Tokareva Kseniya Mudjaxidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Beshkent egilmasi yura davri karbonat yotqiziqlarining fil`tratsiya-sig‘im xususiyatlari va ularning neft` va gaz uyumlarini bashoratlashdagi ahamiyati», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/GM168.
Ilmiy rahbar: Qarshiev Odash Abdugafforovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim..
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev G‘afur, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Sharafutdinova Leyla Polatovna, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft` va gaz uyumlarini bashoratlash qilish uchun Beshkent egilmasidagi yura karbonat formatsiyasi yotqiziqlarining fil`tratsiya-sig‘imli xususiyatlarini miqdoriy baholash va tarqalish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro-Xiva neftgazli hududi janubi-sharqiy qismidagi depression fatsiya zonasida neft` va gaz uyumlarini bashorat qilish imkonini beradigan g‘ovaklik va akustik impedans qiymatlari o‘rtasidagi xarakterli bog‘lanishlar mavjudligi aniqlangan;
ehtimollik yondashuvlari bilan seysmik ma’lumotlarni dinamik talqini asosida karbonat tog‘-jinslarini fil`tratsiya-sig‘im xususiyatlarini bashorat qilish imkoniyati isbotlangan;
Beshkent egilmasida istiqbolli ob’ektlarni aniqlash imkonini beradigan yura karbonat formatsiyasi yotqiziqlari depression, rif, laguna fatsial zonalaridagi kollektor qatlamlarning  istiqbollilik tasnifi mezonlari ishlab chiqilgan;
Beshkent egilmasi yura karbonat yotqiziqlari uchun kollektor qatlamlarning fil`tratsiya-sig‘im xususiyatlar mavjud ma’lumotlari va statistik muhimligi bo‘yicha taqsimotini hisobga olgan holda geologiya-qidiruv ishlarining oqilona yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Beshkent egilmasidagi karbonat yotqiziqlarining fil`tratsiya-sig‘imli xossalarini miqdoriy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rta-yuqori yura karbonat yotqiziqlarining depression fatsiyasi uchun aniqlangan «kern-kern» shaklidagi petrofizik bog‘liqliklari, FSX chegaraviy qiymatlari bo‘yicha tavsiyalari «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 26 apreldagi 32-1089-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ilonli konining 2, 3 va 4 quduqlaridan sanoat ahamiyatiga ega 52 m3/kun miqdorida neft` va 42 ming m3/kun miqdorida gaz oqimi olish imkonini bergan;
yura davri karbonat yotqiziqlari uchun petroelastiq modellashtirish va quduq geofizik tadqiqotlari ma’lumotlarining yangi talqini usuli tavsiyasi  «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 26 apreldagi 32-1089-son ma’lumotnomasi). Natijada, Telegri maydonidagi 1-sonli quduqda istiqbolli oraliqlar ajratilib, bevosita gazlilik belgilari olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish