Raximova Matluba Eshbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda kardiorenal bog‘liqlikni baholash erta profilaktikasi va davolashni muvofiqlashtirish» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib892.
Ilmiy maslahatchi: Gadaev Abdig‘affor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mullabaeva Go‘zal Uchkunovna, tibbiyot fanlari doktori; Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi stabil zo‘riqish stenokardiyasi mavjud bemorlarda asosiy xavf omillari, lipid almashinuvining buzilishi hamda buyrak disfunksiyasi markerlari orasidagi bog‘liqlikni baholash va davolashni muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
stabil zo‘riqish stenokardiyasida klinik hamda ob’ektiv belgilari mavjud bo‘lmasa ham buyrak disfunksiyasi kuzatilishi va uni baholashda koptokchalar fil’tratsiyasi tezligini qon zardobidagi kreatininga nisbatan sistatin-S ga asoslagan xolda hisoblash samarali ekanligi aniqlangan;
stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda qon zardobida fetuin-A miqdori kamayishi va fetuinuriya yuzaga kelishi kasallikning avjlanishini va asoratlanish xavfini hamda buyrak disfunksiyasi yuzaga kelganligini ko‘rsatuvchi omil sifatida isbotlangan;
yuqori darajada xavf omillariga va komorbidlik indeksiga ega bo‘lgan stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak disfunksiyasi belgilari kasallikning erta davrlarida kuzatilishi va uni o‘z vaqtida tashxislashda podotsituriya proteinuriyaga nisbatan axamiyatli ekanligi aniqlangan;
yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasida komorbid xolatlar va xavf omillari mavjud bo‘lganda standart davoga statin va xolesterin absorbsiyasi ingibitorilarini birga qo‘llash monoterapiyaga nisbatan ishonchli darajada lipid spektrini ijobiy tomonga o‘zgarishiga, buyrak faoliyatini yaxshilanishiga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
TTA ko‘p tarmoqli klinikasining kardiologiya va kardioreabilitatsiya bo‘limlariga 22.09.2023-yil, 103-son buyruq bilan, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga esa 16.09.2023-yil, 304-U-son buyruq asosida amaliyotiga tatbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 9 noyabr` 09-10370 - sonli xati yuborilgan.
birinchi ilmiy yangilikning mohiyati: Stabil zo‘riqish stenokardiyasida klinik hamda ob’ektiv belgilari mavjud bo‘lmasa ham buyrak disfunksiyasi (BD) kuzatilishi va uni baholashda koptokchalar fil`tratsiyasi tezligini (KFT) qon zardobidagi kreatininga nisbatan sistatin S ga asoslagan holda hisoblash ishonchli ma’lumot berishi tasdiqlandi; Ilmiy yangilikning ahamiyati: stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak faoliyati kasallikning erta bosqichlarida buzilishi va uni tashxislashda KFTni qon zardobidagi sistatin S ga asoslangan holda hisoblash uni kreatinin orqali aniqlashga nisbatan aniq va ishonchli ma’lumot berishi asoslangan. Sistatin S kreatinindan farqli ravishda bemor yoshi jinsi, vazni, ovqatlanish tartibiga bog‘liq emas. Qon zardobida sistatin S miqdorini oshishi past zichlikdagi lipoproteidlar, KFT bilan manfiy korrelyasiyali bog‘liqlikka ega ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: TTA ko‘p tarmoqli klinikasining kardiologiya va kardioreabilitatsiya bo‘limlariga 22.09.2023-yil, 103-son buyruq bilan, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga esa 16.09.2023-yil, 304- U-son buyruq asosida amaliyotiga tatbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 9 noyabr` 09-10370 - sonli xati yuborilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YuIK bilan og‘rigan bemorlarda KFT sistatin S asosida hisoblash BD erta aniqlash bilan bir qatorda asosiy kasallikni avjlanishi va asoratlanish darajasini baholash, bemor hayotiga xavf soluvchi asoratlarni, jumladan surunkali buyrak kasalligini oldini olish, davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda KFT sistatin S ga asosan hisoblash qo‘shimcha mablag‘ talab etmaydi. Uni telefonda yoki kompyuterda maxsus universal kal`kulyator yordamida hisoblash mumkin. Unga asoslangan holda tanlangan va o‘z vaqtida olib borilgan samarali davo asosiy kasallikni avjlanishini, miokard infarkti, surunkali yurak etishmovchiligi, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini, nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirish imkonini beradi. Usulning samaradorligi quyidagicha hisoblandi: Evr=(D1-D2)×(G+E)×N-0.15×K. Bunda D1- davolash usuli tadbiq etilgunga qadar bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; D2- davolash usuli tadbiq etilgandan so‘ng bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; G – bir ishchining kunlik daromadi; E –mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan moyana, sum/kun; N –tadbiq etilayotgan yangilik mashtabi (ushbu davolash usulini yiliga tadbiq etilishi kutilayotgan yoki tadbiq etilgan bemor lar soni); 0.15– samaradorlining me’yoriy koeffisienti; K- ushbu usulni amaliyotga tadbiq etilishida kutilayotgan mablag‘ sarfi. Evr = (10-8) × (200000+60000) × 80 - 0.15× 500000 = 41525000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda mavjud XO ni va komorbid holatlarni inobatga olgan holda qon zardobida sistatin S asosan KFT hisoblash orqali BD sini erta tashxislash, surunkali buyrak kasalini oldini olish maqsadida monand davo olib borish bemorlarning kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
ikkinchi ilmiy yangilikning mohiyati: stabil zo‘riqish stenokardiyasida BD kuzatilishi va uni baholashda qon zardobida fetuin -A (FA) miqdori kamayishi va fetuinuriya yuzaga kelishi kasallikning avjlanishini hamda BD yuzaga kelganligini ko‘rsatuvchi omil ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak faoliyati kasallikning erta bosqichlarida buzilishi va uni tashxislashda KFTni qon zardobidagi sistatin S ga asoslangan holda hisoblash bilan bir qatorda qon zardobida FA miqdorini va fetuinuriyani aniqlash kasallikni avjlanishini hamda asoratlanishini, BDni erta aniqlash imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: TTA ko‘p tarmoqli klinikasining kardiologiya va kardioreabilitatsiya bo‘limlariga 22.09.2023-yil, 103-son buyruq bilan, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga esa 16.09.2023-yil, 304- U -son buyruq asosida amaliyotiga tatbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 9- noyabr` 09-10370 - sonli xati yuborilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YuIK bilan og‘rigan bemorlarda BD erta aniqlash bilan bir qatorda asosiy kasallikni avjlanishi va asoratlanish darajasini baholash, bemor hayotiga xavf soluvchi asoratlarni, jumladan SBK ni oldini olish, davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash va uning samaradorligini baholash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda KFT sistatin S ga asosan hisoblash, qon zardobida FAni aniqlash kasallikning erta davrida BD tashxislash imkonini beradi. Unga asoslangan holda tanlangan va o‘z vaqtida olib borilgan samarali davo asosiy kasallikni avjlanishini, miokard infarkti, surunkali yurak etishmovchiligi, SBK rivojlanishini kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirish imkonini beradi. Usulning samaradorligi quyidagicha hisoblanadi: Evr =(D1-D2)×(G+E)×N-0.15×K. Bunda D1- davolash usuli tadbiq etilgunga qadar bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; D2-davolash usuli tadbiq etilgandan so‘ng bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; G – bir ishchining kunlik daromadi; E– mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan moyana, sum/kun; N – tadbiq etilayotgan yangilik mashtabi (ushbu davolash usulini yiliga tadbiq etilishi kutilayotgan yoki tadbiq etilgan bemorlar soni); 0.15– samaradorlining me’yoriy koeffisienti; K- ushbu usulni amaliyotga tadbiq etilishida kutilayotgan mablag‘ sarfi. Evr = (10-8)×(200000+60000)×80-0.15×500000 = 41525000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: Stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda KFT sistatin S ga asosan hisoblash, qon zardobida FAni va fetuinuriyani aniqlash kasallikning erta davrida BD tashxislash imkonini beradi. Unga asoslangan holda tanlangan samarali davo asosiy kasallikni avjlanishini, surunkali yurak etishmovchiligi, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshiradi, kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kaytirish olqali iqtisodiy samara beradi.
uchinchi ilmiy yangilikning mohiyati: stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan yuqori darajada xavf omillariga va KI ega bo‘lgan bemorlarda BDsi belgilari kasallikning erta davrlarida kuzatilishi va uni o‘z vaqtida tashxislashda podotsituriya va fetuinuriya proteinuriyaga nisbatan muhim ahamiyatga egaligi tasdiqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak faoliyati kasallikning erta bosqichlarida buzilishi va uni tashxislashda podotsituriya va fetuinuriya proteinuriyaga nisbatan aniq va ishonchli ma’lumot berishi isbotlangan. KFT≥90 ml/daqiqa/1,73m2 bo‘lgan bemorlarning 15,3%ida, KFT≤89 ml/daqiqa/1,73 m2 bo‘lganlarning esa barchasida podotsituriya aniqlangan. Ayni vaqtda podotsituriya birinchi guruhda 4,7±0,06 ng/ml, ikkinchi guruhda esa 6,4±0,08 ng/ml ni tashkil etgan (P<0.001). Bu natijaga ko‘ra KFT past bo‘lgan bemorlarda podotsituriya ishonchli darajada yuqori bo‘lgan (P<0.001). Fetuinuriya birinchi guruhda 30.4±1.6 ng/ml ni ikkinchida 72.4±4.8 ng/ml ni tashkil etgan (P<0,001). Ushbu ko‘rsatgich birinchi guruhga nisbatan ikkinchida 2,4 marta yuqori bo‘lib, PU va boshqa ko‘rsatgichlarga nisbatan yuqori sezuvchanlikka ega ekanligi tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: TTA ko‘p tarmoqli klinikasining kardiologiya va kardioreabilitatsiya bo‘limlariga 22.09.2023-yil, 103-son buyruq bilan, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga esa 16.09.2023-yil, 304- U-son buyruq asosida amaliyotiga tatbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 9- noyabr` 09-10370 - sonli xati yuborilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YuIK bilan og‘rigan bemorlarda podotsituriya va fetuinuriya proteinuriyaga nisbatan kasallikning erta davrida yuzaga kelib, BD erta aniqlash bilan bir qatorda asosiy kasallikni avjlanishi va asoratlanish darajasini baholash, bemor hayotiga xavf soluvchi asoratlarni, jumladan surunkali buyrak kasalligini oldini olish, davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda podotsituriya va fetuinuriyani aniqlash katta mablag‘ talab etmaydi.Unga asoslangan holda tanlangan va o‘z vaqtida olib borilgan samarali davo asosiy kasallikni avjlanishini, surunkali yurak etishmovchiligi, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirish, hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Usulning samaradorligi quyidagicha hisoblanadi: Evr =(D1-D2)×(G+E)×N-0.15×K. Bunda D1- davolash usuli tadbiq etilgunga qadar bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; D2 -davolash usuli tadbiq etilgandan so‘ng bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; G –bir ishchining kunlik daromadi; E – mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan moyana, sum/kun; N –tadbiq etilayotgan yangilik mashtabi (ushbu davolash usulini yiliga tadbiq etilishi kutilayotgan yoki tadbiq etilgan bemor lar soni); 0.15 – samaradorlining me’yoriy koeffisienti; K- ushbu usulni amaliyotga tadbiq etilishida kutilayotgan mablag‘ sarfi. Evr = (10-8) × (200000+60000) × 80 - 0.15× 500000 = 41 525 000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda mavjud XO ni va komorbid holatlarni inobatga olgan holda podotsituriya va fetuinuriyani aniqlash orqali BDsini erta tashxislash, surunkali buyrak kasalini oldini olish, monand davo olib borish bemorlarning kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilikning mohiyati: YuIK, stabil zo‘riqish stenokardiyasida kamorbid holatlar va XO mavjud bo‘lganda standart davoga rozuvostatin va xolesterin absorbsiyasi ingibitorini birga qo‘llash faqat rozuvostatin buyurilganlarga nisbatan ishonchli darajada lipid spektrini ijobiy tomonga o‘zgarishiga, buyrak faoliyatini yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu guruh bemorlarni davolashda standart davo negizida statinlar bilan xolesterin absorbsiyasi ingibitorlarini birga qo‘llash qondagi lipidlar spektriga hamda BD si markerlariga ishonchli darajada ijobiy ta’sir etishi aniqlangan. Olingan natijalar asosida shakllangan tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etilishi YuIK, stabil zo‘riqish stenokardiyasi komorbid holatlar va XO lar bilan kechganda buyrak faoliyati buzilishini erta tashxislash, uning avjlanishini sekinlashtirish, kasallik oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush asoratlarni oldini olish hamda davolashni muqobillashtirish bilan ifodalangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: TTA ko‘p tarmoqli klinikasining kardiologiya va kardioreabilitatsiya bo‘limlariga 22.09.2023-yil, 103-son buyruq bilan, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga esa 16.09.2023-yil, 304- U-son buyruq asosida amaliyotiga tatbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 9 noyabr` 09-10370 - sonli xati yuborilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tatbiq etish natijalari stabil zo‘riqish stenokardiyasida buyrak disfunksiyasini erta aniqlash hamda standart davo negizida kombinatsiyalangan gipolipidemik davoni qo‘llash 1-guruhda 42,9%, 2da 60,7% bemorda hurujlar kuzatilmadi, UH 16,6%/23,8%, PZLP -18,6%/18,4%, TG-27,7%/50%, AI 12,2%/23,8%, sistatin S 8,3%/12%ga pasaydi, YuZLP-27%/33,1%ga oshdi. Ushbu natijalar asosiy kasallikni avjlanishini, surunkali yurak etishmovchiligi, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini oldini oladi, to‘satdan o‘lim va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi YuIK, stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan, yuqori darajada XO ga va KI ga ega bo‘lgan bemorlarda sistatin S ga asoslangan holda KFT hisoblash, qon zardobida FA, siydikda fetuinuriya hamda podatsituriyani aniqlash orqali BD erta tashxislash, natijalarga asoslangan holda davo choralarini qo‘llash asosiy kasallikni avjlanishini hamda SBK rivojlanishini oldini olish, bemorlarni shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishi, davolash uchun ketadigan xarajatlar miqdorini kamaytirish imkonini bergan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun tor mutaxasislikka ega bo‘lgan shifokorlarga ehtiyoj yo‘qligi, ortiqcha sarf xarajatlar bilan maxsus tayyorgarlik shart emasligi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bunda bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘lari 7-9 million so‘m atrofida iqtisod qilish imkonini bergan. YuIK, stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda SBK rivojlanganda tashxislash va davolash hamda gemodializ uchun sarflanadigan mablag‘larga nisbatan buyrak markyorlarini tekshirish usullariga ketadigan xarajatlarlar 3-4 marta arzon va har bir nafar bemor hisobiga 6-7 million so‘mni tejaydi. Xulosa: Stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda BD ni erta tashxislash, uni mavjud XO lari va komorbid holatlar bilan o‘zaro bog‘liqligini inobatga olgan holda standart davo negizida kombinatsiyalangan gipolipidemik davo qo‘llash past zichlikdagi lipoproteidlarni 80% bemorlarda maqsadli (<1,4 mmol/l) ko‘rsatgichgacha kamayishiga, proteinuriyani 60% ga, qon zardobidagi kreatininni 6,2% pasayishiga olib kelgan; yuqori zichlikdagi lipoproteidlarni 25%ga oshishi kuzatilgan, kasallikni avjlanishini, surunkali yurak etishmovchiligi va surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini oldini olish, bemorlar umrini uzaytirish va hayot sifatini yaxshilash imkoniyatini beradi. Raximova Matluba Eshbaevna tibbiyot fanlari bo‘yicha doktorlik (DSc) ilmiy darajasini (14.00.05 –ichki kasalliklar) olish uchun “Stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarda kardiorenal bog‘liqlikni baholash, erta profilaktikasi va davolashni muvofiqlashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 9 noyabr` 09-10370 - sonli xati yuborilgan.