Malikova Dilrabo Muminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning ilmiy asoslarini takomillashtirish », 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt968.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Altinbek Yangibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisod fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning ilmiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra bank sektorining barqaror ishlashini ta’minlovchi asosiy omil sifatidagi “tijorat banklarining iqtisodiy xavfsizligi” tushunchasining mohiyati tijorat bankining barqaror va samarali faoliyat yuritishini tashkil etish maqsadida ta’minlanadigan bank faoliyatini turli tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish holati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash omili sifatida NPL ulushi (0,30 dan 0,10 ga qadar kamaytirish), uzoq muddatli depozitlar ulushi (0,31 dan 0,45 ga qadar oshirish) ko‘rsatkichlarining chegaraviy qiymatlari takomillashtirilgan;
tijorat banklarida iqtisodiy tahdidlarning paydo bo‘lishini oldindan aniqlash hamda iqtisodiy xavfsizlik darajasini oshirishning uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishda bank barcha bo‘limlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish va lean-menejment direktivalari asosida tavakkalchiliklarni boshqarishning alohida tizimini yaratish taklifi ishlab chiqilgan;
tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir darajasini baholovchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida O‘zbekiston tijorat banklari iqtisodiy xavfsizligining 2026 yilga qadar o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning ilmiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra bank sektorining barqaror ishlashini ta’minlovchi asosiy omil sifatidagi “tijorat banklarining iqtisodiy xavfsizligi” tushunchasining mohiyati tijorat bankining barqaror va samarali faoliyat yuritishini tashkil etish maqsadida ta’minlanadigan bank faoliyatini turli tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish holati nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid materiallardan oliy o‘quv yurtlarining 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Den`gi i banki” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2023-yil 19-iyundagi 11-son qarori). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda “tijorat banklarining iqtisodiy xavfsizligi” tushunchasining mohiyati tijorat bankining barqaror va samarali faoliyat yuritishini tashkil etish maqsadida ta’minlanadigan bank faoliyatini turli tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish holati nuqtai nazaridan bilimlarini kengaytirish imkoni yaratildi;
tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash omili sifatida NPL ulushi (0,30 dan 0,10 ga qadar kamaytirish), uzoq muddatli depozitlar ulushi (0,31 dan 0,45 ga qadar oshirish) ko‘rsatkichlarining chegaraviy qiymatlari takomillashtirish taklifi «Turonbank» ATB tomonidan “Bank risklarini boshqarish siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanildi («Turonbank» ATB ning 2023 yil 18 oktyabrdagi 16/04-142-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning iqtisodiy xavfsizligi darajasi oshirilib, risk-appetitini aniqlash mezonlari ishlab chiqildi «Turonbank» ATB ning aktivlari tarkibida muammoli aktivlarni ulushini 2022 yilda o‘tgan 2021 yilga nisbatan 0,7 bandga kamayishiga, shuningdek, bankning jami depozit bazasi tarkibida uzoq muddatli depozitlar ulushining 2,7 bandga oshirilishiga ko‘maklashdi;
tijorat banklarida iqtisodiy tahdidlarning paydo bo‘lishini oldindan aniqlash hamda iqtisodiy xavfsizlik darajasini oshirishning uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishda bank barcha bo‘limlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish va lean-menejment direktivalari asosida tavakkalchiliklarni boshqarishning alohida tizimini yaratish taklifi bank amaliyotiga kiritildi («Turonbank» ATB ning 2023 yil 18 oktyabrdagi 16/04-142-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash tizimi lean-menejment texnologiyalari asosida takomillashtirildi, bank uchun iqtisodiy tahdidlarni va bankning imkoniyatlarini aniqlash uchun SWOT-tahlil usuli matrisasi qo‘llanila boshlandi, bankning iqtisodiy xavfsizlik darajasini va bank faoliyati samaradorligi darajasini oshirishga mo‘ljallangan uzoq muddatli strategiyasi shakllantirilib, iqtisodiy tahdidlar ta’sir darajasini 2022 yilda o‘tgan 2021 yilga nisbatan 27% ga kamaytirish imkoni yaratildi;
tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta’sir darajasini baholovchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida O‘zbekiston tijorat banklari iqtisodiy xavfsizligining 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash tavsiyasini qo‘llash taklifining amaliyotga joriy etilishi bankning moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi («Turonbank» ATB ning 2023 yil 18 oktyabrdagi 16/04-142-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash tizimini optimallashtirish, tahdidlarga adekvat va o‘z vaqtida javob qaytarish imkoniyatlari vujudga keldi, bankning aktivlari hajmi 2022 yilda o‘tgan 2021 yilga nisbatan 1,17 baravarga yoki 1 869 mlrd. so‘mga ko‘payishiga erishildi.