Abdulxaev Abrorbek Abdulloxon o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kremniy asosidagi metall-shisha-yarimo‘tkazgich strukturalarning elektrofizik parametrlariga tashqi omillarning ta’siri» 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/FM729
Ilmiy rahbar: Mamatkarimov Odiljon Oxundedaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Onorqulov Karimberdi Egamberdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Karimov Ibrohim Nabievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Metall-shisha-yarimo‘tkazgich tuzulmalarning elektrofizik parametrlariga bosim, ultratovush, proton nurlanishi hamda implantatsiya ta’sirlari natijalarini tahlil etish orqali tok tashuvchilar dinamikasida muhim bo‘lgan faktorlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, qo‘rg‘oshin ionlarida ushlab qolingan elektronlarni chiqarib yuborilishi va ularning invers qatlam zaryadlari bilan ta’sirlashuvi natijasida elektron injeksiyasiga uchratilgan strukturalar invers qatlamida zaryad shakllanish tezligining kamayishi impuls kuchlanish ta’siridan yuzaga keladigan elektronlar injeksiyasi orqali aniqlangan;
barcha turdagi tashqi ta’sirlar metall-dielektrik-yarimo‘tkazgich tuzulmalar uchun chegara bo‘limi sohasidagi mahalliylashgan bog‘lar miqdorini o‘zgarishga olib kelishi tashqi ta’sir natijasida tuzulma volt-farad xarakteristikasining siljishi orqali aniqlangan;
Al-n-Si – shisha – Al strukturalarga ultratovush ta’siri berilganda yarimo‘tkazgich shisha chegara sohasida lokallashgan elektron holatlari integral zichligini kamayishi va yarimo‘tkazgichdagi hajmiy elektron holatlari energetik spektri o‘zgarmay qolishi nazariy jihatdan aniqlandi.
ilk bor, vodorod ionlari bilan implantatsiya qilingan kremniy namunalarini qizdirish jarayonida hosil bo‘ladigan vodorod g‘ovakchalarini bosim ta’sirida kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kremniy asosli metall-shisha-yarimo‘tkazgich strukturalar xarakteristikalarining turli tashqi ta’sirlarga barqaror va chidamliligini aniqlash asosida:
Al-n-Si–shisha–Al strukturalarga ultratovush, bosim, proton nurlanishi, implantatsiya ta’sirlarida o‘zgarishi uchun olingan natijalardan «FOTON» aksionerlik jamiyatida yarimo‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda. («Uzeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2023 yil 11-maydagi 110-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada olingan natijalarni texnologik jarayonga qo‘llanilib, tezkorligi yuqori bo‘lgan tranzistorlarni ishlab chiqarish va nazorat qilish imkonini bergan;
Kremniyga vodorod ionlarining implantatsiyasi natijalari asosida Malayziyaning “Malayziya Putra universiteti” da ijobiy xarakteristikaga ega metal-shisha-yarimo‘tkazgich asosidagi  qurilmalar tayyorlashda foydalanish imkonini berishi ko‘rsatilgan. ( Malayziya Putra universiteti 26.08.2023 dagi № ISMS 00150 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi metal-shisha-yarimo‘tkazgich asosidagi elektron qurilmalarning radiatsiyaga chidamliligini 10-13% oshirish  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish