Ulug‘ov Abduraim Hamzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirishda bag‘rikenglik madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari», 09.00.09 – Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ss425.
Ilmiy rahbar: Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/29.12.2022.F/Ss.135.01.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammad, pedagogika fanlari doktori, professor; Qalqonov Nuriddin, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda yoshlar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirishda bag‘rikenglik madaniyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda demokratik prinsiplariga asoslangan barqaror jamiyat barpo etish sharoitida yoshlarda bag‘rikenglik madaniyatini ierarxik va stixiyali rivojlantirish hamda milliy xarakterni umume’tirof etilgan qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish dunyoviy davlatga xos bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar tizimining transformatsiyasi va yangi ijtimoiy-ma’naviy makonni shakllanishiga olib kelishi dalillangan;
jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini yuksaltirishga doir siyosatni amalga oshirishning ma’naviy omili – yoshlarda yuksak ahloqiy tafakkur, sog‘lom fikr, zamonaviy dunyoqarash, intizomli xulqni amaliy ko‘nikmaga aylantirish hisoblansa, ijtimoiy omili – milliy va umuminsoniy qadriyatlar muvozanatini saqlash va tartibga solish, yoshlar ongida siyosiy xulq va ratsional dunyoqarashni shakllantirish kabi jihatlarga uzviy bog‘liqligi ochib berilgan;
yoshlar ongida ma’naviy-ahloqiy dunyoqarash bilan siyosiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni uyg‘unlashtirish ularda bag‘rikenglik dunyoqarashini shakllantirishning substansional omili hamda regulyativ asosi sifatida jamiyatda ma’naviy barqarorlikni yanada yuksaltirishning ijtimoiy, madaniy va huquqiy atributlari kabi xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan;
yoshlarda baynalmilal kayfiyatni yuksaltiruvchi demokratik prinsiplar va umume’tirof etilgan qadriyatlar tizimini priventiv tarbiya jarayoni bilan integratsiyalashtirish ularda siyosiy evrilish, sub’ektiv induvidualizm, irratsional va sensuitiv yondashuv hamda kosmopolitizmga berilishini oldini olish bilan barobarida bag‘rikenglik madaniyatini yuksaltiruvchi muhim ijtimoiy omil ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda yoshlar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirishda bag‘rikenglik madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar hamda tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekistonda demokratik prinsiplariga asoslangan barqaror jamiyat barpo etish sharoitida yoshlarda bag‘rikenglik madaniyatini ierarxik va stixiyali rivojlantirish hamda milliy xarakterni umume’tirof etilgan qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish dunyoviy davlatga xos bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar tizimining transformatsiyasi va yangi ijtimoiy-ma’naviy makonni shakllanishiga olib kelishi bo‘yicha berilgan tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IX-yo‘nalishida belgilangan “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali-g‘oyaviy kurash olib borish bo‘yicha xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish”, 9-bandi “Jaholatga berilgan kimsalarni o‘z asarlari orqali to‘g‘ri yo‘lga boshlagan islomshunos olimlarning ilmiy merosini chuqur o‘rganish, asarlarini bugungi tilimizda, keng jamoatchilikka tushunarli qilib nashr etish”da foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 27-fevraldagi 02-02-08-son Dalolatnomasi). Natijada, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik g‘oyalari asosida yoshlarni ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirish ularda bag‘rikenglik, sabr-taqotlilik tuyg‘ularini shakllantirish borasidagi targ‘ibot ishlarini olib borish, aholining ijtimoiy-ma’naviy hayotida bunyodkorlik g‘oyalarini kuchaytirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mutahkamlashga xizmat qilgan;
jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini yuksaltirishga doir siyosatni amalga oshirishning ma’naviy omili – yoshlarda yuksak ahloqiy tafakkur, sog‘lom fikr, zamonaviy dunyoqarash, intizomli xulqni amaliy ko‘nikmaga aylantirish hisoblansa, ijtimoiy omili – milliy va umuminsoniy qadriyatlar muvozanatini saqlash va tartibga solish, yoshlar ongida siyosiy xulq va ratsional dunyoqarashni shakllantirish kabi jihatlarga uzviy bog‘liqligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi oliy ta’lim muassasalari, vazirlik va idoralaridagi hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun tashkil etilgan o‘quv seminar va ma’ruzalarda, ilmiy-amaliy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 2-martdagi 04-13-21-544-son Ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar tarbiyasida bag‘rikenglik madaniyatini tutgan o‘rni va ahamiyatini oqilona baholash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
yoshlar ongida ma’naviy-ahloqiy dunyoqarash bilan siyosiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni uyg‘unlashtirish ularda bag‘rikenglik dunyoqarashini shakllantirishning substansional omili hamda regulyativ asosi sifatida jamiyatda ma’naviy barqarorlikni yanada yuksaltirishning ijtimoiy, madaniy va huquqiy atributlari kabi xususiyatlarga ega ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek, madaniy-ma’rifiy sohalarga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023-yil 2-martdagi 14-07-227-son Ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatdagi inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlashga, millat va elatlarning o‘ziga xosligini saqlashga hamda millatlararo bag‘rikenglik, totuvlik va tinchlikni saqlashga yo‘naltirilgan tadbirlarning samaradorligiga erishilgan;
yoshlarda baynalmilal kayfiyatni yuksaltiruvchi demokratik prinsiplar va umume’tirof etilgan qadriyatlar tizimini priventiv tarbiya jarayoni bilan integratsiyalashtirish ularda siyosiy evrilish, sub’ektiv induvidualizm, irratsional va sensuitiv yondashuv hamda kosmopolitizmga berilishini oldini olish bilan barobarida bag‘rikenglik madaniyatini yuksaltiruvchi muhim ijtimoiy omil ekanligi bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida turli tadqiqotlar, metodologik yondashuvlarni takomillashtirish hamda madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy loyihalarni ishlab chiqishda nazariy asos sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2023-yil
27-fevraldagi 08-17/177-son Ma’lumotnomasi). Bu turli millat va din vakillari o‘rtasidagi bag‘rikenglik madaniyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan tadbirlar va loyihalarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
Shuningdek, tadqiqot ishida keltirilgan yoshlarda milliy va umuminsoniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish zarurati, rivojlantirish tendensiyalariga doir zamonaviy qarashlar tahlillaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023-yil 23-fevraldagi 02/02-10-son Dalolatnomasi). Bu partiyaning targ‘ibot materiallarini hamda ma’ruza matnlarini yaratishga xizmat qilgan.