Gazieva Xulkar Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Osteoartrit rivojlanishida immunologik, metabolik va qon tomirlar buzilishlarining patogenetik ahamiyati va davolash usullari», 14.00.05 – ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1652.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaxidova Mashkura Ziyamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya nstituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi osteoartrit bilan og‘rigan bemorlarda immunologik holatning xususiyatlarini aniqlash, tekshiruv algoritmini ishlab chiqish va turli xil davolash usullarining ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
osteoartrit klinik kechishining xususiyatlari (og‘riq sindromining davomiyligi, shikastlangan bo‘g‘imlar soni, komorbid holatning mavjudligi) ba’zi immunologik ko‘rsatgichlarning holati (o‘sma nekrozi omili-α; interleykin - 6, interleykin - 1 periferik qonda), yirik bo‘g‘imlardagi rentgen o‘zgarishlari (ultratovush densitometriyasi) bilan o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
komorbid xolat va birlamchi osteoartrit bilan og‘rigan bemorlarda og‘riq sindromi kuchli va davomiy bo‘lishi, shuningdek tog‘ay to‘qimasidagi rentgenologik bosqichi og‘ir kechishi aniqlangan;
xamrox yurak qon tomir kasalligi bo‘lgan birlamchi osteoartritli bemorlarda endotelial disfunksiya ko‘rsatgichlarning zararlangan bo‘g‘inlar soniga, og‘riq sindromining davomiyligiga va kasallik rentgenologik bosqichiga bog‘liqligi bilan aniqlangan;
davolash standartiga alflutop preparatini qo‘shish bilan og‘riq kamayishi va bemorlarning nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilish soni kamayganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 17 oktyabrdagi 03/100-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: osteoartrit klinik kechishining xususiyatlari (og‘riq sindromining davomiyligi, shikastlangan bo‘g‘imlar soni, komorbid holatning mavjudligi) ba’zi immunologik ko‘rsatgichlarning holati (o‘sma nekrozi omili-α; interleykin - 6, interleykin - 1 periferik qonda), yirik bo‘g‘imlardagi rentgen o‘zgarishlari (ultratovush densitometriyasi) bilan o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:Toshkent viloyati Chinoz Markaziy kasalxonasining 10.07.2023 yildagi 6-son buyrug‘i va Toshkent shahar 7-klinik kasalxonasining 2023-yil 18. 07.2023 yildagi 203 - son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan algoritmlar hamda kompleks yondashuvdan foydalanish osteoartrit bilan og‘rigan komorbid holati bo‘lgan va komorbidligi bo‘lmagan bemorlarga erta tashxis qo‘yish imkonini berdi, bu kasallikni o‘z vaqtida tashxislash orqali nogironlikni 27-42% ga kamaytiradi va hayot sifatini yaxshilagan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) birlamchi osteoartrit bilan og‘rigan bemorlarda yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning (interleykin -1, o‘sma nekrozi omili-α, interleykin - 6) kasallikning kechishi zararlangan bo‘g‘imlar soniga ko‘proq, xamrox kasallik mavjudligi va kasallikning rentgenologik bosqichiga kamroq bog‘liq bo‘ladi.
2) agar komorbid holat mavjud bo‘lsa, qonda ushbu yallig‘lanish ko‘rsatkichlari konsentratsiyasining maksimal o‘sishi aniqlanib, bu bemorlarda yallig‘lanish ko‘rsatgichlarini baxolash orqali erta tashxislash natijasida kasalxonada davolanish kunlari qisqarishi imkonini beradi.
Xulosa: Osteoartrit bilan kasallangan bemorlarda immun tizimi ko‘rsatkichlarini aniqlash erta tashxislashga imkon berib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 699 000 so‘m va ishlab chiqarilgan algoritm qo‘llanilgan xolda byudjetdan tashqari mablag‘larni 224 000 so‘mga iqtisod qilinishi imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: komorbid xolat va birlamchi osteoartrit bilan birgalikda kelgan bemorla og‘riq sindromi kuchli va davomiy bo‘lishi, shuningdek tog‘ay to‘qimasidagi rentgenologik bosqichi og‘ir kechishi aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etish: Toshkent viloyati Chinoz Markaziy kasalxonasining 10.07.2023 yildagi 6-son buyrug‘i va Toshkent shahar 7-klinik kasalxonasining 2023-yil 18. 07.2023 yildagi 203 - son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: komorbidlik fonida dori-darmonlarni o‘zaro ta’sirini hisobga olmagan holda ortiqcha va mantiqsiz buyurish davolashning nojo‘ya ta’sirlarini rivojlanish ehtimolini keskin oshiradi va kasallikni kuchaytiradi. Osteoartrit bilan og‘rigan bemorlarda skelet- mushak tizimining patologiyasining rivojlanishi va kuchayishini oldini olish revmatologik bemorlarning nogironligini kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat:
