Abduraxmonov Akmaljon Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani tashuvchi pnevmotransport uskunasi elementlarining resurstejamkor konstruksiyalarini loyihalash” 05.02.03-Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2292
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Safarov Nazirjon Muxammadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Ruzmetov Raxmatjon Ibodullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: pnevmotransport uskunasi va elementlarini ratsional loyihalash yo‘li bilan paxta mahsulotlarining dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlash va energiya sarfini kamaytirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pnevmotransport jarayonida paxta va havo oqimi harakatining turli qonuniyatlari solishtirma tahlili asosida ularni tadqiqot maqsadi va olinadigan natijalarga bog‘liq holda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
paxta pnevmotransporti va uning elementlarini loyihalashning mavjud usullarini tahlil qilgan holda yangi uslubda aniq natijalar beruvchi, energiya va resurs tejovchi loyihalash usuli va hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
paxtaning pnevmotransport quvur chig‘anoqlaridagi tolaning zarba kuchining ta’sirlashuvchi yuza qattiqligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, zarba kuchini kamaytirish maqsadida chig‘inoqning zarbani yutuvchi, almashuvchan qoplamaga ega bo‘lgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
pnevmotransport quvuri bo‘g‘zi (kirish va chiqish qismlari)da havo uyurmasi hosil bo‘lishi natijasida ularning aerodinamik qarshiliklari yuqori bo‘lishi va bu uskuna energiya sarfini oshirishini hisobga olgan holda uch qismi muayyan radius ostida yumaloqlangan va havo uyurmasini bartaraf qiluvchi quvur bo‘g‘zi konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani tashuvchi pnevmotransport uskunasi va elementlarini loyihalash usullari va yangi konstruksiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
quvur chig‘inog‘ining zarbani yutuvchi, almashuvchan qoplamaga ega bo‘lgan konstruksiyasi, shuningdek, uch qismi muayyan radius ostida yumaloqlangan quvur bo‘g‘zi konstruksiyasi «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi» tasarrufidagi “Namangan paxta tex” MChJ ga qarashli “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi”ning 2023 yil 25 apreldagi №874-024-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta pnevmotransportida chigitning mexanik shikastlanganligi darajasini 1,3 % (absolyut) ga, paxta tolasidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushi 1,6% kamayishiga erishilgan.