Mirzaeva Zubaydaxon Odiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Achchiq tarvuz asosida oziq-ovqat qo‘shilmalari olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K630.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Topvoldiev To‘lqinjon biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Maxsadbek Mo‘ydinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Razzaqov Nabijon Alijonovich, kimyo fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: achchiq tarvuz urug‘i va po‘stlog‘i asosida oziq-ovqat qo‘shilmasi yaratish, ularning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini aniqlash hamda kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi tovar kodlari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor achchiq tarvuz po‘stlog‘i va urug‘i tarkibidagi makro- va mikroelementlar, suvda eruvchan C, B1, B2, B6, B9 va B12 vitaminlari hamda rutin, kversetin, gall kislotasi va kofein miqdori zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlangan;
in vitro sharoitida achchiq tarvuz urug‘ining antioksidanlik faolligi gliklazidga nisbatan 6,4 marta, kversetinga nisbatan 1,9 marta yuqori ekanligi, shuningdek, po‘stining antioksidantlik faolligi mos ravishda 6 va 1,7 marta yuqori ekanligi isbotlangan;
ilk bor achchiq tarvuz urug‘i va po‘stlog‘i asosida qandli diabet kasalligini davolash va oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan “ASMIRTOL” va “ASMIRTOP” tabiiy oziq- ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqilgan;
in vitro sharoitida “ASMIRTOL” oziq-ovqat qo‘shilmasining antioksidant faolligi gliklazidga nisbatan 6,2 marta, kversetinga nisbatan 1,8 marta yuqori ekanligini, shuningdek, “ASMIRTOP” oziq-ovqat qo‘shilmasining antioksidant faolligi mos ravishda 5,9 va 1,7 marta yuqori ekanligi aniqlangan;
antiradikal faollik etalonga nisbatan “ASMIRTOL” oziq-ovqat qo‘shilmasida 1,8 marta, “ASMIRTOP” oziq-ovqat qo‘shilmasida esa 1,1 marta yuqori ekanligi isbotlangan;
“ASMIRTOL” oziq-ovqat qo‘shilmasining qandli diabet kasalligida qondagi qand miqdorini pasaytirish xususiyati “GLUKEYR” preparatiga nisbatan 1,3 martaga yuqori ekanligi isbotlangan;
“ASMIRTOL” va “ASMIRTOP” oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Achchiq tarvuz urug‘i va po‘stlog‘ining kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlarini aniqlash, ular asosida yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish va kimyoviy tarkibi asosida sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“ASMIRTOL” va “ASMIRTOP” oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun ishlab chiqilgan texnik shart O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (Tsh 303271760-02:2023, №31-8/927-son xat). Natijada, achchiq tarvuz po‘sti va urug‘i asosida tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
“ASMIRTOL” va “ASMIRTOP” oziq-ovqat qo‘shilmalarini talab darajasida ishlab chiqarish uchun ishlab chiqilgan texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (TY303271760-02:2023, №31-8/927-son xati). Natijada, qandli diabetni davolash xususiyatiga ega boʻlgan yangi tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan.