Mannonov Shohruhmirza Abdirashid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transport tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2875.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Malik Naimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yaqutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rustamov Narzillo Istamovich, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transport tizimini iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra temir yo‘l transport tizimi iqtisodiy samaradorligini oshirishning nazariy-amaliy asosini tashkil etadigan zamonaviy yondashuvlar tasnifi etkazib berishlar zanjirlarini samarali tashkil etish va etkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik jihatidan takomillashtirilgan;
temir yo‘l transport tizimini rivojlantirishda amaldagi risk ta’siri darajasining yuk tashish modeli natijasi bo‘yicha “past daraja” (0 - 0,35), “o‘rtacha daraja” (0,36 - 0,75), “yuqori daraja” (0,76 - 1,0) oraliqlarida qiymatini ta’minlash orqali kutilayotgan risklarning oldini olish va risk ta’sirchanligini kamaytirish asoslangan;
temir yo‘l transportida yuklarni etkazib berish jarayonlaridagi yo‘lni bosib o‘tish, yuklarni ortish-tushirishga sarflanadigan vaqt hamda yuklarni tushirish chog‘idagi intensivlikning maqbul darajalariga erishish orqali 3PL va 4PL darajadagi logistik kompaniyalarni jalb etishning turli variantlarini qo‘llashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga jalb etilayotgan investisiyalar hajmi va kompaniya daromadlarining uzoq muddatli dinamikasiga ko‘ra tuzilgan ekonometrik model asosida temir yo‘l transport tizimi iqtisodiy samaradorligini oshirishning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l transporti tizimining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra temir yo‘l transport tizimi iqtisodiy samaradorligini oshirishning nazariy-amaliy asosini tashkil etadigan zamonaviy yondashuvlar tasnifi etkazib berishlar zanjirlarini samarali tashkil etish va etkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik jihatidan takomillashtirishga oid nazariy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Transport iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 14-iyuldagi 228-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda temir yo‘l transport tizimi iqtisodiy samaradorligini oshirishning nazariy-amaliy asosini tashkil etadigan zamonaviy yondashuvlar tasnifi etkazib berishlar zanjirlarini samarali tashkil etish va etkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik jihatidan takomillashtirish bo‘yicha nazariy bilimlarni oshirish imkonini yaratgan;
temir yo‘l transport tizimini rivojlantirishda amaldagi risk ta’siri darajasining yuk tashish modeli natijasi bo‘yicha “past daraja” (0 - 0,35), “o‘rtacha daraja” (0,36 - 0,75), “yuqori daraja” (0,76 - 1,0) oraliqlarida qiymatini ta’minlash orqali kutilayotgan risklarning oldini olish va risk ta’sirchanligini kamaytirish taklifidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimining rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2023 yil 22 iyundagi 04/1874-23-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kutilayotgan risklarni oldini olish va risk ta’sirchanligini 15 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
temir yo‘l transportida yuklarni etkazib berish jarayonlaridagi yo‘lni bosib o‘tish, yuklarni ortish-tushirishga sarflanadigan vaqt hamda yuklarni tushirish chog‘idagi intensivlikning maqbul darajalariga erishish orqali 3PL va 4PL darajadagi logistik kompaniyalarni jalb etishning turli variantlarini qo‘llash taklifidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimining rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2023 yil 22 iyundagi 04/1874-23-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ta’minot zanjiriga jalb qilingan barcha yuk tashuvchi kompaniyalar tomonidan etkazib berish vaqtini 24 foizga qisqartirish imkoni yaratilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga jalb etilayotgan investisiyalar hajmi va kompaniya daromadlarining uzoq muddatli dinamikasiga ko‘ra tuzilgan ekonometrik model asosida temir yo‘l transport tizimi iqtisodiy samaradorligini oshirishning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan  “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2023 yil 22 iyundagi 04/1874-23-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniya faoliyatiga jalb etilayotgan investisiyalar hajmi va daromadlari bilan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarining uzoq muddatli istiqboldagi muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish