniq tassurotlar shakllantirildi, baxt konsepti bilan bog‘liq frazeologik birliklarning komponentlariga ishora qiluvchi fitonimlar, zoonimlar va mifologik obrazlarning to‘g‘ri talqin qilish ko‘nikmasi shakllantirilgan;
Xitoy tili frazeologik birliklarini tarjima qilish, lakunalar, “baxt” konseptini ifodalovchi 5 xil ierogliflar haqida, ularni tarjimada toʻg‘ri aks ettirish usullariga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va nazariy xulosalar, materiallardan 2021-yil 23-dekabrda O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbek zamonaviy adabiyotini xorijiy tillarga tarjima qilish va chet mamlakatlarda targ‘ib qilishning dolzarb masalalari”ga bag‘ishlangan ikkinchi respublika konferensiyasi va mahorat saboqlarida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi 2021-yil 28-dekabrdagi 01-03/1653-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy xitoy adabiyoti asarlarida baxt konsepti bilan bog‘liq frazeologik birliklarining o‘zbek tilidagi tarjimasida muqobil shakllari tavsiya etildi;
tushuncha, konsept va modelga bo‘lgan qarash, xitoy tilidagi baxt, ya’ni “五福 [wǔfú] baxt”ni, frazeologik birliklarni o‘rganishdagi yondashuvlar tahlili, baxtga doir frazeologik birliklarni “五福 [wǔfú] baxt” modeli komponentlari asosida guruhlarga ajratish, xitoy tilida baxt modelining so‘rovnoma asosidagi sotsiolingvistik tadqiqi va zamonaviy baxt modelining ko‘rinishi borasidagi fikrlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali muharririyati tomonidan tayyorlangan “Jahon adabiyoti”, “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi 2023-yil 11-maydagi 04-36-731-son ma’lumotnomasi). Natijada xitoy tilidagi “五福 [wǔfú] baxt” modeli lisoniy tabiatini anglash, o‘ziga xos tendensiya va qonuniyatlarga oid ma’lumotlar efirga uzatilgan eshittirishlarning ilmiy dalillarga boy va ommabop bo‘lishini ta’minlagan.