Mamanazarov Mansur Abduxakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash», 08.00.01 –“Iqtisodiyot nazariyasi” va 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.I605
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Botirova Nilufar Sherkulovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning  barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi mavqeini kuchaytirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikada barqaror iqtisodiy o‘sishni mis sanoatida klasterlar tashkil etish va u bilan bog‘liq korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish orqali ta’minlash taklifi asoslangan;
tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirishga mahalliy eksport qiluvchilarga yuk tashish va shu bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilma xarajatlarining 50 foizini davlat tomonidan qoplash orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirish mexanizmini respublikada xorijiy investorlarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar tizimini mahalliy investorlarga ham  joriy etish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
iqtisodiyot tarkibida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining ulushini optimallashtirishga qishloq xo‘jaligi ekinlari etishtiruvchilarga hosilni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizini davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan qoplab berish orqali erishish taklifi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
respublikada barqaror iqtisodiy o‘sishni mis sanoatida klasterlar tashkil etish va u bilan bog‘liq korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish orqali ta’minlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni III-ustuvor yo‘nalishining 22-maqsadini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 22-apreldagi №28/5-05953-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi mamlakatda qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish, jumladan, mis sanoati klasterini tashkil etish orqali mis va boshqa eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga, avtomobil sanoatida kooperatsiyani rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga, eksport hajmini 2 baravarga ko‘paytirishini asoslashga xizmat qilgan;
tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirishga mahalliy eksport qiluvchilarga yuk tashish va shu bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilma xarajatlarining 50 foizini  davlat tomonidan qoplash orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi  PF-5953-son “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi  Farmonini 5-bandi, 7-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 22-apreldagi №28/5-05953-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, mahalliy tovar eksport qiluvchilarda qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni ishlab topish motivatsiyasini shakllantirish, investision faollikni oshirish, jahon bozorlariga milliy raqobatbardosh mahsulotlarni eksport hajmini oshirish imkoniyatini yaratdi;
    iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirish mexanizmini respublikada xorijiy investorlarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar tizimini mahalliy investorlarga ham joriy etish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 avgustdagi 526-son “2020-2021 yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 9-bobining 10-xatboshini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 22-apreldagi №28/5-05953-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda investisiya muhitining yaxshilanishi, mahalliy investorlar faolligining rag‘batlantirilishi va shu orqali aholi bandligi hamda turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi;
iqtisodiyot tarkibida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining ulushini optimallashtirishga qishloq xo‘jaligi ekinlari etishtiruvchilarga hosilni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizini davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan qoplab berish orqali erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 oktyabrdagi PQ-387-son “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi, b-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 22-apreldagi №28/5-05953-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi mamlakat ichki bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, mahsulot etishtirishni ko‘paytirish hisobiga aholi daromadlarini oshirish imkoniyati yaratiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish