Alibekov Omadbek Ozodbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollar yoshiga va homiladorlik soniga bog‘liq holda bachadon miomalarining uchrash darajasi va patomorfologik xususiyatlari», 14.00.15 –Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2273.
Ilmiy rahbar: Mamataliev Avazbek Rozuvaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Reymnazarova Gulsara Djamalovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadon leyomiomasining yoshga doir dinamikasi va homiladorlik soniga bog‘liq ravishda yuzaga keladigan morfologik, immunogistokimyoviy o‘zgarishlarini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reproduktiv yoshda leyomioma uchrashining ortishi, homiladorlik va tug‘ruq sonining mioma rivojlanishiga salbiy ta’siri, menopauzadan keyingi davrda xavfli o‘smaga aylanish xavfini ortishi va leyomiomaning subseroz joylashuvining ortishi, bemorlarning 1/3 qismida leyomiomalarni endometriyning giperplastik jarayonlar bilan uyg‘un kechishi isbotlangan;
tadqiqotda leyomiomaning turli xil gistologik shakllarida leyomiotsitlarning proliferatsiya, gipertrofiya va apoptoz jarayonlarining rivojlanish xususiyatlari turlicha bo‘lishini aniqlash orqali mioma o‘sishi mexanizmlarida farqlar mavjudligi isbotlangan;
leyomiomaning oddiy turida mushak hujayralarining gipertrofiyasi proliferatsiyasidan ustun turishi, Ki-67 markerlarining past daraja ekspressiyalanishi bilan, o‘smalar hajmining kattalashishida ikkilamchi o‘zgarishlar va leyomiotsitlar gipertrofiyalanishi oqibatida yuz berishi hamda angiomatoz jarayonining rivojlanishi - SD34 markerining kuchli ekspressiyalanishi bilan, bachadon leyomiomasi menopauzadan oldingi davrda kelib chiqishining estrogen gormoni asosiy o‘rin tutishi - ER markerining kuchli ekspressiyalanishi bilan, menopauzadan so‘nggi davrda esa progesteron asosiy o‘rin tutishi - PR markerining kuchli ekspressiyalanishi bilan isbotlangan;
leyomiomaning oddiy shaklida mushak hujayralari maydonning 60% ni, miofibrillar – 20% maydonini egallashi, proliferativ shaklda qon tomirlar maydoni ko‘payishi, mitoz paydo bo‘lishi, epitelioid shaklida – mushak hujayralari egallagan maydoni kamroq, miofibrillar maydonning 30% ni egallaganligi va mitoz 3,85% gacha uchrashi, leyomiomaning atipik shaklida esa mitoz maydoni 4,3% ga ortishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 29 apreldagi 6i-9/x-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 29 apreldagi 6i-9/x-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: reproduktiv yoshda leyomioma uchrashining ortishi, homiladorlik va tug‘ruq sonining mioma rivojlanishiga salbiy ta’siri, menopauzadan keyingi davrda xavfli o‘smaga aylanish xavfini ortishi va leyomiomaning subseroz joylashuvining ortishi, bemorlarning 1/3 qismida leyomiomalarni endometriyning giperplastik jarayonlar bilan uyg‘un kechishi isbotlangani Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (19.06.2023 y.; № 37), Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (20.06.2023 y.; № 16) hamda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (19.06.2023 y.; № 008i) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: reproduktiv yoshda leyomioma uchrashining ortishi, homiladorlik va tug‘ruq sonining mioma rivojlanishiga salbiy ta’siri, postmenopauza davrda xavfli o‘smaga malignizatsiyalanishining ortishi, miomaning subseroz joylashuvi ko‘payishi ma’lumotlariga asosan kasallikni ko‘p uchraydigan yosh guruhlarida bachadon leyomiomasini erta tashxislash va profilaktika qilish sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: reproduktiv yoshda leyomioma uchrashining ortishi, homiladorlik va tug‘ruq sonining mioma rivojlanishiga salbiy ta’siri, postmenopauza davrda xavfli o‘smaga malignizatsiyalanishining ortishini erta tashxislash bemorlarda xastalik tufayli shifokorga murojatning ortishini oldini olish, jarroxlik amaliyotini kamaytirish va xastalikning surunkali shakl va xavfli o‘smaga aylanishini oldini olish orqali byudjet mablag‘larni tejash va nogironlik nafaqalarini kamaytirishga imkon yaratadi (Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada bir kun davolanish 190 ming so‘mni tashkil qiladi, davolanish davomiyligi 7 kun). Xulosa: mioma rivojlanishini oldini olish ya’ni xavf guruxi yoshidagi bemorlarni profilaktika qilish, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 mln 330 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: tadqiqotda leyomiomaning turli xil gistologik shakllarida leyomiotsitlarning proliferatsiya, gipertrofiya va apoptoz jarayonlarining rivojlanish xususiyatlari turlicha bo‘lishini aniqlash orqali mioma o‘sishi mexanizmlarida farqlar mavjudligi isbotlangani Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (19.06.2023 y.; № 37), Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (20.06.2023 y.; № 16) hamda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (19.06.2023 y.; № 008i) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: leyomiomaning turli xil gistologik shakllarida leyomiotsitlar proliferatsiyasi, gipertrofiyasi va apoptoz jarayonlarining rivojlanishi xususiyatlari turlicha bo‘lishini aniqlash orqali miomalarning o‘sish mexanizmlarida farqlar mavjudligi kasallikni erta tashxislash va asoratlarini bashoratlash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: leyomiomaning turli xil gistologik shakllarida leyomiotsitlar proliferatsiyasi, gipertrofiyasi va apoptoz jarayonlarining rivojlanishi xususiyatlari turlicha bo‘lishini aniqlash orqali miomalarning o‘sish mexanizmlarida farqlar mavjudligi erta tashxislash va asoratlarini bashoratlash sifatini yaxshilash orqali minimal xar bir oddiy leyomioma tashxislangan bemor uchun 1 mln 330 ming so‘m iqtisod qilinadi (Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada bir kun davolanish 190 ming so‘mni tashkil qiladi, ushbu bemorda bachadon leyomiomasi asoratli kechganida 14 kun davomida davolanishi kerak bo‘lar edi). Xulosa: leyomiomaning turli xil gistologik shakllarida leyomiotsitlar proliferatsiyasi, gipertrofiyasi va apoptoz jarayonlarining rivojlanishi xususiyatlari turlicha bo‘lishini aniqlash orqali miomalarning o‘sish mexanizmlarida farqlar mavjudligi xar bir oddiy leyomioma tashxislangan bemorlarni davolanish kuni 14 kundan 7 kungacha qisqarishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 mln 330 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: leyomiomaning oddiy turida mushak hujayralarining gipertrofiyasi proliferatsiyasidan ustun turishi, Ki-67 markerlarining past daraja ekspressiyalanishi bilan, o‘smalar hajmining kattalashishida ikkilamchi o‘zgarishlar va leyomiotsitlar gipertrofiyalanishi oqibatida yuz berishi hamda angiomatoz jarayonining rivojlanishi - SD34 markerining kuchli ekspressiyalanishi bilan, bachadon leyomiomasi menopauzadan oldingi davrda kelib chiqishining estrogen gormoni asosiy o‘rin tutishi - ER markerining kuchli ekspressiyalanishi bilan, menopauzadan so‘nggi davrda esa progesteron asosiy o‘rin tutishi - PR markerining kuchli ekspressiyalanishi bilan isbotlangani Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (19.06.2023 y.; № 37), Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (20.06.2023 y.; № 16) hamda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (19.06.2023 y.; № 008i) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: leyomiomaning oddiy turida mushak hujayralarining proliferatsiyasidan gipertrofiyasining ustun turishi- Ki-67 markerlarining past daraja ekspressiyalanishi bilan, o‘smalar hajmining kattalashishida ikkilamchi o‘zgarishlar va leyomiotsitlar gipertrofiyalanishi oqibatida yuz berishi hamda angiomatoz jarayonining rivojlanishi-SD34 markerining kuchli ekspressiyalanishi bilan, bachadon leyomiomasining menopauzadan oldingi davrda kelib chiqishida estrogen gormoni asosiy o‘rin egallashi- ER markerining kuchli ekspressiyalanishi bilan, menopauzadan so‘nggi davrda esa progesteron asosiy o‘rin tutishi- PR markerining kuchli ekspressiyalanishi ma’lumotlari kasallikni malignizatsiya xavfini erta aniqlash, profilaktika qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: leyomiomaning oddiy turida mushak hujayralarining proliferatsiyasidan gipertrofiyasining ustun turishi-Ki-67 markerlarining past daraja ekspressiyalanishi bilan, o‘smalar hajmining kattalashishida ikkilamchi o‘zgarishlar va leyomiotsitlar gipertrofiyalanishi oqibatida yuz berishi hamda angiomatoz jarayonining rivojlanishi-SD34 markerining kuchli ekspressiyalanishi bilan, bachadon leyomiomasining menopauzadan oldingi davrda kelib chiqishida estrogen gormoni asosiy o‘rin egallashi- ER markerining kuchli ekspressiyalanishi bilan, menopauzadan so‘nggi davrda esa progesteron asosiy o‘rin tutishi- PR markerining kuchli ekspressiyalanishi kasallikni malignizatsiya xavfini erta aniqlash, profilaktika qilish sifati yaxshilanganligi va IGK tekshiruvda qo‘llaniladigan markerlar sonini kamayish xisobiga xar bir proliferatsiyalanuvchi turdagi leyomioma tashxislangan bemorlarda minimal 950 ming so‘m iqtisod qilish imkonini bergan (RIO va RIATM Andijon filialining preyskurantiga ko‘ra IGK tekshiruvi 1 ta markerga 475 ming so‘mni tashkil etadi). Xulosa: leyomiomaning oddiy turida mushak hujayralarning proliferatsiyasi ustidan gipertrofiyasi va apoptozining ustunligini Ki-67 markerining past daraja ekspressiyalanishi bilan aniqlash, o‘smalar hajmining kattalashishi, ikkilamchi o‘zgarishlar paydo bo‘lishi, leyomiotsitlar gipertrofiyalanishi oqibati yuz berishini, angiomatoz jarayonining rivojlanishini CD34 markeri bilan tekshirish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 950 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: leyomiomaning oddiy shaklida mushak hujayralari maydonning 60% ni, miofibrillar – 20% maydonini egallashi, proliferativ shaklda qon tomirlar maydoni ko‘payishi, mitoz paydo bo‘lishi, epitelioid shaklida – mushak hujayralari egallagan maydoni kamroq, miofibrillar maydonning 30% ni egallaganligi va mitoz 3,85% gacha uchrashi, leyomiomaning atipik shaklida esa mitoz maydoni 4,3% ga ortishi isbotlangani Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (19.06.2023 y.; № 37), Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (20.06.2023 y.; № 16) hamda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (19.06.2023 y.; № 008i) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: leyomiomaning oddiy shaklida mushak hujayralari maydonning 60% qismini egallashi, miofibrillalar maydonning 20% qismini egallashi, proliferatsiyaluvchi shaklida qon tomirlar maydoni ko‘payishi, mitoz paydo bo‘lganligi, epitelioid shaklida mushak hujayralar egallagan maydonning kamligi, miofibrillalar maydonning 30% qismini egallaganligi va mitoz 3,85% gacha uchrashi, leyomiomaning atipik shaklida esa mitoz maydoni 4,3% ga ortishi leyomiomaning gistologik turlarini to‘g‘ri tashxislash va asoratlarni, kasallik residivlanishini oldini olish sifati yaxshilanib ayollar reproduktiv faoliyatini to‘laqonli tiklash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: leyomiomaning oddiy shaklida mushak hujayralari maydonning 60% qismini egallashi, miofibrillalar maydonning 20% qismini egallashi, proliferatsiyaluvchi shaklida qon tomirlar maydoni ko‘payishi, mitoz paydo bo‘lganligi, epitelioid shaklida mushak hujayralar egallagan maydonning kamligi, miofibrillalar maydonning 30% qismini egallaganligi va mitoz 3,85% gacha uchrashi, leyomiomaning atipik shaklida esa mitoz maydoni 4,3% ga ortishi miometriydagi tugunlarni shakllanishini va exogen zichligini inobatga olgan xolda leyomiomaning gistologik turlarini UTT tekshiruvi va umumgistologik usul orqali aniqlash imkoni tug‘ilganligi oddiy turdagi leyomiomalarda IGK tekshiruvini keskin qisqarishigahamda xar bir bemor uchun 950 ming so‘m iqtisod qilinishiga olib keladi (RIO va RIATM Andijon filialining preyskurantiga ko‘ra IGK tekshiruvi 1 ta markerga 475 ming so‘mni tashkil etadi. Agar IGK tekshiruvi qilinsa kamida ikkita markerdan foydalanishga to‘g‘ri keladi). Xulosa: leyomiomaning oddiy shaklini tashxislashda umummorfologik usuldan foydalanish va boshqa tekshiruv usullariga zaruriyat yo‘qligi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 950 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.