Gaybullaeva Yulduz Anvarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar,
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda xotin-qizlar kiyimlari: moda, ishlab chiqarish va transformatsiya (1946-1991 yillar), 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tar338.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Vebster universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Maxkamova Nodira Raxmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Shodmon Axmedovich Xayitov, tarix fanlari doktori, Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1946-1991-yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlar kiyimlarining transformatsiyasi, ularni ishlab chiqarish, moda targ‘iboti va reklamasi, tikuvchilik fabrikalari hamda sohadagi boshqaruv tashkilotlari faoliyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xotin-qizlarning milliy kiyimlaridan foydalanish va moda sanoatini rivojlantirish sovet ma’muriyatining sohada olib borgan siyosatiga bog‘liqligi kiyim-kechaklar ishlab chiqarish miqdorini oshirish hamda yangi andozadagi mahsulotlar turlarini yaratish maqsadida modalar uylari va tikuvchilik fabrikalari ishlariga alohida e’tibor berilishi natijasida soha transformatsiyaga uchraganligi aniqlangan;
O‘zbekistonda sovet davrida xotin-qizlar kiyim-kechaklarini ishlab chiqarish va moda sanoatining umumiy ahvoli uchta bosqichda namoyon bo‘lib, birinchi bosqich (1945–1950 yillar) – modalar uylari paydo bo‘lishi va tikuvchilik artellarining tikuvchilik fabrikalariga o‘tkazilishi natijasida fabrika kiyim mahsulotlari sonining oshib ketishi, ikkinchi bosqich (1950–1970-yillar) – yangi turdagi kiyim modellarini yaratishga e’tibor qaratilishi oqibatida “sovet modasi”ning paydo bo‘lishi, uchinchi bosqich (1970–1990 yillar) – turli kiyim ko‘rgazmalari va moda namoyishlari ko‘plab tashkil etilishi natijasida “sovet modasi” jamiyatda keng yoyilganligi asoslangan;
sovet davrida xotin-qizlar o‘zbek milliy kiyimlaridan foydalanishda davom etganligi, lekin bunda ularning yoshiga qarab farq bo‘lganligi, katta yoshli ayollar asosan milliy uslubdagi kiyimlarni kiyishganligi, yoshlar esa ayniqsa 1950-yillardan boshlab jamoat joylarida yangicha uslubdagi kiyimlarni kiyishganligi hamda atlas, adras va shoyi kabi hunarmandchilik asosida ishlab chiqarilgan milliy matolar tanqisligi va qimmatligi natijasida fabrikada to‘qilgan arzon materiallardan ham foydalanilganligi ko‘rsatib berilgan;
sovet hokimiyatining aholining tashqi qiyofasini birxillashtirish siyosatiga qaramasdan xotin-qizlar kiyimlarida, jumladan bosh kiyimda ro‘mol, do‘ppi, milliy fasondagi ko‘ylak va lozim, nimcha, mursak, kamzulning fason (bichim)lariga talab saqlanib qolinganligi natijasida moda namoyishlarida ham atlas va beqasam matolaridan keng foydalanilganligi asoslab berilgan;
Moda va tikuvchilik sohalarida kadrlar dastlab fabrikalar huzuridagi bilim yurtlarida, keyinchalik texnikumlari va oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanganligi, biroq talabalarning zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘z malakalarini oshirishiga korxona rahbarlari tomonidan qarshiliklar ko‘rsatilganligi, tashkilotlarning asosiy maqsadi rejani o‘z vaqtida bajarish va savdonini o‘z vaqtida yo‘lga qo‘yish bo‘lganligi sababli ularga amaliyot o‘tash imkoniyati taqdim etilmaganligi natijasida yangi kadrlar amaliyotdan uzilib qolganligi hamda bu ishlab chiqarishga salbiy ta’sir qilganligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sovet davrida O‘zbekiston xotin-qizlar kiyimlari modasi, ishlab chiqarish va transformatsiya tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
xotin-qizlarning milliy kiyimlaridan foydalanish va moda sanoatini rivojlantirish sovet ma’muriyatining sohada olib borgan siyosatiga bog‘liqligi kiyim-kechaklar ishlab chiqarish miqdorini oshirish hamda yangi andozadagi mahsulotlar turlarini yaratish maqsadida modalar uylari va tikuvchilik fabrikalari ishlariga alohida e’tibor berilishi natijasida soha transformatsiyaga uchraganligi, O‘zbekistondagi mavjud milliy liboslar dizayni, ularda uchraydigan bezak turlari, zargarlik buyumlari va marosim kiyimlari hamda sovet hokimiyati olib borgan siyosat natijasida o‘zbek milliy liboslaridan yo‘qolib ketgan elementlar haqidagi xulosalardan 2020-yil may oyida Buyuk Britaniyanig London shahrida O‘zbekiston-Britaniya do‘stlik jamiyati (Uzbek-British Society) tomonidan tashkil etilgan «XIX-XX asrlarda O‘zbek milliy liboslari» mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida hamda 2022-yil 16-iyul sanasida «Oxford Asian Textile Group» kengashi a’zolari uchun tashkil etilgan ma’ruzada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligining 2023-yil 7-apreldagi 28/13363–son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Buyuk Britaniyada O‘zbekistonning madaniy-tarixiy turizm salohiyatini targ‘ib qilishga imkon yaratdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Madaniy-gumanitar aloqalar, turizm va sport masalalari boshqarmasi ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda o‘ziga xos manba vazifasini o‘tagan;