Osteoartrit bilan og‘rigan bemorlarda erta nogironlik va hayot sifatining pasayishi xavfi yuqori edi. Bemorning kasalxonada qolish vaqtini 10 kundan 8 kungacha qisqartirish, kasalxonada qolish uchun to‘lov miqdorini 1.589.600 so‘mga kamaytirish (terapevtik markazning narxlari ro‘yxatiga ko‘ra, kasalxonada qolishning 1 kuni byudjet bemorlari uchun 198.700 so‘mni tashkil etadi); kasalxonada qolish muddatini bir necha kunga qisqartirish hisobiga dori-darmonlarga kamroq talab bo‘ldi (o‘rtacha 1 kun davomida dori vositalariga 150 000 so‘m sarflanadi);
Xulosa: ushbu yondashuv bemorlarning klinik yaxshilanishiga imkon beradi – og‘riq alomatlarini kamaytirish yoki to‘liq bartaraf etish, bo‘g‘imlar funksiyasini tiklash, yaxshi natija berib, bir nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘lardan. 500 000 so‘m ajratiladi va byudjetdan mablag‘larni 150 000 so‘mga tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: xamrox yurak qon tomir kasalligi bo‘lgan birlamchi osteoartritli bemorlarda endotelial disfunksiya ko‘rsatgichlarning zararlangan bo‘g‘inlar soniga, og‘riq sindromining davomiyligiga va kasallik rentgenologik bosqichiga bog‘liqligi bilan aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent viloyati Chinoz Markaziy kasalxonasining 10.07.2023 yildagi 6-son buyrug‘i va Toshkent shahar 7-klinik kasalxonasining 2023-yil 18. 07.2023 yildagi 203 - son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilmiy - tadqiqot ishi natijalari instrumental kompleks tekshiruv tahlillari asosida osteoartritli bemorlarda endotelial disfunksiyaning darajasini aniqlash komorbidli bemorlarda davo jarayonini tezlashtirish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: komorbid patologiyasi bo‘lgan osteoartrit bilan kasallangan bemorlarda endotelial disfunksiya ko‘rsatkichlarining aniqlanishi kasallikni erta tashhislash, komorbidli bemorlarda asoratlarni oldini olish xisobiga qo‘shimcha dori vositalarni qo‘llanilishini kamaytirishga erishilgan
Xulosa: osteoartrit bilan kasallangan komorbidli bemorlarda endotelial disfunksiya ko‘rsatkichlarining aniqlanishi kasallikni erta tashhislash, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni uzoq vaqt qo‘llashni kamaytirishga imkon berib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 260 000 so‘mga va ishlab chiqarilgan algoritm qo‘llanilgan xolda byudjetdan tashqari mablag‘larni 170 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: davolash standartiga alflutop preparatini qo‘shish bilan og‘riq kamayishi va bemorlarning nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilish soni kamayganligi asoslangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent viloyati Chinoz Markaziy kasalxonasining 10.07.2023 yildagi 6-son buyrug‘i va Toshkent shahar 7-klinik kasalxonasining 2023-yil 18. 07.2023 yildagi 203 - son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: davolanayotgan komorbid foni bo‘lgan va komorbid holatisiz osteoartrit bilan kasallangan bemorlarda sekin ta’sir qiluvchi struktura – modifikatsiya qiluvchi, tarkibida xondroitin sulfat, glyukozamnoglikan va bir nechta mikroelementlar bo‘lgan alflutop preparati, og‘riq sindromini kamaytiruvchi, tog‘ay to‘qimasini yaxshilovchi vosita sifatida terapiyaga muhtoj bemorlarni davolashni takomillashtirish, kasallik natijalarining yaxshilanishi va bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishi bilan izohlanadi
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat:
Davolash kursini tugatgandan so‘ng, bemorlarda yurish paytida og‘riq sindromi sezilarli darajada kamaydi (43%), bo‘g‘imlarining funksional holatini yaxshilandi (32%). alflutop nosteroid yallig‘lanishga qarshi doriga bo‘lgan kunlik ehtiyojni kamaytiradi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Shu bilan birga, bemorlarga nosteroid yallig‘lanishga qarshi doriga extiyoj kamroq kerak bo‘lgan va uzoq muddatli remissiya kuzatilgan. Bu esa, o‘z navbatida, 1 bemor uchun byudjet mablag‘lari (1 kunlik to‘lov 400 000 so‘m) va ishlab chiqilgan algoritm hisobidan byudjetdan tashqari mablag‘larni 140 000 so‘m miqdorida tejashga imkon berdi.
Xulosa: osteoartrit bilan og‘rigan bemorlarda tavsiya etilgan davolash usulining iqtisodiy samaradorligi aniqlanib, nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari va xondroprotektorlardan foydalanganda, bemor turli bosqichdagi osteoartrit tashxisi va komorbid fonining asoratlari kamayishi, bemorlarning yo‘qolgan lokomotor funksiyasi va hayot sifatini tiklash uchun keyingi reabilitatsiya muolajalari uchun imkon yaratadi
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: Gazieva Xulkar Shavkatovnaning “Osteoartrit rivojlanishida immunologik, metabolik va qon tomirlar buzilishlarining patogenetik ahamiyati va davolash usullari” mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 9 noyabrdagi №03/2355 son xat yuborilgan.