Poyanov Otaniyoz Yo‘ldosh o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Immun o‘zgarishlarni baholash asosida tug‘ruqdan keyingi bachadondan qon ketishini oldini olish va istiqbolni belgilash yondashuvlarini optimallashtirish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2053.
Ilmiy    rahbar:    Karimova Nilufar Nabijonovna,  tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya    bajarilgan    muassasa    nomi: Buxoro davlat tibbiyot  instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Xamdamova Muhayyoxon To‘xtasinovna, tibbiyot  fanlari doktori, dotsent. Yusupbaev Rustam Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: akusherlik qon ketishiga yuqori xavfli guruhga mansub homiladorlarda immun o‘zgarishlarni baholash asosida tug‘ruqdan keyingi bachadondan qon ketishining oldini olish va bashoratlash uchun yondashuvlarni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akusherlik qon ketishiga xavfli guruhlarda anemiyaning o‘rta va og‘ir darajasi, preeklampsiya va o‘tkir respirator kasalliklar asosiy o‘rinda bo‘lib, ularda tarqalgan tomir ichi qon ivish sindromi va gemorragik shok rivojlanishi natijasida onalar o‘limi ko‘rsatkichi yuqori ekanligi aniqlangan;
preeklampsiya, anemiyaning o‘rta va og‘ir darajalarida qon ivish tizimi buzilishlari va tarqalgan tomir ichi qon ivish sindromi rivojlanishida Villebrand omili va D-dimer ko‘rsatkichlaridagi o‘ziga xos o‘zgarishlar aniqlangan;
qon ketishga xavfli guruhlarda IL-1, IL-2, IL-6, IL-8, IL-10, TNFα sitokinlarning gemostazning tomir-trombotsitar zvenosini boshqarishdagi ta’siri, qon ivish va fibrinoliz jarayonlarida interleykinlar roli isbotlangan;
akusherlik asoratlari bo‘yicha yuqori xavf guruhlarida akusherlik qon ketishlarini oldini olish maqsadida dipiridamol bilan davo korreksiyasi samarasi ko‘rsatib berilgan va akusherlik qon ketishlarni bashoratlashning immunologik mezonlarini hamda qon ketishlarning oldini olish va diagnostikasi bo‘yicha algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 14 noyabrdagi №23-Z/082 son xulosasiga ko‘ra;
Birinchi ilmiy yangilik. Akusherlik qon ketishiga xavfli guruhlarda anemiyaning o‘rta va og‘ir darajasi, preeklampsiya va O‘RK patologiyalari asosiy o‘rinda bo‘lib, ularda tarqalgan tomir ichi qon ivish sindromi va gemorragik shok rivojlanishi natijasida onalar o‘limi ko‘rsatkichi yuqori ekanligi aniqlangan. Yangilikning mohiyati anemiya, preeklampsiya, o‘tkir-respirator kasalliklar mavjud bo‘lgan homiladorlarda yallig‘lanish sitokinlari qonsentratsiyasining oshishi organizmda gemostaz buzilishlari, shu jumladan TTIQISni diagnostika qilishda qo‘shimcha mezon bo‘lib hisoblanadi, sitokinlar miqdorining aniqlanishi, ya’ni boshqa tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan. Xulosa: akusherlik qon ketishiga xavfli guruhlarda samarali tekshiruv usuli bo‘lgan qonda sitokinlar miqdorini aniqlash, xavf omillarini aniqlash, ya’ni boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan va erta aniqlash orqali yuzaga kelishi mumkin bulgan asoratlarning oldini olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 260000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 135000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Immun o‘zgarishlarni baholash asosida tug‘ruqdan keyingi bachadondan qon ketishini oldini olish va istiqbolni belgilash yondashuvlarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 4 avgustdagi 04/3034-sonli xat yuborilgan.
Ikkinchi ilmiy yangilik. Preeklampsiya, anemiyaning o‘rta va og‘ir darajalarida qon ivish tizimi buzilishlari va tarqalgan tomir ichi qon ivish sindromi rivojlanishida Villebrand omili va D-dimer ko‘rsatkichlaridagi o‘ziga xos o‘zgarishlar aniqlangan. Bu mablag‘ning tejalishi, qatnovlar sonining kamayishi, statsionarda davolanish muddatining 4-5kungacha kamayishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslandi. Har bir nafar bemorda statsionar davo kunlari qisqarishi hisobidan 470 000 so‘mgacha iqtisodiy samardorlikka erishilgan. Jami bemorlardan 423000 sum mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi. Xulosa: Tug‘ruqdan keyin qon ketishi bilan assoratlangan ayollarda qon ketishni davolash vaqtida yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar va kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 60 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 29 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Immun o‘zgarishlarni baholash asosida tug‘ruqdan keyingi bachadondan qon ketishini oldini olish va istiqbolni belgilash yondashuvlarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 4 avgustdagi 04/3034-sonli xat yuborilgan.
Uchinchi ilmiy yangilik. Qon ketishga xavfli guruhlarda IL-1, IL-2, IL-6, IL-8, IL-10, TNFα sitokinlarning gemostazning tomir-trombotsitar zvenosini boshqarishdagi ta’siri, qon ivish va fibrinoliz jarayonlarida interleykinlar roli isbotlangan. Anamnezida anemiya, preeklampsiya bilan asoratlanish, qon ketishiga xavf omillari bo‘lganida qonda sitokinlar miqdori erta aniqlanganda: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 6 kungacha qisqartirtirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 135 000 so‘m dori vositalari sarflanadi).
Xulosa: Homilador ayollarda tug‘ruqdan so‘ng qon ketishi va kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olinib bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 60 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 20 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Immun o‘zgarishlarni baholash asosida tug‘ruqdan keyingi bachadondan qon ketishini oldini olish va istiqbolni belgilash yondashuvlarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 4 avgustdagi 04/3034-sonli xat yuborilgan.
To‘rtinchi ilmiy yangilik. Akusherlik asoratlari bo‘yicha yuqori xavf guruhlarida akusherlik qon ketishlarini oldini olish maqsadida dipiridamol bilan davo korreksiyasi samarasi ko‘rsatib berilgan va akusherlik qon ketishlarni bashoratlashning immunologik mezonlarini hamda qon ketishlarning oldini olish va diagnostikasi bo‘yicha algoritm ishlab chiqilgan. Yangilikning mohiyati shundaki:  1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: taklif etilgan tekshirish usullarini qo‘llaganimizdan so‘ng tadqiqodga jalb qilingan bemorlarimiz shifoxonada qolish muddatini 8 kundan 2 kungacha kunga qisqartirdi, oldingi tekshirish uchun qilingan xarajat 1 bemor uchun 1514000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, taklif qilgan usulda xarajatlar 240000 so‘mni tashkil qildi, yil davomida har bir bemor uchun 2880000 so‘m foyda bilan chiqdik; 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan gematologiya, terapiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: Yuqoridagi barcha davolash usullari majmuaviy ishlatilinganida ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajat kamayib davo samaradorligi oshadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Immun o‘zgarishlarni baholash asosida tug‘ruqdan keyingi bachadondan qon ketishini oldini olish va istiqbolni belgilash yondashuvlarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 4 avgustdagi 04/3034-sonli xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish