Maxmudova Lola Izzatilloevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Invaziv bo‘lmagan tashxislash usullarini takomillashtirish orqali ichak ta’sirlanish sindromi davosini optimallashtirish” 14.00.05-Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.1. DSc/ Tib794.
Ilmiy raxbar: Abdullaev Ravshanbek Babajonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya    bajarilgan    muassasa    nomi: Buxoro davlat tibbiyot  instituti    
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Jarilkasinova Gauxar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Toshkenboeva Elianora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamdamov Baxtiyor Zaripovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichak ta’sirlanish sindromi turli shakllarida noinvaziv tashxislash usullarini takomillashtirish orqali uning davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichak ta’sirlanish sindromida klinik belgilar, bemorlarning ruhiy-hissiy xususiyatlari va hayot sifati o‘zgarishlari norefrakter va refrakter turlarida bir-biridan farqlanishi asoslangan;
refrakter turdagi ichak ta’sirlanish sindromida ichak mikrobiotasi tarkibidagi shartli patogen va patogen mikroflora o‘zgarishlari hamda II, III darajali disbioz ustunligi bilan kechishi aniqlangan;
ichak ta’sirlanish sindromi bo‘lgan bemorlarda yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlardan – IL-1β, IL-6, α-TNF miqdorining oshishi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlardan – IL-4 hamda IL-10 miqdorining kamayishi bilan tavsiflanadigan nomutanosiblik rivojlanishi asoslangan;
ichak ta’sirlanish sindromida yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlar oshishi va fekal kalprotektin darajasining  o‘zgarishi kasallik patogenezida immun yallig‘lanish mexanizmlari ahamiyatli ekanligi isbotlangan;
ilk bor kasallikning klinik belgilari, yallig‘lanish chaqiruvchi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar, fekal kalprotektin hamda ichak mikrobiotasidagi o‘zgarishlarga, shu bilan birga, taklif etilgan davolash usuli (kolofort) natijalariga asoslanib ichak ta’sirlanish sindromini tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 24 noyabrdagi №23-Z/085 - son xulosasiga ko‘ra:
Birinchi ilmiy yangilik. Ichak ta’sirlanish sindromida klinik belgilar, bemorlarning ruhiy-hissiy xususiyatlari va hayot sifati o‘zgarishlari norefrakter va refrakter turlarida bir-biridan farqlanishi asoslangan. Ichak ta’sirlanish sindromida kasallik kechish davomiyligiga asoslangan norefrakter va refrakter turlarda klinik belgilar, bemorlarning ruhiy-hissiy xususiyatlari va hayot sifati o‘zgarishlari aniqlash maqsadli davolash choralarini yo‘naltirishga imkon bergan. Xulosa: ichak ta’sirlanish sindromida kasallikning erta bosqichlarida  tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan  683 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 1 737 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Invaziv bo‘lmagan tashxislash usullarini takomillashtirish orqali ichak ta’sirlanish sindromi davosini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 23 noyabrdagi 04/8043-son xat yuborilgan.
Ikkinchi ilmiy yangilik. Refrakter turdagi ichak ta’sirlanish sindromida ichak mikrobiotasi tarkibidagi shartli patogen va patogen mikroflora o‘zgarishlari hamda II, III darajali disbioz ustunligi bilan kechishi aniqlangan. Ichak ta’sirlanish sindromining refrakter turida ichak mikrobiotasi tarkibidagi normal mikroflora ko‘rsatkichlari kamayib, shartli patogen va patogen mikroflora ko‘rsatkichlari oshishi hisobiga II hamda III  darajali disbioz aniqlangan. Disbioz darajasining ortib borishi davolash jarayonida probiotiklarni qo‘shish bilan izohlangan. Xulosa: ichak ta’sirlanish sindromida kasallikning erta bosqichlarida  tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan  683 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 1 737 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Invaziv bo‘lmagan tashxislash usullarini takomillashtirish orqali ichak ta’sirlanish sindromi davosini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 23 noyabrdagi 04/8043 xat yuborilgan.
Uchinchi ilmiy yangilik. Ichak ta’sirlanish sindromi bo‘lgan bemorlarda yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlardan – IL-1β, IL-6, αTNF miqdorining oshishi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlardan – IL-4 hamda IL-10 miqdorining kamayishi bilan tavsiflanadigan nomutanosiblik rivojlanishi asoslangan.  Ichak ta’sirlanish sindromida nospesifik yallig‘lanish markerlari hisoblangan yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlardan  - IL-1β, IL-6, αTNF  miqdorining oshishi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlardan – IL-4, IL-10 miqdorining kamayishi bilan kechuvchi immun nomutanosiblikni erta tashxislash yo‘li orqali kasallikni erta tashxislash hisobidan asoratlarni oldini olishi  aniqlangan. Xulosa: ichak ta’sirlanish sindromi rivojlanishini erta aniqlash orqali 1 nafar bemor uchun bir yilda byudjet hisobidan 1 710 000 so‘m  iqtisodiy samaradorlikka erishish bilan birga 33% bemorlarda nogironlik kamayib, hayot sifati  darajasi oshgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Invaziv bo‘lmagan tashxislash usullarini takomillashtirish orqali ichak ta’sirlanish sindromi davosini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 23 noyabrdagi 04/8043 xat yuborilgan.  
To‘rtinchi ilmiy yangilik. Ichak ta’sirlanish sindromida yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlar oshishi va fekal kalprotektin darajasining  o‘zgarishi kasallik patogenezida immun yallig‘lanish mexanizmlari ahamiyatli ekanligi isbotlangan ichak ta’sirlanish sindromida  IL-1β, IL-6, αTNF va fekal kalprotektin miqdorining oshishi yo‘g‘on ichak devorida “Low grade” immun yallig‘lanish borligidan dalolat beradi. Bunday natija ichak ta’sirlanish sindromi rivojlanishida immun jarayon muhim ekanligini hisobga olish davo taktikasini tanlash imkonini bergan. Xulosa: ichak ta’sirlanish sindromi rivojlanishini erta aniqlash orqali 1 nafar bemor uchun bir yilda byudjet hisobidan 1 710 000 so‘m  iqtisodiy samaradorlikka erishish bilan birga 33% bemorlarda nogironlik kamayib, hayot sifati  darajasi oshgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Invaziv bo‘lmagan tashxislash usullarini takomillashtirish orqali ichak ta’sirlanish sindromi davosini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 23 noyabrdagi 04/8043 xat yuborilgan.
Beshinchi ilmiy yangilik. Ilk marotaba kasallikning klinik belgilari, yallig‘lanish chaqiruvchi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar, fekal kalprotektin hamda ichak mikrobiotasidagi o‘zgarishlarga, shu bilan birga, taklif etilgan davolash usuli (kolofort) natijalariga asoslanib ichak ta’sirlanish sindromini tashxislash va davolash algoritmi yaratilgan. Ichak ta’sirlanish sindromida o‘tkazilgan klinik, laborator va instrumental tekshirish usullari natijalari asosida ishlab chiqarilgan tashxislash hamda davolash algoritmi kasallikni erta bosqichda aniqlash, kechish og‘irligini baholash va maqsadli davolash chora-tadbirlarini qo‘llash orqali mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytirish imkonini yaratgan. Xulosa: ichak ta’sirlanish sindromi  rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida  tashxislash va davolash natijasida sarflanadigan ambulator hamda statsionar xarajatlardan har 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan 575 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 1 310 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Invaziv bo‘lmagan tashxislash usullarini takomillashtirish orqali ichak ta’sirlanish sindromi davosini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 23 noyabrdagi 04/8043 xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish