Bekchanova Madina Kaxramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Shimoliy g‘arbiy O‘zbekiston agrosenozlari yomg‘ir chuvalchanglarining (Opisthopora: Lumbricidae) tur tarkibi, tarqalishi va bioekologik xususiyatlari», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/B869.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.02/30.07.2022.V.149.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Gulnora Saidarifovna, biologiya fanlari doktori, professor; Boymurodov Husniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoliy g‘arbiy O‘zbekiston yomg‘ir chuvalchanglarining zamonaviy holatini baholash, biotoplardagi ahamiyatini ochib berish va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shimoliy g‘arbiy O‘zbekiston agrosenozlari hamda tabiiy ekotizm tuproqlarida haqiqiy yomg‘ir chuvalchanglarning 9 urug‘ga mansun 28 tur va kenja turdan iborat ro‘yxati shakllantirilgan va ilk bor Shimoliy g‘arbiy O‘zbekiston faunasi uchun yomg‘ir chuvalchanglarning (Lumbricidae) 22 turi aniqlangan;
O‘zbekiston faunasi uchun ilk bor yomg‘ir chuvalchanglarining Perelia persiana, Perelia turcmenica, Lumbricus rubellus turlari aniqlangan;
O‘zbekiston agrosenozlari va tabiiy ekotizm tuproqlaridagi yomg‘ir chuvalchanglarning ma’lumotlar bazasi asosida tarqalish xaritasi ishlab chiqilgan;
Shimoliy g‘arbiy O‘zbekiston Lumbricidae faunasining areologik tahlili asoslangan;
yomg‘ir chuvalchanglarning ahamiyati va asrash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shimoliy g‘arbiy O‘zbekistonning yomg‘ir chuvalchanglari (Lumbricidae) taksonomiyasi, bioekologik xususiyatlari va tarqalishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shimoliy g‘arbiy O‘zbekiston agrosenozlari va tabiiy ekotizm tuproqlarida yomg‘ir chuvalchanglarning tuproq degradatsiyasini oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining 2023 yil 6 iyuldagi 01/18-1789-son ma’lumotnomasi). Natijada, yomg‘ir chuvalchanglar kadastrini yaratish, noyob turlarni muhofaza qilish, gedradatsiyaga uchragan tuproqlarda bioxilmaxillikning oshirish imkonini bergan;
yomg‘ir chuvalchanglarning (Lumbricidae) oilasiga tegishli bo‘lgan 22 ta turga mansub 53 nusxa chuvalchang namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 5 iyuldagi 4/1255-1439-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar Shimoliy g‘arbiy O‘zbekiston hududlarida tarqalgan Lumbricidae oilasi faunasi tur tarkibini aniqlash hamda interfaol atlaslar tayyorlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish