Ashurov Alisher Anvarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’loni
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik korxonalarida korporativ boshqaruvni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3327
Ilmiy rahbar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Umarov Ilhom Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Karrieva Yakutjan Karimovna, O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik korxonalarida korporativ boshqaruvni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy- taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra korporativ tuzilmaning o‘z maqsadiga erishish uchun amalga oshiriladigan harakatlar majmui sifatida talqin etiluvchi “korporativ boshqaruv” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxona tomonidan tanlangan mulkdorlar, kuzatuv kengashi va menejmenti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik usuli hamda korxona faoliyati natijalarining aksiyadorlar, shuningdek, boshqa moliyaviy manfaatdor shaxslar o‘rtasida adolatli tarzda taqsimlanishini ta’minlaydigan tizim nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarida korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini korporativ boshqaruvning rivojlanishini targ‘ib qiluvchi va ko‘maklashuvchi jamoat tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik korxonalarida korporativ boshqaruv tizimi ishtirokchilarining boshqaruv jarayonidagi ishtiroki hamda qo‘shgan hissasi ta’sirida erishilgan samarani ekspert baholash orqali iqtisodiy manfaatlari bo‘yicha o‘zaro farqlanuvchi asosiy guruhlarni aniqlash va ularning harakat yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistondagi korporativ boshqaruvga asoslangan to‘qimachilik sanoati korxonalarining integratsiyasi negizida mahsulot hajmini oshirishning 2027 yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalarda korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra korporativ tuzilmaning o‘z maqsadiga erishish uchun amalga oshiriladigan harakatlar majmui sifatida talqin etiluvchi “korporativ boshqaruv” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxona tomonidan tanlangan mulkdorlar, kuzatuv kengashi va menejmenti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik usuli hamda korxona faoliyati natijalarining aksiyadorlar, shuningdek, boshqa moliyaviy manfaatdor shaxslar o‘rtasida adolatli tarzda taqsimlanishini ta’minlaydigan tizim nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy ma’lumotlardan 60411200 – Menejment yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Menejment” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona politexnika instituti rektorining 2023 yil 5 maydagi 10-sonli bayoni). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda korxona tomonidan tanlangan mulkdorlar, kuzatuv kengashi va menejmenti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik usuli hamda korxona faoliyati natijalarining aksiyadorlar, shuningdek, boshqa moliyaviy manfaatdor shaxslar o‘rtasida adolatli tarzda taqsimlanishini ta’minlaydigan tizim nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “korporativ boshqaruv” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik korxonalarida korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini korporativ boshqaruvning rivojlanishini targ‘ib qiluvchi va ko‘maklashuvchi jamoat tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish taklifidan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatida foydalanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 21 avgustdagi 03/225-1836-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarining strategik faoliyatini boshqarishda iqtisodiy, texnologik, tashkiliy hamda ijtimoiy jihatlarni baholash asosida korxonalarining raqobatbardoshligini ta’minlovchi parametrlarni aniqlash imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik korxonalarida korporativ boshqaruv tizimi ishtirokchilarining boshqaruv jarayonidagi ishtiroki hamda qo‘shgan hissasi ta’sirida erishilgan samarani ekspert baholash orqali iqtisodiy manfaatlari bo‘yicha o‘zaro farqlanuvchi asosiy guruhlarni aniqlash va ularning harakat yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish taklifidan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatida foydalanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 21 avgustdagi 03/225-1836-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarida korxonalar qiymatini samarali boshqarishning aksiyadorlar va korporativ munosabatlar ishtirokchilari iqtisodiy manfaatlari muvozanatini hisobga oladigan mexanizmi yaratilgan;
O‘zbekistondagi korporativ boshqaruvga asoslangan to‘qimachilik sanoati korxonalarining integratsiyasi negizida mahsulot hajmini oshirishning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatida foydalanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 21 avgustdagi 03/225-1836-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoqdagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining so‘nggi bir oydagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini qariyb 300 mln.so‘mga oshirish imkoni yaratilgan.