Salimova Zebo Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turk va o‘zbek tillarida inson obrazining zoomorf hamda fitomorf komparativ birliklarda ifodalanishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1308.
Ilmiy rahbar: Omonov Qudratulla Sharipovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Baxronova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turk va o‘zbek lisoniy manzaralarida inson xarakter-xususiyatini bildiruvchi zoomorf hamda fitomorf komparativ birliklarni lingvomadaniy jihatdan aniqlash, ularning semantikasida hayvonot va o‘simliklar olamining o‘ziga xos aks etishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zoomorf hamda fitomorf komparativ birliklar turk va o‘zbek xalqining lingvomadaniy merosi sifatida inson ichki va tashqi qiyofasini ko‘rsatuvchi eng muhim vositalar ekanligi isbotlangan;
zoomorf hamda fitomorf komparativ birliklar turk va o‘zbek lisoniy manzarasini ifodalovchi muhim omillar ekanligi asoslangan, turk tilida o‘zbek tiliga qaraganda inson xususiyatlarini ifodalovchi fitonimlar ko‘pligi aniqlangan;
har ikki tildagi inson xarakteri va tashqi ko‘rinishini ifodalovchi birliklarning muloqot jarayonida namoyon bo‘ladigan va faollashadigan konnotativ hamda kognitiv xususiyatlari dalillangan;
ashyoviy materiallarga tayanilgan holda o‘zbek va turk tillaridagi zoomorf hamda fitomorf komparativ birliklarning badiiy asarlarda faol qo‘llanilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turk va o‘zbek lisoniy manzarasida inson xarakter-xususiyatini bildiruvchi zoomorf va fitomorf komparativ birliklarni lingvomadaniy tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turk va o‘zbek tillarining olam lisoniy manzarasining shakllanishi, olamning zoomorf va fitomorf manzarasining tarixiy ildizlari bilan bog‘liq natijalaridan OT-F1-71 “Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etnolingvistik vaziyat” (2017-2020) nomli ilmiy loyihada foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiToshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2022-yil 7-apreldagi 89-03-5134-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasidagi turkiy xalqlarning olam lisoniy manzarasidagi mushtarak hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib berishga xizmat qilgan;
turk va o‘zbek tillaridagi inson fe’l-atvorini ifodalovchi zoomorf va fitomorf komparativ birliklarning kelib chiqishi, lingvomadaniy xususiyatlariga oid tarixiy faktlar haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Foreign language” kanali “Hasbi-hol” ko‘rsatuvining senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi “Foreign language” kanali DUKning 2022-yil 5-apreldagi 04-25-12/15-son ma’lumotnomasi). Natijalar tatbiqi ko‘rsatuvning ilmiy dalillarga boy va qiziqarli bo‘lishini ta’minlashga asos bo‘lgan;
turk va o‘zbek tillaridagi inson ichki olami hamda tashqi ko‘rinishini ifodalovchi zoomorf va fitomorf birliklarning funksional-semantik, pragmatik, kommunikativ-kognitiv xususiyatlari bilan bog‘liq natijalaridan OT-F1-71 “Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etnolingvistik vaziyat” (2017-2020) nomli ilmiy loyihada foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiToshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2022-yil 7-apreldagi 89-03-5134-son ma’lumotnomasi). Natijada “Qiyosiy tilshunoslik”, “Qiyosiy tarjimashunoslik”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Lingvistik tahlil metodlari”, “Lingvomadaniyatshunoslik” kabi fanlarning nazariy asoslarini boyitishda manba bo‘lib xizmat qilgan.