Qosimova Mamura Odiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuchli elektromagnit maydondagi p-n-o‘tish elektr xususiyatlariga deformatsiya va yorug‘lik ta’sirini tadqiq etish» 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM817
Ilmiy rahbar: Dadamirzaev Muhammadjon G‘ulomqodirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Yulchiev Shaxriyor Xusanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Rasulov Voxob Rustamovich, fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yarimo‘tkazgichli p-n-o‘tish elektr xususiyatlari: differensial qarshiligi, diffuziya sig‘imi va differensial o‘tkazuvchanligining o‘ta yuqori chastotali maydon, yorug‘lik va deformatsiya ta’sirida o‘zgarishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor, O‘YuCh maydon, deformatsiya va yorug‘lik ta’siridagi p-n-o‘tish differensial qarshiligi, diffuziya sig‘imi va differensial o‘tkazuvchanligi o‘zgarishini ifodalovchi tenglamasi olingan;
O‘YuCh maydon ta’siridagi p-n-o‘tish VAX noideallik koeffisienti qiymatining ortishi differensial qarshilik, diffuziya sig‘imi va differensial o‘tkazuvchanliklarning zaryad tashuvchilarning qizishi natijasida o‘zgarishi hisobiga yuz berishi asoslangan;
2D o‘lchamli p-n-o‘tish fototoklarining yorug‘lik to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi, shuningdek VAX ni yorug‘likning turli quvvatlarida o‘zgarishini ifodalovchi formula topilgan, olingan nazariy natijalar tajriba natijalari bilan solishtirilgan;
2D o‘lchamli p-n-o‘tishlarning differensial o‘tkazuvchanligi va diffuziya sig‘imlarini O‘YuCh maydon ta’sirida electron va kovaklar qizishi hisobiga o‘zgarishini 0000aniqlovchi ifodalar olingan.
O‘YuCh maydon ta’siridagi 2D va 3D o‘lchamli p-n-o‘tishlarning differensial o‘tkazuvchanligi va diffuziya sig‘imlari solishtirilgan, ushbu kattaliklar 2D o‘lchamli p-n-o‘tishlarda 3D o‘lchamlilarnikiga nisbatan katta bo‘lishiko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kuchli elektromagnit maydondagi p-n-o‘tishga deformatsiya va yorug‘lik ta’sirini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘YuCh to‘lqin, yorug‘lik va deformatsiya ta’sir etganda p-n-o‘tish elektr parametrlarining o‘zgarishi uchun olingan natijalardan «Foton» Aksiyadorlik jamiyati («Foton» AJ) da yarimo‘tkazgichli tranzistorlar ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda. («O‘zeltexsanoat» uyushmasining 2023 yil 5 iyundagi 04-3/720-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada olingan natijalarni texnologik jarayonga qo‘llash yarimo‘tkazgichli fotoelementlarda fototok va fotoEYuK ni boshqarish imkonini bergan;
Namangan muhandislik-texnologiya institutida OT-F-74- «Yarimo‘tkazgichli qorishmalar va kuchli ligerlangan yarimo‘tkazgichlar energetik spektrlarini tadqiq qilish» fundamental loyihasinig ilmiy texnikaviy vazifalarini bajarishda, dissertatsiyada ishlab chiqilgan diodli strukturalarga O‘YuCh to‘lqin ta’sir etganda elektr xususiyatlarining o‘zgarishi uchun olingan ifodalardan samarali foydalanilgan (Namangan muhandislik-texnologiya institutining 2023 yil 11 martdagi 479-024-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyihada dissertatsiyada olingan natijalardan foydalanish Yarimo‘tkazgichli strukturalar elektr xususiyatlariga tashqi ta’sirlar: o‘ta yuqori chastotali to‘lqin, yorug‘lik va deformatsiyaning ta’sirini tushuntirish imkonini bergan.