Xodjaeva Nodiraxon Abdurashidovna
Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) Dissertatsiyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladgan fan tarmog‘i nomi):”Iqtisodiyotni ecologiyallashtirish sharoitida ijtimoiy-mehnat munosabatlarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt394
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiet universitetining Toshkent shahridagi filialiali
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami:Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/31.12.2020.1.09.04
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar:Turaev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xonkeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent  axborot texnologiyalari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi:Menejment.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni ekologiyalashtirish sharoitida ijtimoiy-mehnat munosabatlar mexanizmini va mazkur munosabatlarni boshqarishni takomillashtirish bo’yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidaglardan iborat:
 «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish asosiy yo’nalishlari tarkibiga «yashil» ish o’rinlarini jadal barpo etishga yo’naltirilgan investisiyalarni rag‘batlantirish, «yashil» kasblar ta’limi jarayonini tashkil qilish, bu kasblarga yoshlar va imkoniyati cheklanganlarni ustuvor tayyorlash va ekologik yo’naltirilgan tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash kabilarni kiritish, shunga ko’ra ijtimoiy-mehnat munosabatlarini boshqarish samaradorligini oshirish asoslangan;
ekologik monitoringni tashkil qilish yondashuvi tuzilmalar daraja-sidagi qaytarilishlarni bartaraf etish, geoinformatik resurs-lardan samarali foydalanish va yagona elektron ekologik-tahlil tizimini tashkil qilish asosida takomillashtirish, va shunga ko’ra ijtimoiy-mehnat munosabatlarini boshqarish samaradorligni oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
sohalarni rivojlantirish mqsadlari hamda iqtisodiyotni raqamlash-tirish va ekologizatsiyalashning asosiy tendensiyalari va istiqbol ssenariy-lariga ko’ra kasblar uch guruhga bo’lingan holda (transformatsiyalanadigan, yangi, yo’qolib boradigan) iqtisodiyot tarmoqlarining (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, ekoturizm) ekologik yo’naltirilgan kasblar guruhi asoslangan;
tarmoqlar bo’yicha «yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirish, mavjud eko-iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish va mehnat bozorining ekologik yo’nalishlari, urbanizatsiya jarayoning jadallashuviga ko’ra 2030 yilgacha chiqindilarni baholashning «norsional», «realistik» va «jadal» (ambitsion) ssenariy prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqilgan;
mehnat munosabatlari yangi shakllarining institutsionalllashuvi jarayon faol ishtirokchilarining ortib borish tezligi va ular faoliyati samaradolrligi darajasiga bog‘liqligi asoslanib, mehnat munosabatlarini institutsional loyihalash algoritmi ishlab chiqarish, transaksion va transformatsion harajatlarni kamaytirishga ko’ra takomillshatirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologik yo’naltiril-gan iqtisodiyotda ijtimoiy-mehnat munosabatlari mexanizmlari va mazkur munosabatlarni boshqarishni takomillashtirish bo’yicha olingan taklif va tavsiyalar asosida:
 “Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish asosiy yo’nalishlari tarkibiga “yashil” ish o’rinlarini jadal barpo etishga yo’naltirilgan investisiyalarni rag‘batlantirish, “yashil” kasblar ta’limi jarayonini tashkil qilish, bu kasblarga yoshlar va imkoniyati cheklanganlarni ustuvor tayyorlash va ekologik yo’naltirilgan tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash kabilarni kiritish, shunga ko’ra ijtimoiy-mehnat munosabatlarini boshqarish samaradorligini oshirish bo’yicha taklif O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni mohofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi tomonidan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o’zgarishi universiteti Green University tashkil etishda foydalanilgan. Taklifning amaliyotga joriy qilinishi iqtisodiyot tarmoqlarida modernizatsiyalash jarayonini yanada jadal amalga oshirish, “yashil” alternativ imkoniyatlardan keng foydalanish, resurslar sifatini oshirish, mehnat bozori sifat tarkibini takomillashtish darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
Ekologik monitoringni tashkil qilish yondashuvi tuzilmalar darajasidagi qaytarilishlarni bartaraf etish, geoinformatik resurslardan samarali foydalanish va yagona elektron ekologik-tahlil tizimini tashkil qilish asosida takomillashtirish va natijasiga ko’ra ijtimoiy-mehnat munosabatlarini boshqarish samaradorligni oshirishning maqsadga muvofiqligi taklifi O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni mohofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi “Atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish to’g‘risida”gi 343-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. Taklifning amaliyotga joriy qilinishi turli tashkiliy tuzilmalar darajasida monitoring ma’lumotlarini qabul qilish, qayta ishlashdagi qaytarilishlarni bartaraf etish, idoralararo maqsadli ekologik masalalarni samarali hal etish, umumiy yondashuv afzalliklariga ko’ra ijtimoiy-mehnat munosabatlarini boshqarish samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
Sohalarni rivojlantirish maqsadlari hamda iqtisodiyotni raqamlashtirish va ekologizatsiyalashning asosiy tendensiyalari va istiqbol ssenariylariga ko’ra kasblar uch guruhga bo’lingan holda (transformatsiyalanadigan, yangi, yo’qolib boradigan) iqtisodiyot tarmoqlarining (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, ekoturizm) ekologik yo’naltirilgan kasblar guruhi bo’yicha taklif O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni mohofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekoloogiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini o’zgartirish hamda vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi Farmoni bo’yicha ilovalarni ishlab chiqishda foydalanilgan. Taklifning amaliyotga joriy qilinishi sohalar bo’yicha kasblar tarkibini takomillashtiriga ko’ra tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlari va maqsadli ko’rsatkichlarning asoslanish darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Tarmoqlar bo’yicha “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, mavjud eko-iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish va mehnat bozorining ekologik yo’nalishlari, urbanizatsiya jarayonining jadallashuviga ko’ra 2030 yilgacha vibroslarni baholashning «norsional», «realistik» va «jadal» (ambitsion) ssenariy prognoz ko’rsatkichlari O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni mohofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi tomonidan “O’zbekiston Respublikasining atrof-muhit samaradorligining uchinchi sharhi tavsiyalarini amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Taklifning joriy qilinishi ekologik monitoring darajasini oshirishga ko’ra mehnat bozorining ekologik yo’nalishi va iqtisodiyotni ekologiyalashtirish chora-tadbirlarini yanada samarali tashkil qilishga muayyan darajada xizmat qiladi.
Mehnat munosabatlari yangi shakllarining institutsionallashuvi jarayoni faol ishtirokchilarining ortib borish tezligi va ular faoliyati samaradorligi darajasiga bog‘liqligi asoslanib, mehnat munosabatlarini institutsional loyihalash algoritmi ishlab chiqarish, transaksion va transformatsion harajatlarni kamaytirish bo’yicha takliflar O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni mohofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o’zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi qarori”ni ishlab chiqishda foydalanilgan Taklifning joriy qilinishi mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirishga ko’ra jarayonga innovatsion va ekologik yondashuv sifatini oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish