Turabov Baxodir To‘xtamishovichning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan ishlab chiqarish nomi): “O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish”, 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt335.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., prof. Toshmatov Shuhrat Amonovich, i.f.d., prof. Olimjonov Odil Olimovich, i.f.d., prof. Mustafaqulov Sherzod Igamberdievich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.  Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buxgalteriya (byudjet) hisobi yuritilishi, moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligi, moliyaviy resurslardan maqsadli va qonuniy foydalanilganligi hamda daromadlarning to‘liqligi, shuningdek, moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini baholash tizimi “moliyaviy audit”ni joriy etish asosida takomillashtirildi;
konsolidatsiyalashgan va jalb qilingan byudjet mablag‘laridan foydalanish, davlat xaridlarini amalga oshirish, daromadlarning to‘liqligini ta’minlash va biznes jarayonlarida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinganligi, ularning davlat dasturlariga muvofiqligini tekshirish va baholash tizimi “muvofiqlik auditi”ni joriy etish asosida takomillashtirildi;
nazorat ob’ektida xarajatlar, subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarning samaradorligi va natijadorligi, ajratilgan mablag‘lardan foydalanishning tejamkorligi, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilishi, konsolidatsiyalashgan byudjet va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi va natijadorligi, shuningdek, davlat va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligini baholash va tahlil qilish tizimi “samaradorlik auditi”ni taklifi joriy etish asosida takomillashtirildi;
byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli va boshqa jamg‘armalarda o‘tkazilgan barcha audit tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlarini «Davlat auditi» dasturida ro‘yxatga olish asosida hisobini yuritish va tartibga solish tizimi yaratildi;
nazorat organlari faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini baholash (KPI) tizimini joriy etish orqali moliyaviy mas’uliyat va nazorat samaradorligini oshirish asoslandi;
byudjet tashkilotlari hamda respublika hududidagi mehmonxonalar o‘rtasidagi xizmat safariga yuborilgan xodimlarni turar joydan foydalanishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish va to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha elektron modul yaratildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish bo'yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
buxgalteriya (byudjet) hisobi yuritilishini, moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligi, moliyaviy resurslardan maqsadli va qonuniy foydalanilganligi hamda daromadlarning to‘liqligi, shuningdek, moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini baholashni nazarda tutuvchi “moliyaviy audit”ni shakillantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6300-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 14 avgustdagi 03/14-05-142-son ma’lumotnomasi). Natijada byudjet tashkilotlarida moliyaviy mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha uzlyuksiz moliyaviy nazoratni ta’minlash imkoniyati yaratildi hamda moliyaviy auditni joriy etilishi 2022 yil davomida 1 716,7 mlrd. so‘mlik moliyaviy xato kamchiliklarni barvaqt aniqlash imkonini berdi, 1 418 mlrd. so‘mlik xarajatlarni maqbullashtirilishiga asos bo‘ldi.
konsolidatsiyalashgan va jalb qilingan byudjet mablag‘laridan foydalanishda, davlat xaridlarini shaffofligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinganligi hamda davlat dasturlariga muvofiqligini baholashni nazarda tutuvchi “muvofiqlik auditi”ni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6300-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 14 avgustdagi 03/14-05-142-son ma’lumotnomasi). Natijada, konsolidatsiyalashgan byudjetdan tegishli davlat dasturlari bo‘yicha 44,6 mlrd. so‘m mablag‘lar maqbullashtirildi.
nazorat ob’ektida xarajatlar, subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarning samaradorligini baholash va tahlil qilish tizimini takomillashtirishda “samaradorlik auditi”ni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
27 avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6300-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 14 avgustdagi 03/14-05-142-son ma’lumotnomasi). Natijada, byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat, hududiy dasturlar va boshqa sarf-xarajatlar samaradorligini baholash va tahlil qilish tartibi joriy etilib 2022 yil davomida 58 mlrd. so‘mlik noqonuniy xarajatlar oldi olindi.
byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli va boshqa jamg‘armalarida o‘tkazilgan barcha audit tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlarini “Davlat auditi” dasturda ro‘yxatga olish asosida hisobini yuritish va tartibga solish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6300-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 14 avgustdagi 03/14-05-142-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yilda davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari soni 5583 taga qisqartirilishiga erishildi, jumladan 251 ta takroriy va asossiz tekshirishlarning oldi olindi.
nazorat organlari faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini baholash (KPI) tizimini joriy etish orqali moliyaviy masʼuliyat va nazorat samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2022-yil 31-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari faoliyatini samaradorligini baholash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi K-29-son buyrug‘ida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasining 2023 yil 28 noyabrdagi 02/6-2580-sonli xati). Natijada, Hisob palatasi xodimlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti yaratildi hamda nazorat tadbirlarida qonunbuzarliklar, qo‘shimcha daromadlar, optimallashtiriladigan xarajatlar hamda ob’ektlardagi mavjud muammolarni to‘liq aniqlash va bartaraf etishga erishildi. Jumladan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan moliyaviy xato-kamchiliklar miqdori 2021 yilda bir nafar xodimga
17,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda KPI tizimining joriy etilishi natijasida mos ravishda 21,1  mlrd. so‘mni tashkil etdi.
byudjet tashkilotlari hamda respublika xududidagi mehmonxonalar o‘rtasidagi xizmat safariga yuborilgan xodimlarni turar joydan foydalanishiga oid shartnomalarni rasmiylashtirish va to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha elektron modul yaratish taklifi O‘zbekiston Respubliksi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 2 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi xududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash xaqida”gi 424-son qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 14 avgustdagi 03/14-05-142-son ma’lumotnomasi). Natijada byudjet tashkilotlari xodimlarining xizmat safari xarajatlarini dasturiy ta’minot asosida hisobini yuritish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish