Sheraliev Oybek Rixsillaevichning
doktorlik (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekistonning ShHT doirasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlik jarayonlari istiqbollari», 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbari: Alimov Ravshan Arifovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/25.08.2022.I.24.03
Rasmiy opponentlar: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisod fanlari doktori, professor; Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisod fanlari doktori, professor; Rasulev Alisher Fayzievich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda ShHT doirasidagi iqtisodiy hamkorlik jarayonlari va uning turli shakllarini takomillashtirishning ilmiy-metodik muammolarini aniqlash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagi konseptual ilmiy va amaliy qoidalarda aks topgan, ya’ni:
- O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish, hususan, ShHTga a’zo mamlakatlarning boy madaniy-tarixiy me’rosini aks etuvchi turli xildagi tadbirlarni uyuushtirish hamda ixtisoslashtirilgan PR-markazni tashkil etish yo‘li bilan ShHTga a’zo hamda kuzatuvchi mamlakatlardan sayyohlarni jalb etish chora-tadbirlari taklif etilmoqda;
- O‘zbekistonning ShHT doirasidagi transport-kommunikatsiya yo‘nalishlarini rivojlantirish imkoniyatlari, shuningdek “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” loyihasining O‘zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiy ahamiyati va tashqi iqtisodiy manfaatlariga ta’sir etuvchi omillari belgilab o‘tilgan;
- ShHT doirasida O‘zbekistonning energetika sohasida o‘zar3o hamkorlik qilish yo‘llari va mexanizmlari, hususan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan neft`, gaz va neft` maxsulotlarini eksport qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilot tashkil etish orqali asoslanadi;
- To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish bo‘yicha respublika kooperatsiya qismining investisiya tarkibiy qismini kengaytirish, hususan investision va biznes forumlarni, marketing kamapaniyalari va taqdimotlarni ("Road Show") kengaytirish taklif etilmoqqda.
IV. Dissertatsiyani amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish, hususan, turizm salohiyatini ilgari suruvchi ixtisoslashtirilgan PR-markazni tashkil etish hamda “Ipak yo‘li” brendini ommalashtirish. orqali ShHTga a’zo hamda kuzatuvchi mamlakatlardan sayyohlarni jalb etish. Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3815-son qarori loyihasida qo‘llanilgan.
Shu bilan birga, koronovirus pandemiyasi va boshqa turdagi yuqumli kasalliklar tarqalishi holatida sayyohlar uchun sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi tizimini joriy etish taklif etildi, bu o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 iyundagi PQ-4755-sonli “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aks etgan. (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 21 iyundagi №03-17-02/2887-sonli xati). Ushbu me’yorlar O‘zbekiston Respublikasining turizm saloxiyatining yaxshilanishiga, ayniqsa ShHTga a’zo davlatlar bilan munosabatlarda, O‘zbekistonni turistik davlat sifatida, qolaversa “Ipak yo‘li” brendini ommalashtirishga, Respublikamizning investisiyaviy jozibadorligini va ushbu mintaqa mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi. O‘z navbatida, pandemiya va boshqa kasalliklar sharoitida sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimini takomillashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xalqaro molifviy institutlar, xorijiy moliya tashkilotlarini jalb etgan holda ShHT doirasida O‘zbekistonning energetika hamkorligi hususan, gaz transporti tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar, shuningdek, “O‘zbekneftigaz” AJ boshqaruv tizimidagi ba’zi quyi bo‘g‘inlarning qisqartirilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyundagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft`-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4388-son qarori loyihasining 2-bandi qismida amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining neft`-gaz tarmog‘ini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ni tasdiqlash, hamda «O‘zbekneftgaz» AJga «O‘zburg‘uneftgaz» AJ, «O‘zneftgazqazibchiqarish» AJ, «O‘zneftmahsulot» AJ, «O‘zneftgazmash» AJlarni qo‘shish, «O‘zbekneftgaz» AJ ijro etuvchi apparati tarkibida tugatilayotgan bo‘g‘inlarning vazifalari va funksiyalarini bajaruvchi tegishli bo‘linmalarni tashkil etish orqali tizim boshqaruvida ortiqcha bo‘g‘inlarni qisqartirish. (“O‘zbekneftigaz” AJning 2021 yil 17 iyundagi № 03-17-2-519-sonli xati). Ushbu o‘zgarishlar neft` va gaz eksporti jarayonini yanada samarali boshqarish va O‘zbekistonning ShHT neft` va gaz bozoriga yanada maqbul kirishiga yordam beradi.
O‘zbekistonning ShHTga a’zo boshqa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va investision hamkorligini kengaytirish, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish, hususan investisiya va biznes forumlar, taqdimotlar ("Road Show") va merketing kampaniyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PF-6167-sonli farmonining 1-bandida, Xalqaro konsalting, auditorlik va investisiya maslahatchilari, investisiya banklari va boshqa ixtisoslashgan kompaniyalarni (keyingi o‘rinlarda — professional tashkilotlar) jalb etgan holda davlat aktivlarini xususiylashtirishning zamonaviy usullarini joriy etilishi taklif etilgan. (Investisiya institutlari milliy agentligining 2021 yil 7 maydagi № 1428/03-14-sonli xati). Ushbu o‘zgarishlar Respublikaga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etishni faollashtirish, xorijiy investorlarni O‘zbekiston Respublikasining investision salohiyati bilan batafsil va maqsadli tanishtirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi va mehnat migratsiyasi agentligiga mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy etish va mamlakat aholisining ishbilarmonlik faolligini oshirish, kambag‘al va ishsiz fuqarolarning doimiy daromad keltiruvchi kasb, mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish yo‘li bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha ularning zamonaviy kasb-hunar va ko‘nikmalarga o‘rgatish 2020 yilning 12 avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4804-sonli Prezident qarorining 2-bandi v) qismida keltirilgan ... kasb-hunarga o‘qish va malaka imtihonini topshirish xarajatlarini qoplash; tadbirkorlikka jalb etish va o‘zini o‘zi band qilganlik uchun rag‘batlantirish subsidiyalarini ajratish; o‘z biznesini boshlashi uchun imtiyozli kredit ajratishga yo‘llanma berish nazarda tutilgan.
Shuningdek, 2019 yilning 25 martdagi “O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi № 244-sonli Vazirlar Mahkamasi qarorining 3-bandidagi: O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani olgan chet ellik yuqori malakali va malakali mutaxassislar daromadlaridan to‘lanadigan soliqlar summalari bo‘yicha muntazam kameral nazorat olib borish qismi taklifi foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi tashqi va mehnat migratsiyasi agentligining 2021 yil 29 iyundagi № 02/00-02/02/5451-sonli xati).