Azizov Shuxrat Mamatovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi konstruksiyadagi energiya tejamkor yuqori ish unumli xavfsiz paxta jin mashinasini yaratish”  05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T474
Ilmiy rahbar: Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar:  Sharibaev Nosir Yusupjanovich texnika fanlari doktori, professor (05.02.03), Rosulov Ruzimurad Xasanovich texnika fanlari doktori, dotsent (05.02.03), Gulyaev Rinat Amirovich texnika fanlari doktori, professor (05.02.03).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yangi konstruksiyadagi energiya tejamkor, yuqori ish unumli, xavfsiz paxta jin mashinasini samarali texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energiya tejamkor, yuqori ish unumli, xavfsiz arrali jin mashinasini samarali yangi konstruksiyasi yaratilgan va  patent olingan (№ FAP 01214);
yangi konstruksiyadagi jinda ischilarni havsizligini ta’minlash maqsadida optik to‘siq sensorlari o‘rnatilib, avtomatlashgan tizimga sinergiya qilinuvchi electron dastur yaratilgan;
yangi konstruksiyadagi jin mashinasining  ishchi kamerasining maksimal radiusidan minimal radiuslar oralig‘ida o‘zgarishiga qarab amaldagi jinlardan kam bo‘lgan yuklamani ikkita arrali silidrga taqsimlanishi orqali tola va chigitni shikastlovchi bosim kamaytirish metodologiyasi ishlab chiqilgan;
taklif etilayotgan kolosnikni yangi  konstruksiyasining ishchi yuzalariga ta’sir etuvchi yuklanish ta’sirida paydo bo‘luvchi kuchlanish, siljish hamda deformatsiya kuchlarini Solidworks dasturida simulyasiya qilish orqali  mustaxkamligi va ustuvorligi ta’minlanganligi asoslangan;
 Ikkita arrrali silindr tishlariga ilashgan tolani taklif etilayotgan cho‘tkali baraban hamda tolani arra tishlaridan havo yordamida pudash so‘rish konstruksiyasida  sifatli echib olish qonuniyati aniqlangan;
Talkif etilayotgan yangi konstruksiyadagi jin mashinasini kinematik sxemasi tuzilgan, dinamik modellari va Eyler, Liouville's, Boltzmann tenglamalaridan foydalanib xarakatlanuvchi qismlari uchun xarakat tenglama modeli yaratilgan;
Arrali jinlarni  arrali silindr valida joyalshgan arralar soniga qarab hosil bo‘luvchi yuklanmalarni vaqt birligi ichida, uzunligi bo‘yicha ko‘ndalang egilish tebranishini matematik modeli yaratilgan;
Taklif etilayotgan yangi konstruksyadagi jin mashinasinini ishchi qismlarini kiruvchi faktorlarni almashtirish randomizatsiya qilish orqali ishchi qismlarning optimal joylashuvi parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Namangan viloyati Pop tumani “Art Soft Holding” MChJ ga qarashli “Pop paxta tozalash” korxonasining 2022 yil 11 oktyabrdagi sinov, iqtisodiy samara va joriy qilish dalolatnomalari olingan. O‘tkazilgan tajriba sinovlari va olingan ma’lumotlarga ko‘ra tolani ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiya etilgan yangi konstruksiyadagi jin mashinasining ish unumi hozirda ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan jin mashinalaridan  6 oy davomida olingan ish unumi ko‘rsatkichi o‘rtacha 70% foizga oshirish natijasida bir mavsumda 3 456 tn dan ko‘proq tola ishlab chiqariladi   “O‘zbekiston paxta –to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi 2022 yil  15 noyabrdagi  №02/22-811sonli ma’lumotnoma xati olingan. O‘zbeksiton respublikasi intellektual mulk agentligining 2017 yil 16 iyundagi № FAP 01214-sonli foydali modelga patenti olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish