Abduxamidova Dilafruz Abduxabirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yapon tilida qarindosh-urug‘chilik bilan bog‘liq birliklarda “家[ie]- uy” konsepti”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1777.
Ilmiy rahbar: Omonov Qudratulla Sharipovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Islamdjanova Xazifaxan, filologiya fanlari doktori, professor; Achilova Ozoda Farhodovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yapon tilidagi qarindosh-urug‘chilik bilan bog‘liq til birliklarining “家[ie]-uy” konsepti bilan bog‘liqligi, kognitiv-semantik xususiyatlari hamda modellarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“家[ie]-uy” konseptini tashkil qiluvchi lisoniy belgilar aniqlanib, qarindosh-urug‘chilik bilan bog‘liq birliklarning nominativ maydoni va qo‘llanishi ichkari-tashqari fokusi orqali asoslangan;
qarindosh-urug‘chilik bilan bog‘liq birliklarning ifodalanish maydoni va murojaat shakllari yapon tafakkurida makonga qarab mo‘ljal olish asosida yuz berishi isbotlangan;
yapon milliy nigohida “家[ie]-uy” metonimik tashqi model sifatida namoyon bo‘lishi so‘zlovchi shu aniq model orqali ichkaridagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalashi ko‘rsatilgan;
yapon tilida 母[haha] ona so‘zining “himoya qilish”, “mehr ulashish” kabi semantik modellari qatorida “taʼlim onasi”, “ona-duo qiluvchi”, “ona-uydagi iliqlik”, “mehr-muhabbat manbayi” stereotiplari ham aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yapon tilidagi qarindosh-urug‘chilik bilan bog‘liq birliklarning “家[ie]-uy” konsepti bilan bog‘liqligi, kognitiv-semantik xususiyatlari hamda modellarini yoritib berish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
dissertatsiyadagi yapon xalqining lisoniy tafakkurida “家[ie]-uy” tushunchasining o‘zgarib borishi va yapon tilida uy konsepti bilan bog‘liq qarindosh-urug‘chilik birliklarining nominativ va qo‘llanilish maydoni tarixi bilan bog‘liq natijalaridan OT-F1-71 “Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etnolingvistik vaziyat” (2017-2020) nomli ilmiy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2023-yil 1-iyundagi 01-04-01/1010-son maʼlumotnomasi). Natijada o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasidagi turkiy xalqlarning olam lisoniy manzarasida qarindosh-urug‘chilik bilan bog‘liq birliklarning qo‘llanish masalasi yapon lingvomadaniyatidagi xususiyatlar bilan mushtarak ekanligini yoritib berishga xizmat qilgan;
yapon madaniyatida “家[ie]-uy” konsepti milliy xoslangan so‘z ekanligi, “家[ie]-uy” freymi doirasida ichkari va tashqari fokusi nuqtayi nazardan qarindosh-urug‘chilikka oid birliklarni o‘rganilishi bilan bog‘liq xulosalardan yapon tilini o‘rganayotgan talabalar uchun “Yapon tiliga ilk qadam” (1-qism) darsligining nazariy qismi yapon tilida qavm-qarindoshlikka oid birliklar kishilik olmoshlari sifatida qo‘llanishi bo‘limida hamda dialogda milliy xos so‘zlarni yapon tilida tushuntirish ko‘nikmalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘iga asosidagi 538/1-011 raqamli ro‘yxatga olish nashr ruxsatnomasi). Natijada yaponlar tafakkurida qavm-qarindoshlikka oid birliklarning maʼnosi, qo‘llanishi “家[ie]-uy”ga qarab mo‘ljal olinishi asosida yuz berishi, shakl va maʼnodagi o‘zgarishlar ichkari va tashqari oppozision fokusiga bog‘liq ravishda sodir bo‘lishi o‘qitishga joriy qilingan hamda o‘quvchilarda leksik, kognitiv-semantik ko‘nikmalarini shakllantirishga nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
yapon tilida qarindosh-urug‘chilikka oid birliklarning nominativ va qo‘llaniluv maydonida ichkari va tashqari fokusining asosiy mezon ekanligi haqidagi natijalar, yapon olamning lisoniy manzarasida “家[ie]-uy” tashqi model sifatida namoyon bo‘lishi, ichki model sifatidagi lisoniy tafakkurda esa uy–oila, uy–jamoa ijtimoiy munosabatlari gavdalanishiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston-Yaponiya markazida til o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy seminar loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston-Yaponiya markazining 2023-yil 13-iyuldagi 69-son maʼlumotnomasi). Natijada yapon olam lisoniy manzarasidagi o‘ziga xosliklarni talaba va o‘quvchilar oson tushunishlari uchun qarindosh-urug‘chilikka oid birliklarni “家[ie]-uy” freymi doirasida fokus nuqtayi nazari orqali o‘rgatilishi haqidagi xulosalar o‘qituvchilarning nazariy bilimlarini oshirishda manba bo‘lib xizmat qilgan;
yapon tili, til va tafakkur, til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi, yapon tilida qavm-qarindoshlikka oid birliklarning so‘zlovchi nuqtayi nazaridan “家[ie]-uy” konsepti doirasida tushunilishi va qo‘llanilishiga doir xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Jahon adabiyoti”, “Taʼlim va taraqqiyot” teledasturlari senariysini tayyorlashda (2022-2023-yillar) foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 11-maydagi 04-36-730-son maʼlumotnomasi). Natijada tomoshabinlarning yapon tilida qavm-qarindoshlikka oid birliklarning kognitiv-semantik xususiyatlari, atash va murojaat jarayonida ichkari va tashqari munosabatining ahamiyati, yapon va o‘zbek tillarida qondosh, yondosh va nikohdan keyingi qavm-qarindoshlikka oid birliklarning qo‘llanishidagi o‘xshash va farqli jihatlari, yapon xalqning uyga oid dunyoqarashidagi milliy-madaniy o‘ziga xosliklar haqidagi fikrlari to‘liq bo‘lishiga manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish