Abdiev Saloxiddin Buronovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zotli sigirlarda tug‘ishdan keyingi endometritlarni davolash va oldini olishni takomillashtirish”, 16.00.02– Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V39
Ilmiy rahbar: Niyozov Xakim Bakoevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Kuldashev Otamurod Urazovich, veterinariya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sigirlarda tug‘ruqdan keyingi endometritning tarqalishi, etiopatogenezi, klinik belgilari va tashxisini o‘rganish, shuningdek davolash hamda oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zotli sigirlarda bakterial va bakterial-mikotik etiologiyali endometritlarning yil fasllariga bog‘liq holdagi uchrash dinamikasi aniqlangan;
mahsuldor sigirlarda tug‘ish jarayonidagi mexanik shikastlanishlar, mikroorganizmlar va zamburug‘lar endometritlarni keltirib chiqarishda asosiy etiologik omillar ekanligi ilmiy asoslangan;
sigirlarda bakterial va bakterial-mikotik etiologiyali endometritlarning klinik belgilari, gematologik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan va differensial tashxis usuli ishlab chiqilgan;
bakterial va bakterial-mikotik etiologiyali endometritlarni davolashda an’anaviy davolash usullariga qo‘shimcha ravishda tarkibi: 10 g oksitetratsiklin gidroxlorid, 4 ml ASD-2, 1,5 g tanin, 50 ml baliq moyi, 1 g flukonazol, 35 ml distillangan suvdan iborat emulsiyadan bachadonga 80 ml yuborish va Penstrep - 400 antibiotigini 20 ml muskul orasiga har 48 soatga bir marta jami uch marta qo‘llashga asoslangan davolash usuli takomillashtirilgan;
sigirlarda bakterial va bakterial-mikotik etiologiyali endometritlarni oldini olishda yangi tuqqan sigirlarga tuqqandan keyingi kuni tayyorlangan emulsiyadan bachadonga 60 ml yuborish va Penstrep - 400 antibiotigidan 20 ml muskul orasiga har 48 soatda bir marta, jami uch marta yuborishdan iborat profilaktik majmua ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zotli sigirlarda tug‘ishdan keyingi endometritlarni davolash va oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar natijalari asosida:
«Zotli sigirlarda bakterial va bakterial-mikotik etiologiyali endometritlarini davolash va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 14 avgustdagi 02/23-334-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash hisobiga sigirlarda bakterial va bakterial-mikotik etiologiyali endometritlarni davolash va oldini olishda 80% samaradorlikka erishilgan;
mahsuldor sigirlar orasida bakterial va bakterial-mikotik etiologiyali endometritlarni sog‘ayish jarayonini tezlashtirish maqsadida, tarkibi: 10 g oksitetrotsiklin gidroxlorid, 4 ml ASD 2, 1,5 g tanin, 50 ml baliq moyi, 1 g flukonazol, 35 ml distillangan suvdan iborat emulsiya bachadon ichiga 80 ml va Penstrep – 400 preparatidan 20 ml muskul orasiga yuborish, dori vositalarini ma’lum miqdor va tartib asosida qo‘llashga asoslangan davolash usuli Samarqand viloyati qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 14 avgustdagi 02/23-334-son ma’lumotnomasi). Natijada bakterial va bakterial-mikotik endometrit bilan kasallangan sigirlarning nazorat guruhiga nisbatan 4-6 kun oldin sog‘ayishiga erishilgan;
zotli sigirlarda bakterial va bakterial-mikotik etiologiyali endometritlarini oldini olishda, tuqqandan keyingi kuni tavsiya etilayotgan emulsiyadan bachadonga 60 ml yuborish va Penstrep - 400 antibiotigidan 20 ml muskul orasiga har 48 soatda bir marta, jami uch marta yuborishga asoslangan usul ishlab chiqilgan va Samarqand viloyati qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 14 avgustdagi 02/23-334-son ma’lumotnomasi). Ushbu guruhli profilaktik majmua boshqa muqobil oldini olish variantlariga qaraganda eng samarali usul ekanligi aniqlanib, sarflangan bir so‘mga xarajatlar qoplami 3,9 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish