Abduraxmanov Soxibjan Turdialievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqlim o‘zgarishi sharoitida Namangan viloyati er va suv resruslaridan oqilona foydalanishning geoekologik jihatlari», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Gr51.
Ilmiy maslahatchi: Kamalov Bahodir Asamovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nigmatov Asqar Nigmatullaeich, geografiya fanlari doktori, professor; Xolmatjanov Baxtiyar Maxamatjanovich, geografiya fanlari doktori, professor; Noralieva Nasiba Mamanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Seysmologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Namangan viloyati arid hududlarda sug‘orish uchun sarflanadigan suvni tejash hamda sug‘orishda tuproq va havodagi namdan foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Namangan viloyatinig er fondini tarkibiy tuzilishiga iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siri tadqiq etilib, olingan xulosalar asosida suv ta’minotiga ega bo‘lmagan hududlarda sug‘orishsiz (tuproq va havo namligidan foydalangan xolda) hosil olishning no‘anaviy usullari yaratilgan;
Namangan viloyatida mavjud suv resurslaridan tejamli foydalanish va muhofaza qilish maqsadida, o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 200 mm dan oshmagan qurg‘oqchil hududlarda sabzavot ekinlaridan sug‘orishsiz hosil olish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
iqlim o‘zgarishi sharoitida yog‘ingarchilikning mavsumiy jihatlari va ularni tuproq namligiga ta’siri ilmiy asoslangan hamda tuproqda vegetatsiya davri boshlanishiga qadar to‘plangan nam miqdori kuz qish davridagi yog‘in miqdoridan ko‘pligi aniqlangan;
qurg‘oqchil hududlarda tuproqda namlikni (kondensatsiya hisobiga) to‘planish jarayoni tajribada asoslangan va yig‘ilgan namlikning katta qismi mulchalash usulini qo‘llashda ham saqlanlaganligi aniqlangan;
qurg‘oqchil hudularda suvni ko‘p talab qiluvchi qishloq xo‘jalik ekinlarida (pomidor 156-235 s/ga, bulg‘or qalampiri 48-50 s/ga, baqlajon 80-124 s/ga, paxta 14-18 s/ga) sug‘orishsiz hosil olish usuli yaratilgan;
sug‘orma dehqonchilikda suv tanqisligi muammosini hal etishning asosiy yo‘llaridan biri suvni kam talab qiluvchi ekinlar – bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish maqsadga muvofiq ekanligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqlim o‘zgarishi sharoitida Namangan viloyati er va suv resruslaridan oqilona foydalanishning geoekologik jihatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Namangan viloyatinig er fondini tarkibiy tuzilishiga iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siri tadqiq etilib, olingan xulosalar asosida suv ta’minotiga ega bo‘lmagan hududlarda sug‘orishsiz (tuproq va havo namligidan foydalangan holda) hosil olishning noan’anviy usullaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 7 iyundagi 04216-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbeksiton Milliy atlasining “Sug‘oriladigan erlar irrigatsiyasi va melioratsiyasi” bo‘limi mazmunini boyitish, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan;
Namangan viloyatida mavjud suv resurslaridan tejamli foydalanish va muhofaza qilish maqsadida, o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 200 mm dan oshmagan qurg‘oqchil hududlarda sabzavot ekinlaridan sug‘orishsiz hosil olish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 7 iyundagi 04216-son ma’lumotnomasi). Natijada, Namangan viloyati er maydonlari fondi tarkibining yangi texnologiya asosida yaxlitligini saqlab qolish imkonini bergan;
Namangan viloyatida kamsuv talab qiluvchi ekinlarni ekish, qurg‘oqchil maydonlardan samarali foydalanish va tuproqning nam sig‘imini aniqlash bo‘yicha tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 10 iyuldagi 03-03/3-2579-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqda vegetatsiya davri boshlanishiga qadar to‘plangan nam miqdori kuz, qish davridagi yog‘in miqdoridan 50-60 mm ko‘pligini aniqlash imkonini bergan;
iqlim o‘zgarishi davrida Namangan viloyatiga suv beruvchi daryolarning suv rejimini o‘zgarishining ekinlar strukturasiga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 10 iyuldagi 03-03/3-2579-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qurg‘oqchil hududlarda tuproqda namlikni (kondensatsiya hisobiga) to‘planishi, yig‘ilgan namlikning katta qismi esa, mulchalash usulida saqlash imkonini bergan;
Namangan viloyatining Chortoq, Kosonsoy tumanlarining dehqonchilik qilinadigan maydonlarida mulchalash usulidan foydalanib, bug‘lanishni kamaytirish asosida sabzavot ekinlaridan sug‘orishsiz hosil olishning takomillashtirilgan usullari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 10 iyuldagi 03-03/3-2579-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha amaliy tavisiyalar ishlab chiqish imkonini bergan;
Namangan viloyatining adiroldi, adir va adirorti maydonlarida suv ta’minotidan uzilgan qurg‘oqchil hududlarida vujudga kelgan ayrim geoekologik muammolarni bartaraf etish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 10 iyuldagi 03-03/3-2579-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘orma dehqonchilikda suv tanqisligi muammosini hal etishda suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llash usullarini takomillashtirish imkoni yaratilgan.