Ansatbaev Paraxat Azatbaevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi ekologik sharoitda zaanen zotli echkilarining moslashuv xossalari va mahsuldorlik xususiyatlari”, 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx769
Ilmiy rahbar: Ajiniyazov Baxitbay Kenesbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD05/12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xuseinova Maysara Abduvafoevna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston hududiga chetdan keltirilgan sut yo‘nalishidagi zaanen zotli echkilarning moslashuvachanlik xususiyatlari hamda mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston hududida chetdan keltirilgan sut yo‘nalishidagi zaanen zotli echkilarning yosh davrlari bo‘yicha konstitusional tipga bog‘liq bo‘lgan eksterer ko‘rsatkichlari, tashqi tana tuzilish indekslari o‘zaro farqlanishi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston hududida chetdan keltirilgan sut yo‘nalishidagi zaanen zotli mustahkam konstitusiya tipidagi echkilarning biologik hususiyatlariga bog‘liq holda zich va nozik tipdagi echkilarga nisbatan 12 oylikdagi tirik vazni 1,5 va 2,7 kg ga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
chetdan keltirilgan sut yo‘nalishidagi zaanen zotli echkilar Qoraqalpog‘iston hududiga yaxshi moslashganligi hisobiga ularning klinik va gematologik ko‘rsatkichlari fiziologik me’yor darajasida bo‘lganligi aniqlangan;
zaanen zotli echkilarning yangi ekologik hududga yaxshi moslashganligi sababli birinchi tug‘im davrida konstitusional tiplari kesimida sut mahsuldorligi 602,7-637,8 kgga etganligi hamda uning tarkibidagi yogʻ 3,80-3,93 foizni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi ekologik sharoitda zaanen zotli echkilarining moslashuv xossalari va mahsuldorlik xususiyatlari yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
zaanen zotli echkilarning konstitusional tipi bo‘yicha ajratib mahsuldorlik potentsalini oshirish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani “Panaev farms” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 20-iyuldagi 33/01-09-406 son ma’lumotnomasi). Natijada bir bosh echkidan laktatsiya davomida olingan sof foyda mustahkam tipda 1616,3 ming, zich tipda 1825,5 ming nozik tipda 1600,9 ming so‘mni, rentabellik darajasi esa 53-62 foizni tashkil qilgan.
zaanen zotli echkilarning konstitusional tipi bo‘yicha ajratib mahsuldorlik potentsalini oshirish usuli Qoraqalpog‘iston respublikasi Beruniy tumaniga qarashli “Baxovaddin-Ilxom” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 20-iyuldagi 33/01-09-406 son ma’lumotnomasi). Natijada bir bosh echkidan laktatsiya davomida olingan sof foyda mustahkam tipda 1472,0 ming, zich tipda 1592,0 ming nozik tipda 1361,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi esa 45-54 foizni tashkil qilgan.
zaanen zotli echkilarning konstitusional tipi bo‘yicha ajratib mahsuldorlik potentsalini oshirish usuli Qoraqalpog‘iston respublikasi Kegeyli tumani “Guldana-Zarina” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 20-iyuldagi 33/01-09-406 son ma’lumotnomasi). Natijada bir bosh echkidan laktatsiya davomida olingan sof foyda mustahkam tipda 1560,0 ming, zich tipda 1689,0 ming nozik tipda 1482,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi esa 49-57 foizni tashkil qilgan.