Karshiev Sherzod Saidalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polietnik davlatlarda millatlararo totuvlikni ta’minlashning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy omillari», 09.00.09 – Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ss395.
Ilmiy rahbar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/29.12.2022.F/Ss.135.01.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul Turaqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qo‘chqorov Vahob, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Polietnik davlatlarda millatlararo totuvlikni ta’minlashning ijtimoiy-ma’naviy omillarini siyosiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash shu mintaqada istiqomat qilayotgan polietnik millat vakillarida ijtimoiy kelib chiqishi, diniy mansubligi, milliy qadriyatlari va urf-odatlari, anʼanalariga fuqarolik jamiyati va erkin fuqaro prinsiplaridan kelib chiqib yondashish, ularda yagona Vatan tuyg‘usini shakllantirishga bevosita bog‘liqligi milliy-siyosiy birdamlik tamoyiliga ko‘ra ochib berilgan;
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida millatlararo munosabatlarni takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari, etno-ijtimoiy jarayonlar tahlil qilingan hamda millatlararo differensiatsiya jarayonlari, globallashuv va millatlararo hamjihatlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar jamiyatda siyosiy barqarorlik va millatlararo birdamlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlarga ko‘ra tasniflangan;
ijtimoiy-ma’naviy hayotning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan teng huquqlilik, tolerantlik, etnoplyuralizm, multikulturalizm g‘oyalarini amalga oshirishda monoetnik millat vakillarining sanʼati, madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarini titul millatning shu mazmundagi anʼanalari bilan uyg‘unlashtirish jamiyatda siyosiy barqarorlik va milliy totuvlikni ta’minlashning muhim omili ekanligi asoslangan;
polietnik jamiyatda milliy siyosat konsepsiyasini umuminsoniylik tamoyillarini (qonun ustuvorligi, tenglik, erkinlik) inobatga olgan holda ishlab chiqish zarurati asoslangan hamda bu jarayonda anʼanaviylik, konservatizm, transformatsionalizm, diniy bag‘rikenglik kabi konseptual g‘oyalarga tayanilish (empirik kuzatuv, maqsadli-tizimlilik usullari asosida) etnomunosabatlarni rivojlantirish omillari ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonlarining millatlararo munosabatlarni takomillashuviga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash shu mintaqada istiqomat qilayotgan polietnik millat vakillarida ijtimoiy kelib chiqishi, diniy mansubligi, milliy qadriyatlari va urf-odatlari, anʼanalariga fuqarolik jamiyati va erkin fuqaro prinsiplaridan kelib chiqib yondashish, ularda yagona Vatan tuyg‘usini shakllantirishga bevosita bog‘liqligi milliy-siyosiy birdamlik tamoyiliga ko‘ra ochib berilganligiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 -2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va soxani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IX yo‘nalishida belgilangan “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, millatchilik, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga karshi samarali g‘oyaviy kurash olib borishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 11 yanvardagi 8-son dalolatnomasi). Ushbu nazariy takliflar Markaz va uning qoshidagi institutning millatlararo totuvlikni rivojlantirish borasidagi ishlari samaradorligini oshirishga katta hissa qo‘shgan;
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida millatlararo munosabatlarni takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari, etno-ijtimoiy jarayonlar tahlil qilingan hamda millatlararo differensiatsiya jarayonlari, globallashuv va millatlararo hamjihatlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar jamiyatda siyosiy barqarorlik va millatlararo birdamlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlarga ko‘ra tasniflanganligiga oid mulohazalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasining 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 33. “Fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarining ishini samarali tashkil etishning tartib-taomillari”; 41. “Mahallalarda huquqbuzarlik, millatchilik, diniy ekstremizm, aqidaparastlik mafkurasi, missionerlik kabi salbiy illatlarning oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish” bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasining 2023 yil 04 apreldagi 14-07-371-son dalolatnomasi). Mazkur ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan Qo‘mitaning konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek millatlararo munosabatlar bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tashkil etishiga katta hissa qo‘shgan;
ijtimoiy-ma’naviy hayotning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan teng huquqlilik, tolerantlik, etnoplyuralizm, multikulturalizm g‘oyalarini amalga oshirishda monoetnik millat vakillarining sanʼati, madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarini titul millatning shu mazmundagi anʼanalari bilan uyg‘unlashtirish jamiyatda siyosiy barqarorlik va milliy totuvlikni ta’minlashning muhim omili ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturidagi 5.4. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash sohasida: O‘zbekiston fuqorolarini millatlararo hurmat, do‘stlik, ahillik va vatanparvarlik, mamlakat taqdiri uchun ma’suliyat va daxldorlik tuyg‘usi atrofida jipslashtirish kabi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2023 yil 23 yanvardagi 04/173-son dalolatnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy etilishi partiya faoliyatida millatlararo totuvlikni ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarda ayniqsa, polietnik mahallalardagi tadbirlarni empirik, strategik, tizimlilik asosida tashkil etish imkonini bergan;
polietnik jamiyatda milliy siyosat konsepsiyasini umuminsoniylik tamoyillarini (qonun ustuvorligi, tenglik, erkinlik) inobatga olgan holda ishlab chiqish zarurati asoslangan hamda bu jarayonda anʼanaviylik, konservatizm, transformatsionalizm, diniy bag‘rikenglik kabi konseptual g‘oyalarga tayanilish (empirik kuzatuv, maqsadli-tizimlilik usullari asosida) etnomunosabatlarni rivojlantirish omillari ekanligiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va soxani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IX yo‘nalishida belgilangan "O‘zbekiston - umumiy uyimiz", “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Islom aqidaparastlikni qoralaydi”, “Yoshlar ekstremizmga qarshi”, “Ma’naviyat odam va olam haloskori”, “Missionerlik: mohiyat, maqsadlar, oqibatlar va oldini olish yo‘llari”, “Islom terrorizmga qarshi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish”da foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 11 yanvardagi 8-son dalolatnomasi). Ushbu nazariy takliflar Markaz va uning qoshidagi institutning millatlararo totuvlikni rivojlantirish borasidagi ishlari samaradorligini oshirishga katta hissa qo‘shgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish