Boybutaev Sanjar Baxritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noaniqlik sharoitida rudani yanchish jarayonining boshqarish tizimini takomillashtirish», 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T2483.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Djalolitdin Paxritdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD Ivan’yan Arsen Ignat’evich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zgaruvchan sharoitlar va ishlab chiqarish talablariga moslasha oladigan, yanchish jarayoni natijalarini oldindan bashorat qila oladigan hamda rudalarni yanchish jarayonini bashoratlovchi matematik model asosida boshqarish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqarish tizimiga texnologiyaning noaniqliklari va nochiziqligini hisobga olish imkonini beruvchi rudalarni yanchish jarayonini bashoratlovchi modeli ishlab chiqilgan;
bashoratlovchi model va dinamik inversiya konturi asosida ikki konturli kombinatsiyalangan boshqarish tizimi ishlab chiqilgan;
ikkita izolyasiyalangan konturlardan farqli ravishda dinamik inversiya natijalarini inobatga olgan holda kombinatsiyalangan boshqarish tizimining yagona echimi ishlab chiqilgan;
boshqariladigan o‘zgaruvchilar cheklovlari chegaralarida tayyor mahsulotning zarrachalarini o‘rnatilgan o‘lchamini va qurilma unumdorligini baholashning mustaqil nazorat qilinishini ta’minlaydigan boshqarish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rudani yanchish jarayonining boshqarish tizimini takomillashtirish natijalari asosida:
boshqariladigan o‘zgaruvchilar cheklovlari chegaralarida tayyor mahsulotning zarracha o‘lchamini va qurilma unumdorligini baholashning o‘rnatilgan mustaqil nazorat qilinishini ta’minlaydigan boshqarish tizimi “2-son gidrometallurgiya zavodi”da joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023-yil 4-iyulidagi 23/01-01-07/312-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyor mahsulotning zarracha o‘lchamini va qurilmaning unumdorligini yanada aniqroq baholash imkoniyati yaratilgan;
bashoratli model va dinamik inversiya konturi asosida ikki konturli kombinatsiyalangan boshqarish tizimi “2-son gidrometallurgiya zavodi”da joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023-yil 4-iyulidagi 23/01-01-07/312-son ma’lumotnomasi). Natijada yanchish jarayonida olinadigan tayyor mahsulotning miqdori 6 %ga oshgan.