Mamatkulov Isfandiyor Abduraxmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi imoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklari shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar oftalmologik operatsiyalarida umumiy anesteziya usulini tanlash”, 14.00.37–Anesteziologiya va reanimatologiya, 14.00.08 – Oftalmologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2723.
Ilmiy rahbarlar: Yusupov Anvar Sabirdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Buzrukov Botir Tulkinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazida, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Juraboy Marifbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zakirxo‘jaev Rustam Asralovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: S. D. Asfendiyarov nomli Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bolalarda oftalmologik operatsiyalarda past oqimli ingalyasiyali anesteziya bilan sevofluranni birgalikda qo‘llash orqali anesteziologik qo‘llanma sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
past gazlar oqimli sevofluran asosidagi umumiy anesteziya sharoitlarida oftalmologik patologiya bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bolalarda markaziy va tizimli gemodinamika, gemostaz, oftalmotonus holatlarini kompleks o‘zgarishlar aniqlangan;
past gazlar oqimli sevofluran asosidagi umumiy anesteziya sharoitlarida amalga oshiriladigan oftalmologik operatsiyalarda bolalarda markaziy va periferik gemodinamikaning asosiy ko‘rsatkichlarida o‘rtacha o‘zgarishlar asoslangan;
fentanil bilan birgalikda sevofluranli past oqimli ingalyasiyali anesteziya gormonal-gumoral boshqaruv tizimiga va glikemiya miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlangan;
ko‘z ichi bosimini o‘rganish natijasida anqilandiki, anesteziya uchun qo‘llaniladigan preparatlar bemorlarning KIBni oshirmaydi, bu esa bolalarda ko‘z ichi jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 9 iyundagi 03/42-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalar ko‘z kasalliklari glaukoma, katarakta va g‘ilayliklarda qo‘llaniladigan jarroxlik amaliyotlarida sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziya sharoitlarida jarrohlik shikastlanishlaridan anesteziologik himoya samaradorligining oshishi va anesteziyadan erta uyg‘otib ekstubatsiya qilish hamda oftal`mologiya bo‘limiga o‘tkazib asoratlar rivojlanishini kamaytiradi va shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 25.11.2022 yildagi 27-sonli buyruq, Bolalar milliy tibbiyot markazi 23.11.2022 yildagi 25-sonli buyruq hamda Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 22.11.2022 yildagi 56-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • Oftalmologik jarroxlik muolajalari o‘tkazilgan bolalarda perioperatsion davrda sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziyaning klinik kechuvini va gemodinamik ko‘rsatkichlarni exokardiografiya usuli bilan perioperatsion davrda aniqlash, ya’ni erta namayon bo‘ladigan o‘zgarishlardan- a) zarbaning periferik qarshiligi (ZPQ) dastlabki xolatdan 13,42%, kamayishi, b) zarba indeksining (ZI) 9,02% sezilarsiz ortishi bu gemodinamik ko‘rsatkichlarda ahamiyatsiz o‘zgarishlar kuzatiladi; • perioperatsion davrda endokrin tizim – gormonal, qondagi glyukoza konsentratsiyasi, kislota ishqor xolati va kapnometriya ko‘rsatkichlari tekshiruvlari o‘tkazilgan, shuningdek, BIS monitoringida sedatsiya chuqurligi 50,63-56,84 oralig‘ida ekanligi aniqlangan. Ko‘z ichi bosimi glaukoma, katarakta va g‘ilayliklarda tekshiruvi o‘tkazildi bu kasalliklarda ko‘z ichi bosimining tushishi aniqlandi • taklif etilgan tekshiruvlar va kompleks yondashuvdan foydalanish oftalmologik operatsiyalarda sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziya sifatini yaxshilashga xizmat qilgan; • bemorda perioperatsion davrda anesteziologik qo‘llanmani adekvatligini baholash va qo‘shimcha tekshiruv usulidan – BIS monitoring tekshiruv usuli anesteziya chuqurligini aniqlash orqali qo‘llanilayotgan umumiy anesteziyaning maqbul va samaraliligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bolalarda oftalmologik operatsiyalarda perioperatsion davrda samarali va bezarar tekshiruvlardan ExoKG usulidan foydalanish iqtisod qilishga xizmat qiladi: • operatsiyadan avval, intraoperatsion davrda gemodinamik ko‘rsatkichlar ExoKG tekshiruvlari orqali aniqlandi; • umumiy anesteziya vaqtida ortiqcha preparatlardan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 25.3% kamaytirish imkonini bergan; 2) intraoperatsion davrdagi tez, kam xarajat va samarali tekshiruv usullaridan foydalanilishi hisobiga ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv usullarini qo‘llash sarf xarajatlarni kamaytiradi: umumiy anesteziyaning klinik kechuvini baxolash yurak qisqarishlar soni (YuQS) 112 (100%), O‘rtacha dinamik bosim (O‘DB) doimiy monitoring usulida 112 (100%) bemorda aniqlandi va bu o‘z navbatida vaqtni tejab, samaradorlikni oshirdi; • arterial qonni kislorodga to‘yinish birligi 112 (100%) bemorda pul`soksimetriya usulida qo‘llashda vaqtni tejab, samaradorlikni 85.4% ga oshirdi; Xulosa: bolalardagi ko‘z kasalliklari glaukoma, katarakta va g‘ilayliklarda jarroxlik muolajalarida sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziya usullarida yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 56000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 18000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Mamatkulov Isfandiyor Abduraxmanovichning “Bolalar oftalmologik operatsiyalarida umumiy anesteziya usulini tanlash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 29 noyabrdagi 03/2516 son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalardagi ko‘z kasalliklari glaukoma, katarakta va g‘ilayliklar bo‘lgan bemorlarda o‘tkaziladigan jarroxlik muolajalarida rejali tartibda maksimal ravishda endokrin status, glyukoid va kapnometriya hamda kislota ishqor xolati, somatik foniga zarar etkazmasdan anesteziologik qo‘llanma olib borishda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish, operatsiyadan keyingi davrni silliq o‘tishi, yotoq kunini qisqartirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 25.11.2022 yildagi 27-sonli buyruq, Bolalar milliy tibbiyot markazi 23.11.2022 yildagi 25-sonli buyruq hamda Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 22.11.2022 yildagi 56-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tekshiruvlar va kompleks yondashuvdan foydalanish shuni ko‘satdiki, bolalar oftalmologik operatsiyalarida sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziya operatsiya va og‘riqsizlantirish jarayonini asoratsiz o‘tishini ta’minlashini va anesteziologik qo‘llanma sifatini samaradorligidan dolalat berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) oftalmologik operatsiyalarda endokrin status, glyukoid va kapnometriya hamda kislota ishqor xolati ko‘rsatkichlari: kortizol, qonda glyukoza konsentratsiya, kapnometriya hamda kislota ishqor xolatini aniqlash orqali, sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziya usulini adekvatligini ta’minlash darajasini aniqlash orqali, boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilindi. 2) sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziyani adekvatligini baholash va uni amalga oshirish uchun, maxsus malaka oshirgan shifokorlarning (regionar blokadalarning) keragi yo‘qligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan maxsus tayyorgarlik ko‘rishni shart emasligi xisobiga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: bolalardagi ko‘z kasalliklari glaukoma, katarakta va g‘ilayliklarda jarroxlik muolajalarida sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziya usullarida yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 48000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 16000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Mamatkulov Isfandiyor Abduraxmanovichning “Bolalar oftalmologik operatsiyalarida umumiy anesteziya usulini tanlash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 29 noyabrdagi 03/2516 son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalar ko‘z kasalliklari glaukoma, katarakta va g‘ilayliklarda qo‘llaniladigan jarroxlik amaliyotlarida sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziyani qo‘llash natijasida perioperatsion davrda kuzatiladigan va noxush sabablarga olib keladigan omillarni erta bartaraf etish operatsiyaning travmatik omilini kamaytiradi, shifo jarayonini tezlashtiradi va yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 25.11.2022 yildagi 27-sonli buyruq, Bolalar milliy tibbiyot markazi 23.11.2022 yildagi 25-sonli buyruq hamda Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 22.11.2022 yildagi 56-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • oftalmologik operatsiyalarda sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziyani qo‘llash bilan o‘tkaziladigan umumiy og‘riqsizlantirish usuli orqali 23 (39,6%) asoratlarni kamaytirishga erishilgan; • oftalmologik operatsiyalarda o‘tkaziladigan umumiy anesteziyaning qonun qoidalariga (anesteziyaning barqarorligini ta’minlash, teromoregulyasiyani saqlash, infuzion davoni qo‘llash, ko‘rsatma asosida gemotransfuziya muolajasini o‘tkazish) rioya qilgan xolda anesteziologik qo‘llanmaning asoratlarini oldini olishga erishilgan; • opioidlarni kichik dozada qo‘llash natijasida anesteziologik qo‘llanma sifati yaxshilangan (65,2%); bolalar oftalmologiya bo‘limlaridagi bemorlar jarroxlik muolajalarida sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziyali anesteziologik qo‘llanmalarni amalga oshirishga erishilgan 62 (67,2%); • jarroxlik muolajalarida kam opioidli anesteziologik qo‘llanmalarni amalga oshirishga erishilgan (58,7%). Anesteziologik qo‘llanmani amalga oshirishda taklif qilingan preparatlar kombinatsiyasi ko‘z kasalliklari glaukoma, katarakta va g‘ilayliklar bo‘lgan bemorlarda o‘tkaziladigan jarroxlik amaliyotida anesteziologik ximoya sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalardagi ko‘z kasalliklari glaukoma, katarakta va g‘ilayliklarda bemorlarni gospitalizatsiya qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazishda: bemorning shifoxonada qolish muddatini 13 kundan 10 kungacha (3) kunga qisqartirtirib, shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 46.520 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: bolalardagi ko‘z kasalliklari glaukoma, katarakta va g‘ilayliklari bo‘lgan bemorlarda sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziyani qo‘llash bilan anesteziologik qo‘llanma taktikasida preparatlar kombinatsiyasini to‘g‘ri tanlash va ularning uyg‘unligini ta’minlash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarda perioperatsion davrda kuzatiladigan: ikkilamchi giperalgeziya 4 (5,2%), operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusish 10 (10,4%) kabi qator asoratlar aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 60 320 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Mamatkulov Isfandiyor Abduraxmanovichning “Bolalar oftalmologik operatsiyalarida umumiy anesteziya usulini tanlash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 29 noyabrdagi 03/2516 son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziya bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziyaning takomillashtirilgan usuli samarali intraoperatsion og‘riqsizlantirishga olib keladi, bemorlarni narkoz uyqusidan qisqa fursatda uyg‘onishini ta’minlaydi, noxush sabablarga olib keladigan omillarni erta bartaraf etish operatsiyaning travmatik omilini kamaytiradi, shifo jarayonini tezlashtiradi va yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 25.11.2022 yildagi 27-sonli buyruq, Bolalar milliy tibbiyot markazi 23.11.2022 yildagi 25-sonli buyruq hamda Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 22.11.2022 yildagi 56-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • bolalardagi ko‘z kasalliklari glaukoma, katarakta va g‘ilayliklari yuzasidan o‘tkaziladigan oftalmologik operatsiyalarda bemorlarni erta ekstubatsiya qilish (22,4±9,2 min), jarroxlik muolajasidan keyingi davrda o‘tkaziladigan intensiv terapiya usullari anesteziologik yondoshuvlarni takomillashtirishga olib keladi; • gipovolemiyani oldini olish maqsadida perioperatsion davrda bemorni patologik yo‘qotishlarini va fiziologik talablarini inobatga olib, sutkalik fiziologik sarfni aniqlash suv elektolit balansini me’yorida ta’minlashni amalga oshiradi; • taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish bolalar oftalmologik operatsiyalarida sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziya bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziyani o‘tkazishda ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemornni erta ekstubatsiya qilish, jarroxlik muolajasidan keyingi ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish natijasida operatsion jaroxatdan qon ketishni oldi olinadi (bu xolat bemorlarni erta reabilitatsiyasi uchun juda muxim omildir); 2) bemorning shifoxonadagi davri uchun; • bemorning shifoxonada qolish muddatini 13 kundan 10 kungacha (3) kunga qisqartirtiriladi; • shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 46.520 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: oftalmologik operatsiyalarda sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziya usulini qo‘llanilishi perioperatsion davrda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 46.520 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Shifoxonada qolish muddatini 3 kunga qisqartirilishi (46.520 ×13 kun = 604760 so‘m; 46.520 × 10 kun = 465200 so‘mni tashkil etdi, ya’ni shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqarishi bir bemor uchun 604760 – 465200 = 139560 so‘mga dori darmonlar sarfini qisqartirish imkonini berdi. Yil davomida 60 ta bemor davolansa, iqtisodiy samaradorlik 8373600 so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, iqtisodiy samarodorlik bemorning shifoxonada davolanish kunini 3 kunga qisqarishi xisobiga 60 ta bemor uchun 8373600 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: sevofluran va fentanil asosidagi kombinatsiyalangan umumiy anesteziya usulini joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 139560 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Mamatkulov Isfandiyor Abduraxmanovichning “Bolalar oftalmologik operatsiyalarida umumiy anesteziya usulini tanlash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 29 noyabrdagi 03/2516 son xat yuborilgan.