Omonova Muxlisa Do‘stnazar qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Induvidual ta’lim tamoyillari asosida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4841.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida individual ta’lim tamoyillari asosida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    oliy ta’lim muassasalarida individual ta’lim tamoyillari asosida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning boshqaruv, psixologik-pedagogik, ilmiy-metodik, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari uslubiy-didaktik ta’minotni mazmunan rivojlantirish hamda o‘quv-bilish kompetensiyalarini izchil shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
    individual ta’lim tamoyillari asosida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeli maqsadga oid, mazmun, texnologik, tashxislash, natijaviy komponentlari hamda metodologik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillar uzviyligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
    individual ta’lim tamoyillari asosida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish texnologiyasi yo‘llanma (da’vat), ahamiyatni anglash, fikrlash (mulohaza qilish), ta’lim jarayonini differensiallash, individuallashtirish, klasterlash, moslashtirish hamda individual yondashuvga ustuvorlik berishda metodik apparatni tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
    oliy ta’lim muassasalarida individual ta’lim tamoyillari asosida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning reproduktiv, izlanuvchi, ijodiy darajalarini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, kreativ mezonlari maxsus kurs dasturlarini ishlab chiqish va joriy qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida individual ta’lim tamoyillari asosida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida individual ta’lim tamoyillari asosida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning boshqaruv, psixologik-pedagogik, ilmiy-metodik, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini uslubiy-didaktik ta’minotni mazmunan rivojlantirish hamda o‘quv-bilish kompetensiyalarini izchil shakllantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Inklyuziv va korreksion ta’limda CLIL texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-son ma’lumotnomasi). Natjada, o‘quv qo‘llanma talabalarning psixologik-pedagogik jihatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
individual ta’lim tamoyillari asosida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning tashkiliy-funksional modelini maqsadga oid, mazmun, texnologik, tashxislash, natijaviy komponentlari hamda  metodologik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillar uzviyligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflar OT-F1-049 raqamli “O‘quvchilarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2023 yil 11 noyabrdagi 03-2630-2619-son ma’lumotnomasi). Natijada, model talabalarning individual fikrlashini rivojlantirishga xizmat qilgan;
individual ta’lim tamoyillari asosida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish texnologiyasi yo‘llanma (davat), ahamiyatni anglash, fikrlash (mulohaza qilish), ta’lim jarayonini differensiallash, individuallashtirish, klasterlash, moslashtirish hamda individual yondashuvga ustuvorlik berishda metodik apparatni tizimlashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Pedagogik texnologiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6 noyabrdagi 491-son ma’lumotnomasi). Natijada, darslik talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida individual ta’lim tamoyillari asosida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning reproduktiv, izlanuvchi, ijodiy darajalarini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, kreativ mezonlari maxsus kurs dasturlarini ishlab chiqish va joriy qilish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogicheskie programmnie sredstva” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2023 yil 17 iyuldagi 314-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanma individual ta’lim tamoyillari asosida talabalarning ijodkorligini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish