Dusnaev Sherzod Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasida demografik rivojlanishni iqtisodiy-statistik baholash”
08.00.06 – Ekonometrika va statistika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1667
Ilmiy rahbar: Abduramanov Xamid Xudaybergenovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc.29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Turg‘unov Tursunboy Sobirovich iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida demografik jarayonlarning rivojlanishini iqtisodiy-statistik baholash, ko‘p omilli tahlil qilish, ekonometrik modellarini tuzish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aholining demografik holatini statistik baholash usullarini kengaytirish uchun aholi takror barpo bo‘lishning netto va aholining qarish jarayonlarini hisobga olib, ilk bor integrallashgan statistik ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan;
respublika va hududlardagi demografik hodisa va jarayonlarning miqdoriy tavsifi, rivojlanish darajasi hisobga olinib, 23 ta demografik xavfsizlik indikatorlarining chegaraviy qiymatlari aniqlangan va xavf darajalari (normal, inqiroz oldi, inqiroz)ga statistik baholangan;
milliy demografiya statistikasining agregat ko‘rsatkichlari tizimini aholining keksalik salohiyati, yashovchanlik va aholi takror barpo bo‘lishining foydalilik darajalari indikatorlarini qo‘shish orqali takomillashtirilgan;
global va kogort-komponent usullarini keng qo‘llash asosida respublikada aholining 2023-2030- yillarga mo‘ljallangan demografik rivojlanib borishi bo‘yicha prognozi amalga oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bajarilgan tadqiqotlar asosida quyidagilar amaliyotga joriy qilindi:
aholining demografik holatini statistik baholash usullarini kengaytirish uchun aholi takror barpo bo‘lishning netto va aholining qarish jarayonlarini hisobga olib, ilk bor integrallashgan statistik ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi PQ-4796- son qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirish-ning milliy strategiyasining 56-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023- yil 14- iyundagi 01/1-12-17/2-156-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar BMT ma’lumotlari bazasida mavjud bo‘lmagan milliy demografik ko‘rsatkichlarning hisobini yuritish, demografik jarayonlarni tavsiflovchi statistik ko‘rsatkichlar tarkibini kengaytirishga imkon yaratgan;
respublika va hududlardagi demografik hodisa va jarayonlarning miqdoriy tavsifi, rivojlanish darajasi hisobga olinib, 23 ta demografik xavfsizlik indikatorlarining chegaraviy qiymatlari aniqlangan va xavf darajalari (normal, inqiroz oldi, inqiroz)ga statistik baholash bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023- yil 14- iyundagi 01/1-12-17/2-156-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati bo‘yicha nashrlarning demografik holati bo‘limida hududlarni demografik havfsizlik indikatorlari asosida statistik guruhlash usuli orqali tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytirgan;
milliy demografiya statistikasining agregat ko‘rsatkichlari tizimini aholining keksalik salohiyati, yashovchanlik va aholi takror barpo bo‘lishining foydalilik darajalari indikatorlarini qo‘shish orqali kengaytirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi PQ-4796- son qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirish-ning milliy strategiyasining 56-bandi doirasida kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023- yil 14- iyundagi 01/1-12-17/2-156-sonli ma’lumot-nomasi). Natijada mamlakatda mavjud bo‘lmagan milliy demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish va tarkibini kengaytirish imkoniyati yaratilgan.
Global va kogort-komponent usullarini keng qo‘llash asosida respublikada aholining 2023-2030- yillarga mo‘ljallangan demografik rivojlanib borish prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 7- martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son farmoniga 2-ilova “2022-2026 yillarda xotin qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023- yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi”ning 90-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2023- yil 14- iyundagi 01-09/1511-sonli ma’lumot-nomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlari demografik barqarorlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan.