Erkinxojiev Ismoiljon Ikromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agrar sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2023.2.PhD/Iqt3014.
Ilmiy rahbar: Chariev Qurbon Amirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tashmatov Rustam Xusanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agrar sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat dasturlari doirasida parrandachilik korxonalarida asosiy podani shakllantirish, shu jumladan, inkubatsion tuxum, jo‘jalar va tovuqlar xaridi uchun kreditlarni investisiya loyihasini moliyalashtirish sifatida 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga ajratish taklif etilgan;
parrandachilik tarmog‘ini modernizatsiyalash va ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida parrandachilik korxonalariga ajratilayotgan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini qisman qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiyalash taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish maqsadida uzoq muddatli resurslarni jalb qilish hisobidan qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun 10 yilgacha bo‘lgan muddatga kredit (lizing) ajratish taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligida xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etgan holda zamonaviy issiqxonalar, chorvachilik komplekslari, qayta ishlash korxonalari va logistika markazlarini tayyor holda lizing tashkilotlari orqali lizinga berish taklifi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agrar sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat dasturlari doirasida parrandachilik korxonalarida asosiy podani shakllantirish, shu jumladan, inkubatsion tuxum, jo‘jalar va tovuqlar xaridi uchun kreditlarni investisiya loyihasini moliyalashtirish sifatida 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi «Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-281-sonli qarorida o‘z aksini topgan («Mikrokreditbank» ATB 2022 yil 26 sentyabrdagi № 03-40/14840-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, 2022 yilda parrandachilik sohasini rivojlantirish uchun 10 yil muddatga, 3 yil imtiyozli davri bilan 200 mlrd.so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratilgan;
parrandachilik tarmog‘ini modernizatsiyalash va ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida parrandachilik korxonalariga ajratilayotgan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini qisman qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi «Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-281-sonli qarorida o‘z aksini topgan («Mikrokreditbank» ATB 2022 yil 26 sentyabrdagi №03-40/14840-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kredit foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha «2+1» tamoyili asosida parrandachilik xo‘jaliklariga 2022 yilda jami 69,4 mlrd.so‘mlik kompensatsiya mablag‘lari ajratilgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish maqsadida uzoq muddatli resurslarni jalb qilish hisobidan qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun 10 yilgacha bo‘lgan muddatga kredit (lizing) ajratish taklifi 2021 yil 10 iyundagi «O‘zagrolizing» AJning 02/2021-sonli bayonnoma qarori bilan tasdiqlangan, jamiyatning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasining 6-bandida o‘z aksini topgan («O‘zagrolizing» AJ 2022 yil 9-avgustdagi №03-23/815-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, lizing oluvchilarni qishloq xo‘jalik texnikalari bilan taʼminlash darajasi o‘tgan yilga nisbatan 120 foizga oshishi taʼminlangan;
qishloq xo‘jaligida xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etgan holda zamonaviy issiqxonalar, chorvachilik komplekslari, qayta ishlash korxonalari va logistika markazlarini tayyor holda lizing tashkilotlari orqali lizinga berish taklifi 2021 yil 10 iyundagi «O‘zagrolizing» AJning 02/2021-sonli bayonnoma qarori bilan tasdiqlangan, jamiyatning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasining 6-bandida o‘z aksini topgan. («O‘zagrolizing» AJ 2022 yil 9-avgustdagi №03-23/815-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, jamiyatning lizing faoliyatini diversifikatsiyalanishi etkazib berilayotgan texnikalar, obʼektlar turlarini 120 tadan oshishiga va jamiyatning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq risk darajasini pasayishiga olib kelgan.