O‘zbekistonda sovet davrida xotin-qizlar kiyim-kechaklarini ishlab chiqarish va moda sanoatining umumiy ahvoli uchta bosqichda namoyon bo‘lib, birinchi bosqich (1945–1950 yillar) – modalar uylari paydo bo‘lishi va tikuvchilik artellarining tikuvchilik fabrikalariga o‘tkazilishi natijasida fabrika kiyim mahsulotlari sonining oshib ketishi, ikkinchi bosqich (1950–1970-yillar) – yangi turdagi kiyim modellarini yaratishga e’tibor qaratilishi oqibatida “sovet modasi”ning paydo bo‘lishi, uchinchi bosqich (1970–1990-yillar) – turli kiyim ko‘rgazmalari va moda namoyishlari ko‘plab tashkil etilishi natijasida “sovet modasi” jamiyatda keng yoyilganligi asoslandi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 3-maydagi 06-31-688-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari keng xalq ommasining tarixiy meros, madaniyatimiz tarixiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
sovet davrida xotin-qizlar o‘zbek milliy kiyimlaridan foydalanishda davom etganligi, lekin bunda ularning yoshiga qarab farq bo‘lganligi, katta yoshli ayollar asosan milliy uslubdagi kiyimlarni kiyishganligi, yoshlar esa ayniqsa 1950-yillardan boshlab jamoat joylarida yangicha uslubdagi kiyimlarni kiyishganligi hamda atlas, adras va shoyi kabi hunarmandchilik asosida ishlab chiqarilgan milliy matolar tanqisligi va qimmatligi natijasida fabrikada to‘qilgan arzon materiallardan ham foydalanilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida innovatsion ko‘rgazmada tashkil qilinib, soha transformatsiyaga uchraganligi haqida ma’lumotlar berilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023-yil 24-oktyabr 04/04-3024-son xati). Natijada xalqimizning boy milliy madaniy merosini yosh avlodga keng tanitish va targ‘ib qilishda bu kabi innovatsion yondashuvlar o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, madaniyat va san’at sohasida yoshlarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilgan;
sovet hokimiyatining aholining tashqi qiyofasini birxillashtirish siyosatiga qaramasdan xotin-qizlar kiyimlarida, jumladan bosh kiyimda ro‘mol, do‘ppi, milliy fasondagi ko‘ylak va lozim, nimcha, mursak, kamzulning fason (bichim)lariga talab saqlanib qolinganligi natijasida moda namoyishlarida ham atlas va beqasam matolaridan keng foydalanilganligi muzey ko‘rgazmasida o‘z aksini topib, bu davr mobaynida moda faqatgina tashqi qiyofani ifodalab qolmasdan, balki san’at, siyosat, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, shuningdek, jamiyatda sodir bo‘layotgan turli ijtimoiy va madaniy jarayonlarning uzviy ravishda uyg‘unlashgan murakkab muhit va hodisa sifatida namoyon bo‘lganligi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyasida va ko‘rgazmalar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 23-oktyabrdagi 3/1255-2356-son xati). Natijalar o‘zbek milliy kiyimlari bo‘yicha turli davrlardagi o‘zgarishlar va tranformatsiya jarayonlariga oid ma’lumotlar keng o‘quvchilarni etarli tasavurlarga ega bo‘lishiga xizmat qilmoqgan;
moda va tikuvchilik sohalarida kadrlar dastlab fabrikalar huzuridagi bilim yurtlarida, keyinchalik texnikumlari va oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanganligi, biroq talabalarning zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘z malakalarini oshirishiga korxona rahbarlari tomonidan qarshiliklar ko‘rsatilganligi, tashkilotlarning asosiy maqsadi rejani o‘z vaqtida bajarish va savdoni o‘z vaqtida yo‘lga qo‘yish bo‘lganligi sababli ularga amaliyot o‘tash imkoniyati taqdim etilmaganligi natijasida yangi kadrlar amaliyotdan uzilib qolganligi hamda bu ishlab chiqarishga salbiy ta’sir qilganligi asoslab berilgan. (O‘zarxiv agentligi Kinofotofono hujjatlari milliy arxivining 2023-yil 1-noyabrdagi 01-23/303-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotchi tomonidan O‘zbekiston kino-foto hujjatlari milliy arxiviga taqdim etilgan milliy kiyimlar, moda sanoatini rivojlantirishga oid ma’lumotlar, tadqiqotchining shaxsiy arxiviga mansub foto materiallar, dissertatsiya ishning ilmiy yangiliklari, ilmiy izlanishlar natijasida shakillantirilgan ilmiy xulosalar, arxiv fotosuratlar fondini yangi materiallar bilan boyitishga xissa qo‘shgan.