Turimbetov Muratbay Shamshetovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa
doktori  (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G.thurberi Tod x G.raimondii Ulbr. amfidiploidi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida etishtirishga mos, tezpishar g‘o‘za navini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3 PhD/Qx1193.
Ilmiy rahbar: Namazov Shadman Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: g‘o‘zaning “S-7315” navi (NAP 00439).  
II. Tadqiqotning maqsadi: G.thurberi Tod x G.raimondii Ulbr. amfidiploidi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida etishtirishga mos, tezpishar g‘o‘za navini yaratishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kelib chiqishi genetik jihatdan turlicha bo‘lgan G.thurberi Tod. x G.raimondii Ulbr turiga mansub amfidiploidini duragaylash orqali yaratilgan turlararo g‘o‘za duragaylarining yuqori avlodlarida asosiy xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning shakllanish va barqarorlashuv qonuniyatlari aniqlangan;
analitik seleksiya uslubi orqali G.thurberi Tod. x G.raimondii Ulbr amfidiploidining tabiiy populyasiyalari orasidan xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning ijobiy majmuasi bo‘yicha farq qiluvchi biotiplar ajratib olish mumkinligi isbotlangan;
tanlangan biotiplar orasidan tezpisharlik, hosildorlik, yuqori tola sifati va chiqimi, sho‘rlanish va suv tanqisligiga bardoshlilik va boshqa xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning ijobiy majmuasiga ega yangi S-7315 g‘o‘za navi yaratilgan;
Turlararo duragaylash orqali yaratilgan amfidiploidning avlodini o‘rganish hamda yakka tanlash uslubi asosida yaratilgan S-7315 navi bo‘yicha Davlat nav sinash Markazi o‘tkazgan patent sinovi natijalariga asosan xo‘jalik uchun qimmatli belgilari (tezpisharligi, tola chiqimi, tola sifati va boshqa) bo‘yicha yangilikka egaligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘zaning G.hirsutum L. turiga mansub S-7315 navining tabiiy populyasiyalari orasidan analitik seleksiya uslubi orqali xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning ijobiy majmuasi bo‘yicha farq qiluvchi biotiplarni tanlash, biotiplar asosida ajratib oilngan oilalarda belgilarning shakllanishi va barqarorlashuvini o‘rganish asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuproq-iqlim sharoitlarida etishtirishga mos, tola chiqimi yuqori, tola sifati IV tipga mansub o‘rta tolali g‘o‘zaning S-7315 navi yaratilgan va №NAP 00439 raqamli patent olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 7 oktyabrdagi 02/022-2887-sonli ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zaning ekilayotgan navlariga nisbatan qimmatli xo‘jalik belgilarining yuqoriligi bo‘yicha yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
Yangi yaratilgan o‘rta tolali g‘o‘zaning S-7315 navini Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqa’la tumanidagi g‘o‘za urug‘chiligiga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarda 4,2 gektar maydonida ekilib, mazkur navning tezpisharligi 113-114 kunni, bitta ko‘sakdagi paxta vazni 6,4-6,5 g, tola chiqimi 38,0-40,0%, mikroneyr ko‘rsatkichi 4,5-4,7, tolaning uzunligi 35,0-36,0 mm, tolaning uzilish kuchi 33,0 gk/teks ni tashkil etib, IV tipga to‘liq javob berishi tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 7 oktyabrdagi 02/022-2887-sonli ma’lumotnomasi). Natijada har gektardan o‘rtacha paxta hosildorligi 36,2 s/ga ni tashkil etib, mazkur tumanda ekilayotgan andoza S-4727 navga nisbatan 5,0-6,5 s/ga yuqori hosil olishga erishilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqa’la tumanida 1000 ta yakka tanlovlar va 102 ta oilaviy terimlar (1550 kg superelita) tayyorlanib, 2023 yilda 4,2 gektar maydonda dastlabki urug‘chiligi tashkil etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 7 oktyabrdagi №02/022-2887-sonli ma’lumotnomasi). Natijada navni keng joriy etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish