Mamadaliev Odiljon Toirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining statistik tadqiqi (Namangan viloyati misolida),
08.00.06 - Ekonometrika va statistika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1489
Ilmiy rahbar: Begalov Bahodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Ataniyozov Boltaboy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Jumaev Akbar Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini statistik tadqiq qilish, ko‘p omilli statistik baholash, toifalash va istiqbolga prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kengaytirilgan indikatorlar to‘plamini qo‘llash hisobiga tanlanma statistik kuzatuvning asosiy turlari “ekspert baholash”, “monografik kuzatish” va “tanlanma kuzatuv” usullaridan keng foydalanib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini kompleks baholash va ko‘p omilli statistik tahlil qilish asosida shahar va tumanlarning iqtisodiy jarayonlari va ularning asosiy tendensiyalarning o‘zgarishlari hamda ularga ta’sir etuvchi omillar agregat va garmonik indekslar usulini qo‘llash hisobiga takomillashtirilgan;
asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni klaster tahlil o‘zgaruvchisi sifatida integratsiyalash yordamida hududlar va ular tarkibidagi shahar va tumanlar uchta rivojlanish darajasi va oltita toifaga ajratilgan hamda uning asosida tahlillarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuv asoslangan;
rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish maqsadida aholi jon boshiga to‘gʻri keladigan mahalliy byudjet daromadlari, sanoat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar va chakana tovar savdo aylanamasi ko‘rsatkichlari asosida 2024-2030-yillar uchun hududiy prognozlash amalga oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakatimiz hududlarining iqtisodiy rivojlanishini statistik baholash, toifalash va prognozlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar quyidagilarda foydalanilgan:
kengaytirilgan indikatorlar to‘plamini qo‘llash hisobiga tanlanma statistik kuzatuvning asosiy turlari “ekspert baholash”, “monografik kuzatish” va “tanlanma kuzatuv” usullaridan keng foydalanib, ishlab chiqilgan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimi Statistika agentligining 2023-yil 5-iyuldagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan “Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini statistik tadqiq etish bo‘yicha uslubiy nizom”ga muvofiq amaliyotga joriy qilingan  (2023-yil 6-iyuldagi  №01/3-04-18/2-167–son ma’lumotnoma). Namangan viloyati hokimligi tomonidan aprobatsiyadan o‘tkazilgan (2023-yil 4-iyuldagi №06/18-2611-son ma’lumotnoma). Natijada, respublika hududlari, shahar va tumanlar kesimida statistik tahlillarni  amalga oshirish va tahliliy-statistika ma’lumotlarini tayyorlash ishlari samaradorligini oshirgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini kompleks baholash va ko‘p omilli statistik tahlil qilish asosida shahar va tumanlarning iqtisodiy jarayonlari va ularning asosiy tendensiyalarning o‘zgarishlari hamda ularga ta’sir etuvchi omillar agregat va garmonik indekslar usulini qo‘llash hisobiga takomillashtirilgan usul Statistika agentligining 2023-yil 5-iyuldagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan “Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini statistik tadqiq etish bo‘yicha uslubiy nizom”ga muvofiq amaliyotga joriy qilingan  (2023-yil 6-iyuldagi  №01/3-04-18/2-167–son ma’lumotnoma). Namangan viloyati hokim-ligi tomonidan aprobatsiyadan o‘tkazilgan (2023-yil 4-iyuldagi №06/18-2611-son ma’lumotnoma). Bu, o‘z navbatida, hududlardagi turli omillarning hudud rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish, rivojlanish tendensiyalarini kuzatib borish bo‘yicha ishlar sifatini oshirgan;
asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni klaster tahlil o‘zgaruvchisi sifatida integratsiyalash yordamida hududlar va ular tarkibi-dagi shahar va tumanlar uchta rivojlanish darajasi va oltita toifaga ajratish hamda uning asosida tahlillarni amalga oshirish bo‘yicha asoslan-gan yondashuv Statistika agentligining 2023-yil 5-iyuldagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan “Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini statistik tadqiq etish bo‘yicha uslubiy nizom”ga muvofiq amaliyotga joriy qilingan  (2023-yil 6-iyuldagi  №01/3-04-18/2-167–son ma’lumotnoma). Namangan viloyati hokimligi tomonidan uning shahar va tumanlari misolida aprobatsiyadan o‘tkazilgan (2023-yil 4-iyuldagi №06/18-2611-son ma’lumotnoma). Natijada, hududlarni rivojlanish holatidan kelib chiqib toifalash amaliyoti takomillashtirilgan;
rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish maqsadida aholi jon boshiga to‘gʻri keladigan mahalliy byudjet daromadlari, sanoat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar va chakana tovar savdo aylanamasi ko‘rsatkichlari asosida 2024-2030-yillar uchun amalga oshirilgan hududiy prognozlash yondashuvi Statistika agentligining 2023-yil 5-iyuldagi 11-son qarori bilan tasdiq-langan “Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini statistik tadqiq etish bo‘yicha uslubiy nizom”ga muvofiq amaliyotga joriy qilingan  (2023-yil 6-iyuldagi  №01/3-04-18/2-167–son ma’lumotnoma). Namangan viloyati hokimligi tomonidan aprobatsiyadan o‘tkazilgan (2023-yil 4-iyuldagi №06/18-2611-son ma’lumotnoma). ARMA va ARIMA-Boks-Djenkins usuli asosida amalga oshirilgan prognozlashlar, mavjud rivojlanish tendensiyalarini sifatli baholash va istiqbolda erishilishi ko‘zda tutiladigan maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilab olish hamda maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda keng qo‘llash imkonini oshirgan.
Shuningdek, tadqiqot doirasida taklif etilgan uslubiy yondashuvlar va ilmiy-amaliy yangiliklar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatiga joriy etilgan. “Statistika” integrallashgan axborot tizimi ishlab chiqilib, ishga tushirilgan. Shuningdek, tahliliy-statistika ishlarini takomillashtirish maqsadida, hududlar iqtisodiyotining rivojlanishini aks ettiruvchi indikatorlar to‘plamlarini ekspert usulida aniqlab olish, statistik baholashlarni amalga oshirish, omilli-bog‘liqlik tahlillari va toifalash usullari hamda ARMA va ARIMA-Boks-Djenkins uslubiyoti asosida o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga prognozlash bo‘yicha Stata dasturiy paketlari yordamida qo‘llanilgan matematik, statistik va ekonometrik usullar Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “Iqtisodiy-statistik tahlil va ekonometrik modellashtirish” o‘quv kursida ilmiy-amaliy manba sifatida foydalanilmoqda.
Hududlarning, shu jumladan viloyat va uning shahar, tumanlarini iqtisodiy rivojlanishini statistik baholash, omilli-bog‘liqlik tahlillari va toifalash usullari yordamida mavjud tarkibiy o‘zgarishlarni va hududlar o‘rtasidagi tafovvutlarni tahlil qilish hamda iqtisodiy o‘sish sifatini aniqlash, o‘rta va uzoq muddatga rivojlanish tendensiyalarini prognozlash bo‘yicha taklif etilgan uslubiy yondashuvlar Namangan viloyati hokimligi  tomonidan samarali foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish