Nuriddinov Boboxon Yallaboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoramollar barmoqlarining yiringli-nekrotik jarayonlari diagnostikasi, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish”, 16.00.02– Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V21
Ilmiy rahbar: Niyozov Xakim Bakoevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Babaqulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Tursagatov Jaxongir Mamatovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahsuldor sigirlar barmoqlarida yiringli-nekrotik jarayonlarining uchrash darajasini aniqlash, tashxis usulini ishlab chiqish, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatining qoramolchilik xo‘jaliklaridagi mahsuldor sigirlar barmoqlaridagi yiringli-nekrotik jarayonlarining yil fasllari va mintaqaviy omillarga bog‘liq uchrash darajasi aniqlangan;
mexanik shikastlanishlar va mikroorganizmlardan stafilokokk, streptokokk, esherixiya koli, ko‘k yiring tayoqchasi, zamburug‘lar, protey, enterakokk mahsuldor sigirlarda barmoqlardagi yiringli-nekrotik jarayonlarining asosiy sababi ekanligi ilmiy asoslangan;
sigirlarda klinik, qondagi morfologik va biokimyoviy hamda mikrobiologik tekshirishlarga asoslangan barmoqlarning yiringli-nekrotik jarayonlariga ertachi tashxis usuli ishlab chiqilgan;
barmoqlarida yiringli-nekrotik jarayonlar kechayotgan sigirlarni davolashda 10% li katozal vena qon tomiriga 25 ml dan har 48 soatda bir marotaba jami uch marta, 10 ml 0,5% li novokain bilan 4 ml 30% li linkomitsinni aralashtirilib muskul orasiga, oksitetratsiklin, streptosid, yodoform (4:4:2 nisbatda) va 5-7 ml dimeksid dori moddalarini qo‘llashga asoslangan davolash usuli takomillashtirilgan;
sigirlar barmoqlarida yiringli-nekrotik jarayonlarining oldini olishda 3 oyda bir marta tuyoqlarni kesish, 5% li formalinli vannadan har 10 kun oralig‘ida 2-3 kun davomida o‘tkazish va uch oy davomida har oyda 10% li katozalni vena qon tomiriga 25 mldan har 48 soatga bir marta jami uch marta qo‘llashga asoslangan oldini olish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahsuldor qoramollarda yiringli-nekrotik jarayonlarini uchrash darajasi va davolash hamda oldini olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Qoramollarda barmoqlarning yiringli-nekrotik jarayonlarni davolash va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 27 dekabrdagi 02/23-558-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash hisobiga sigirlar barmoqlarining yiringli-nekrotik jarayonlarini davolash va oldini olishda yuqori samaradorlikga erishilgan;
mahsuldor sigirlarning barmoqlari yiringli-nekrotik jarayonlarida bitish jarayonini tezlashtirish maqsadida,10% li katozal 25 ml vena qon tomiriga, 10 ml 0,5% li novokain bilan 4 ml 30% li linkomitsin muskul orasiga va patologik o‘choqga oksitetratsiklin+streptosid +yodoform (4:4:2 nisbatda) lar so‘rilishini tezlashtirish maqsadida 5-7 ml dimeksid faollashtiruvchi dori vositalarini qo‘llashga asoslangan davolash usuli ishlab chiqilgan va Samarqand viloyati qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 27 dekabrdagi 02/23-558-son ma’lumotnomasi). Ushbu davolash usulining qo‘llanilishi natijasida kasal hayvonlarning 4-6 kun oldin sog‘ayishiga erishilgan;
mahsuldor sigirlarda barmoq sohasidagi yiringli-nekrotik jarayonlarini oldini olishda, kuniga ikki marta 3-4 soatlik motsion, tuyoqlarni har 3 oyda kesish, sog‘ish maydoniga kirish joyida toza suvli va undan chiqish joyida 5% li formalinli dezinfetksion eritma bilan muntazam to‘ldirib turiladigan vannalardan har 10 kun oralig‘ida 2-3 kun davomida o‘tkazish va uch oy davomida har oyda 10% li katozal vena qon tomiriga 25 mldan har 48 soatga bir marta jami uch marta yuborib turishga asoslangan usuli ishlab chiqilgan va veterinariya amaliyotiga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 27 dekabrdagi 02/23-558-son ma’lumotnomasi). Ushbu profilaktik majmua boshqa muqobil oldini olish variantlariga qaraganda eng samarali davolash va oldini olish usuli ekanligi aniqlanib, sarflangan bir so‘mga harajatlar qoplami 4,2 so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish